I bob. Inflatsiya kelib chiqishi sabablarining nazariy asoslari


-chizma. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari


Download 115.01 Kb.
bet6/14
Sana22.03.2023
Hajmi115.01 Kb.
#1285832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi asqarov

1-chizma. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari

Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari


Mahsulotlar va xizmatlarga narxni o`sishi natijasida pulning qadrsizlanishi


Milliy pul birligining xarid qilish qobiliyatini pasayishi






Milliy pul birligining xorijiy valyutaga nisbatan kursini tushishi


Aholi va xo`jalik sub`ektlarida xorijiy valyutaning jamg`arilishi








Mamlakat aholisida oltinning to`planishi (tezavratsiya)


Oltin va xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxini ko`tarilishi

Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo`lib o`zaro mahkam bog`langan bo`ladi va narx-navoning ko`tarilib borishi bilangina namoyon bo`lib qolmaydi, balki narx-navoni boshqarilishiga ham bog`liq bo`ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari ajratiladi:


Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntiribboradi.
Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o`sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo`lmasligi holatlari paydo bo`ladi.
Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narx-navosi hamda aholini daromadlarini o`sishi vaqtincha yoki uzoq emas muddatga to`xtatiladi.Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma`muriy nazorat o`rnatishdir.
Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o`zgarganligi darajasivadavomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibgasolishshakliga bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Xorijiy vamilliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotningbalansinibuzilishivauningoqibatidainflyatsiyaningyuzaga chiqishining quyidagi to`rtta omillari mavjud:

  1. qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq monopoliyasi;

  2. hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi;

  3. kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati;

  4. iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining mavjudligi.

Biz yuqorida ta`kidlab o`tgan omillar nafaqat o`zaro bog`liq, balki ular talab va takliflarning o`sishi yoki pasayishiga turlicha ta`sir ko`rsatadi.
Xorijiy amaliyotda inflyatsiyaning yuzaga chiqishini usullariga asosan quyidagi turlarga ajraniladi:

  1. taklif inflyatsiyasi,

  2. talab inflyatsiyasi;

  3. xarajatlar inflyatsiyasi;

  4. kredit inflyatsiyasi;

  5. import bilan bog`liq inflyatsiyasi;

  6. kutilayotgan inflyatsiyasi.

Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx- navoning o`sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to`liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan maxsulotlarning narx-navosini o`sishi amalga oshiriladi.
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo`jalik sub`ektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar hamda ko`rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o`sadi. Odatda, talab inflyatsiya aholining to`liq ish bilan ta`minlangan holatda yuzaga chiqadi. Aholining daromadlarinig tez sur`atda o`sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlari bo`lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda talabnig har qanday o`sishi narx-navoning o`sishiga olib keladi.
Kredit inflyatsiyasi. Ushbu inflyatsiya turi mamakat markaziy, ba`zi mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi qayta moliyalashtirish stavkasining o`rnatilishi natijasida xo`jalik sub`ektlariga beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo`jalik sub`ektlari olingan kredit va u bo`yicha foizlarni o`zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu holat mahsulotlar narx-navosini ko`tarilishiga sababbo`ladi.
Import bilan bog`liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import qilinadigan mahsulotlarga bo`lgan narx-navoning ko`tarilishi natijasida ba`zi mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin.
Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib borilayotgan pul-kredit va byudjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflyatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi.
Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o`rganishda iqtisodchi olimlar uning monetar sabablarini, ya`ni tovar masasiga nisbatan pul massasining xajmini o`zgarishini asosi qilib ko`rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatdauning darajasini o`lash uchun dastak lozim bo`ladi. Ushbu dastak bo`lib baholar indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste`mol narxlarining bazis davridan narxlarga nisbatan o`sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o ‘lchanadi. Narxlar indeksi esa, joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi Ushbu indeksni aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste`mol savatiga kiritilgan mahsulotlar v xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi:

Download 115.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling