I bob. Inflatsiya kelib chiqishi sabablarining nazariy asoslari


-jadval. Bazaviy inflatsiyani hisoblash


Download 115.01 Kb.
bet4/14
Sana22.03.2023
Hajmi115.01 Kb.
#1285832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi asqarov

1-jadval. Bazaviy inflatsiyani hisoblash




Bazaviy
i nflyatsiya

=

Iste’mol baholari
indeksining o’zgarishi




Inflyatsion
shoklar

Bunda, inflyatsion shok deganda, tovarlar va xizmatlar bahosining inflyatsion kutish ta’sirida qisqa muddatli davriy oraliqlarda keskin ko’tarilishi nazarda tutilmoqda.


O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko’pchiligida naqd pul muomalasining milliy valyuta kursining barqarorligiga ta’siri muammosi mavjud. Buning asosiy sabablari sifatida plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to’lov tizimining rivojlanmaganligi, iste’mol baholari indeksi, aholining pullik daromadlari, chakana savdo aylanmasining o’sayotganligi, Markaziy banklarning zaxira-vakillik tizimining mo’tadil tarzda ishlamayotganligi kabi sabablarni ko’rsatish mumkin. Mazkur sabablar bir qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida, jumladan, A.Kudrinning ilmiy ishlarida asoslab berilgan8.
Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma`nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me`yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi9:
1. Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
2. Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi.
3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsatadi, narx-navo va ish haqi o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagan ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi.

Download 115.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling