I bob. Ijtimoiy soha va aholini qo’llab-quvvatlash xarajatlari


II BOB. BYUDJETDAN MOLIYALASHTIRILADIGAN XARAJATLARNI BUGUNGI HOLATINI TAHLILI


Download 211.89 Kb.
bet7/14
Sana31.01.2024
Hajmi211.89 Kb.
#1819327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
BYUDJET TAQCHILLIGI

II BOB. BYUDJETDAN MOLIYALASHTIRILADIGAN XARAJATLARNI BUGUNGI HOLATINI TAHLILI.


2.1 O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining 2020-yil tahlili
Davlat o’z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi zarur.Bu xarajatlar,eng avvalo,mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga invistetsiya qilish uchun mo’ljallangan,aholining turmush darajasini ko’tarish uchun rejalashtirilgan,ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan,davlatni boshqarish,mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan iborat bo’ladi.Ushbu umumdavlat xarajatlari byudjet orqali moliyalashtiriladi. Byudjet tizimining barcha xarajatlari turli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi,bu esa u yoki bu xarajatni muayyan byudjetga kiritilishini anglatadi.Bu birinchidan moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika va mahalliy organlarga qarashli bo’lishi ,ikkinchidan moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi.
Davlat byudjeti xarajatlari 7 ta guruhga bo'linadi:

    1. ijtimoiy soha va aholiga ijtimoiy yordam berish xarajatlari;

    2. iqtisodiyot xarajatlari;

    3. markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

    4. davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va Adliya organlari xarajatlari;

    5. fuqarolarni o'z-o'zini boshqarish organlari xarajatlari;

    6. Vazirlar Mahkamasining rezerv fondiga xarajatlar;

    7. Boshqa xarajatlar.

Davlat byudjeti xarajatlarini tahlil qiladigan bo’lsak yillar davomida daromadlarga mutanosib tarzda o’sib kelmoqda.Davlat byudjeti xarajatlarining 2020-yil holatini tahlil qilganimizda ijtimoiy soha xarajatlari jami byudjet xarajatlariga nisbatan 12 299.9 mlrd.sumni yani 58.9 foizni tashkil qilgan bo’lsa, iqtisodiy xarajatlar 2317.0 mlrd.sumni jami xarajatlarga nisbatan 11 foizni tashkil qilgan,markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirishga 1 131.7mlrd.sum ajratilgan bo’lib uning ulushi 5.4foizni tashkil qilgan,davlat hokimyat boshqauv organlari xarajatlari 852.8mlrd.sumni jamiga nisbatan 4 foizni ,fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlari xarajatlari 852.8mlrd.sumni 4foizni tashkil qilgan bo’lsa boshqa xarajatlar 4 274.6 mlrd.sumni jamiga nisbatan 20.4 foizni tashkil qilgan.
Iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari o’z salmog’iga ko’ra O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining tarkibiy tuzilmasida keying o’rinni egallab ,ularning har biriga byudjet xarajatlarining 11 foizi va 5.4 foiz qismlari to’g’ri kelayapti.Bu raqamlar byudjet mablag’lari hisobidan mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta’minlash,uning tarkibiy tuzulmasini takomillashtirish va o’zgartirish, milliy xo’jalik sektorlarida iqtisodiy samaradorlikni o’sishini taminlash,ilmiy-texnika taraqqiyotining o’sish suratlarini tezlashtirish,yagona texnikaviy siyosatni yurgizishga jiddiy etibor qaratilayotganidan darak beradi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar,idoralar va korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtining o’zida ma’lum mqasadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi.Bunda byudjet mablag’larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga,yani sanoat,energetika,qishloq xo’jaligi va transportga yo’naltiriladi. Byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan capital qo’yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda muhum ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarni kengaytirish uchun pul mablag’larini taqdim etishga capital qo’yilmalarni moliyalshtirish deyiladi.Byudjet resurslari cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga,ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.
Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhum yo’nalishi yuridik shaxslarga turli subsidiyalar,dotatsiyalar va subvensiyalar berishdir.Bu ko’rinishdagi byudjet mablag’lari davlat,mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari va xususiy korxonalarning turli joriy xarajatlari va zararlarni qoplash uchun ajratiladi.Ana shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-energetikasanoati,agro sanoat kompleksi,uy-joy kommunal xo’jaligi,shahar transporti va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yo’naltiriladi.
2-jadval.

Download 211.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling