I-bob ikkinchi sinf O’quvchilarning matematka fanini o’rganishining asosiy omillari
I-BOB ikkinchi sinf O’quvchilarning matematka fanini o’rganishining asosiy omillari
Download 310.23 Kb.
|
KURS ISHI
I-BOB ikkinchi sinf O’quvchilarning matematka fanini o’rganishining asosiy omillari
bilish faoliyatining asosiy tushunchasi BILISH NAZARIYASI (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa bo’limi bo’lib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning ob’yektiv reallikka munosabatini o’rganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qo’llaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va hokazolar) ni umumlashtirib, uning falsafiy-metodologik asosi sifatida namoyon bo’ladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng ma’noda bo’lib, insonning jamiyatga ta’siri, tabiat hodisalarini o’zgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning ob’yektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiqlanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstract (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga o’tish bilan xarakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, ya’ni sezgi a’zolari orqali tashki olamning miyaga ta’siri natijasida paydo bo’ladigan in’ikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni in’ikos etishning boshlang’ich shaklidir. Demak, sezgi — ob’yektiv dunyoning sub’yektiv in’ikosi. U sezgi a’zolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrim-ayrim, bir-biri bilan bog’lanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli bo’lib, u sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqalar ham kelib qo’shiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aqlan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani o’z xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida to’xtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib bo’lmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida bo’lmaydi. U — amaliyotning, tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, ya’ni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Til bo’lmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham bo’lmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda ro’y beradi. Bu shakllar tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Masalan, “odam” tushunchasi hamma insonlarga xos eng asosiy belgilarni o’zida mujassam ifoda qiladi. Muhokamada buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi ta’kidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan yangi muhokama olish imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi. Bunday usul bilan mavjud bilimlarga tayanib, yangi bilimlar hosil qilinadi. 19-asr va 20-asr boshida bilish to’g’risidagi ta’limotda empirizm, empiriokritisizm, idealizm, illyuzionizm, pozitivizm, pragmatizm, realizm, sensualizm, skeptisizm kabi ko’pdanko’p yo’nalishlar paydo bo’ldi. Metodik masalalarni yechishda ko’pgina hollarda olingan natijalarni bir muncha umumlashtirilgan tarzda, ya‘ni aniqlangan xossalarni yoki xarakteristikalarni sistemali tarzda aks ettiradigan qilib taqdim qilishga zarurat tug’ilib qoladi. Sistema (yunoncha ―sustema‖ – qismlardan tashkil topgan, qo’shilgan) – bir butunlik sifatida tashkil topgan obyektni ifodalovchi tushuncha. ―Sistema‖ tushunchasi ―element, ―aloqadorlik, ―bir butunlik, ―yaxlitlik, ―birlik, ―struktura, ―ierarxiya, ―elementlar o’rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari‖ va shu kabi terminlar (tushunchalar) bilan bog’liq holda ifodalanadi. Pedagogikada sistemali yondashuvni ishlab chiqish va amalga oshirishga Y.K.Babanskiy, A.G.Kuznetsova, N.V.Kuzmina, S.K.Nikulin, P.I.Pidkasistiy, V.A.Slastyonin, A.V.Tutolmin va boshqalarning izlanishlari bag’ishlangan. Masalan, V.P.Bespalko metodik sistema deganda ―Berilgan sifatlarga ega bo’lgan shaxsni shakllantirishga uyushgan, maqsadga yo’naltirilgan va oldindan rejalashtirilgan pedagogik ta‘sir o’tkazishni tashkil qilish uchun zarur bo’lgan o’zaro bog’liq vositalar, uslublar va jarayonlarning majmui‖ni tushunadi. Matematik ta‘limning metodik sistemalari L.I.Bojenkova, E.A.Bunimovich, O.B.Episheva, G.L.Lukankin, A.G.Mordkovich, A.M. Pishkalo, E.A.Perminov, S.A.Samsonova, V.I.Snegurova va boshqalarning ilmiy ishlarida o’rganilgan. N.V.Kuzminaning izlanishlariga qaraganda o’qitish metodik sistemasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: har biri muayyan metodik vazifani egallovchi, o’qitishning maqsadi, tarkibi (mazmuni), shakllari, uslublari va vositalari. O’qitishning metodik sistemasi belgilariga quyidagilar kiradi: 1) asosiy maqsadga erishishga imkon yaratuvchi tarkibiy qismlarining to’liqligi; 2) tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liqligi va bir-biriga tobeligi; 3) tarkibiy qismlarni birlashtirish uchun zarur bo’lgan yetakchi g’oyaning mavjudligi; 4) sistemaning tarkibiy qismlarida umumiy xossalarning yuzaga kelishi. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning metodik sistemasi bir qator talablarga javob berishi lozim. Birinchidan, u diagnostik bo’lishi, ya‘ni maqsadlarning natijalarga mos kelishini belgilashi lozim. Boshlang’ich sinflar o’quvchilarini matematikaga o’qitish jarayonida asosiy maqsadga erishilishi zarur, unda belgilanganki, yuqori sinf o’quvchilarining bilim, malaka va ko’nikmalari bitiruvchilarni maktabni tamomlaganlaridan keyingi o’qitishga tayyorlashni ta‘minlovchi me‘yoriy hujjatlarga (dasturga) mos kelishi zarur. Ikkinchidan, sistema matematika o’qituvchisining malakasi va ish tajribasiga bog’liq bo’lmagan holda bir xil darajada foydalaniladigan bo’lishi lozim. Uchinchidan, sistema egiluvchan, ya‘ni o’zgarishlarga, yangilanishlarga moslashishi, turli sharoitlarda ishlatilishi, yangi metodik amallar bilan to’ldirilish imkoniga ega bo’lishi lozim. Metodik sistemani loyihalashtirish uchun biz tomonimizdan quyidagi metodik yondashuvlardan foydalanildi: sistemali, shaxsiy-faoliyatli, integrativ. Sistemali yondashuv bizga matematikaning boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan, uni faoliyatda egallashga yo’naltirilgan murakkab sistema kabi butun tarkibini (mohiyatini) tasavvur qilish imkonini berdi. Shaxsiy-faoliyatli yondashuv maktab matematikasini bizning nazarimizda ko’rishning asosiy mohiyatining har bir bloki ham o’qituvchi, va ham o’quvchilar harakatlarining muayyan tarkibini qamrab olishini nazarda tutadi. U matematika tarkibiga uni faol o’qib o’rganishni qo’shishni, izlanish faoliyati elementlaridan foydalanishni, o’quv materialini muammoviy va evristik ochib berishga qaratishni nazarda tutadi. Bu esa tarkibning metodik tomonini kuchaytirishni, hamda uni o’zlashtirishining metodik apparatini ishlab chiqishni belgilab berdi. Matematikaga o’qitish sistemasini loyihalashtirish va amalga oshirish asosiga, matematika bo’yicha metodik ishlarda o’z aksini topgan: ilmiylik, asoslilik, birlashish (integratsiya), ajratish (differensiatsiya), insoniylik (gumanizatsiya) va insonparvarlik (gumanitarizatsiya), o’rin almashinuvchanlik, qulaylik, uzluksizlik kabi umumdidaktik va umummetodik tamoyillardan tashqari, ikkita guruhga birlashtirilgan tamoyillar olingan: a) umumta‘lim maktablarining boshlang’ich sinflarida matematika o’qitishning metodik sistemasini yaratish va amalga oshirishning umumiy tamoyillari; b) umumta‘lim maktablarining boshlang’ich sinflarida matematikaviy yo’nalish tarkibini tanlash tamoyillari. Endi metodik sitemaning tarkibiy qismlarini qarab chiqamiz. Metodik sistemaning maqsadli tarkibiy qismi Ushbu tarkibiy qism taklif qilingan sistemada asos soluvchi kabi maydonga chiqadi, negaki matematika o’qitishning samaradorligi umuman olganda aynan maqsadning qo’yilishiga bog’liq. Bu tarkibiy qism qolgan barcha tarkibiy qismlarning mazmun-mohiyatini aniqlab beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematik fikrlashning yuqori darajada rivojlanishiga faqat to’g’ri tashkil qilingan maktab ta‘limi doirasidagina erishish mumkin. Bunday ta‘lim deganda, o’quvchilar tomonidan ularni o’rganish natijasida muayyan shaxsiy qiyofa va individual o’ziga xoslikka erishadigan, ilmiy bilimlarni, kombinatorika sohasidagi amaliy qobiliyatlarni va ko’nikmalarni, ularning aqliy bilim olish va ijodiy qobiliyatlarining, xuddi shuningdek dunyoqarash va axloqiy-estetik madaniyatining rivojlanishini tushunamiz. Yuqorida aytib o’tilganidek, matematika kundalik hayotda uchraydi va ishlatiladi, bundan kelib chiqadiki, muayyan matematik ko’nikmalar har bir insonga zarur. Shu sababli ham bu fanning asoslari tabiat hodisalarini to’g’ri tushunish va qabul qilish uchun zarur. Matematik bilim va ko’nikmalar amalda barcha kasblarda zarur. Avvalo, albatta tabiiy fanlar, texnika va iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lganlarida. Matematika tabiatni o’rganish va texnika tili bo’ladi, shuning uchun ham tabiatni o’rganuvchi va muhandisning kasbi bu fanga asoslangan ko’pgina kasbiy ma‘lumotlarni jiddiy egallashni talab qiladi. Hozirgi vaqtda matematik bilimlarni qo’llash shifokorga, lingvistga, tarixchiga, biologga va bu ro’yxatni to’xtatish mushkul, zarurligi gumon qoldirmaydi. Bizning davrimizda matematik ta‘lim kasbiy faoliyat uchun shunchalik muhim. Demak, matematika va matematik ta‘lim yuqori sinf o’quvchilarini bo’lg’usi kasbiga tayyorlashda zarur. Dunyoni, uning umumiy qonuniyatlarini va asosiy ilmiy g’oyalarini matematikasiz falsafiy egallashning imkoni yo’q. Tasodiflarning mavjudligini inkor etish bizning dunyoqarashimizga putur yetkazishga olib keladi. Va shu sababli tasodif haqidagi fan o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish uchun zarur. Insonda uning oldiga qo’yilgan masalanining mazmunini tushunish, to’g’ri, mantiqan fikr yuritish, algoritmik fikrlash ko’nikmalarini egallash qobiliyatini tarbiyalash matematik ta‘limning yana bir o’ta muhim maqsadi bo’ladi. Har bir o’quvchida tahlil qila olish, qo’yilgan masalaning mazmunini tushunish, gipotezani faktdan farqlay olish, tanqid qilish, o’z fikrini aniq ifodalay olish va shunga o’xshashlar, boshqa tomondan esa – tasavvurni va intuitsiyani rivojlantirish zarur. Shunday qilib, matematika shaxsning aqlan rivojlanishi uchun zarur. Nazariy bilimlardan amaliyotda foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim. Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi,shu bilan birga,odatda,ular bir qiymatli yechimga ega emas.O'qituvchi darsda yuzaga keladigan metodik masalaning mazkur o'quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi. Matematika so'zi grekcha "mathema" so'zidan olingan bo'lib, uning ma'nosi "fanlarni bilish" demakdir.Matematika fanining o'rganadigan obyekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish quyidagi maqsadini o'z oldiga qo'yadi: a) o'quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o'rgatish, o'quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o'rgatish, b) matematika o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. d) o'quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o'rgatish. Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasining o'qitish vazifalari: 1) ta'lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi, 2) nazariy bilimlar tizimini o'rganish jarayonini yoritib berishi kerak; 3) o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatishi kerak; 4) ta'limni insonparvarlashtirish; 5) matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko'rsatib beradi; Boshlang'ich sinf o'quvchilari egallashlari kerak bo'lgan ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablarni : — atrof-muhitda mo'ljal ola bilish marshrutni (yo'nalishni)rejalashtirish, harakat yo'lini tanlay olish va h.k.)ni; — soatga qarab vaqtni aniqlashni (soat va minutlarda); — maishiy-hayotiy vaziyatlar (savdo-sotiq, o'lchash, tortish va h.k.) bilan bog'liq hisoblashlarga oid masalalarni yechish; — o'lchamlarni ko'zda «chamalab» baholash; — mustaqil konstruktorlik faoliyati (turli-tuman geometrik shakllarni qo'llanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda). — sanoq texnikasi (to'g'ri va teskari tartibda sanash, juftliklar va o'nliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish)ni; — natural sonlarni o'zaro taqqoslash: «>», «<», va «=» belgilarini to'g'ri qo'llashni; — qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lishning jadvalli hollari natijalarini yodda olib qolish, murakkab bo'lmagan hollarda 100 ichida og'zaki hisoblashlarni bajarishni. Matematika darslarining o'ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu o'quv-materialining abstrakligidir.Shuning uchun ko'rgazmali vositalar,o'qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash,o'quvchilarning faolligi, sinf o'quvchilarining o'quvchilarining o'zlashtirish darajasi kabilarga ham bog'liq. Matematika darslarida turli-tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi.O'quvchilarda kuzatuvchanlikni,ziyraklikni ,atrofga tanqidiy qarashni,ishda tashabbuskorlikni, mas'uliyatni va ishda sof vijdonlikni ,to'g'ri va aniq so'zlashni,hisoblash va o'lchash,yozuvlarda aniqlikni,mehnatsevarlik va qiyinchilikni yengishni hislatlarini tarbiyalaydi. Download 310.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling