I bob. Inflatsiya kelib chiqishi sabablarining nazariy asoslari


II BOB.INFLATSIYAGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR VA UNI BARTARAF ETISH CHORA TADBIRLARI TAHLILI


Download 115.01 Kb.
bet8/14
Sana22.03.2023
Hajmi115.01 Kb.
#1285832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
kurs ishi asqarov

II BOB.INFLATSIYAGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR VA UNI BARTARAF ETISH CHORA TADBIRLARI TAHLILI
2.1.Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani bartaraf etish yo'llari
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonuning 3- moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligini pul massasi, narx –navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lishi tushunchasini o’z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul va unga yuklatilgan vazifalarni bajargandagina u iqtisodiyotni barqaror ushlab turishga va tarakkiy ettirishga xizmat qiladi.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1995 yil 21 dekabrda Oliy Majlisning IV-sessiyasida ta'kidlaganidek «Bugungi eng muhim vazifa valyutamiz baquvvat, dunyoda obro'li valyutaga aylantirishdir, u yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo’lishi lozim. Sumni barqarorligini ta'minlash, qadrini oshirish umummilliy vazifa. Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifani hal etilishiga bog'liq. Aslini olganda bu iqtisodiy vazifagina emas, hozirgi paytda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylanmoqda, chunki iqtisodiyotning yuksalishi ham, aholi turmush darajasi ham, davlatning obro- e'tibori ham shu vazifaning bajarilishiga bog’liq. Hisob-kitoblarimiz hamda bu vazifani hal etish uchun barpo qilingan va to’plangan salohiyatimiz hozir o’z oldimizga ana shunday vazifani qo’yishimiz va uni bajarishimiz mumkinligini ko’rsatmoqda. Buni uchun nima qilmok kerak?
Jahon amaliyotida inflyatsiyaga qarshi, unga tez ta'sir etadigan sehrli vositalar yo’q. Shunga qaramasdan mamlakatlar inflyatsiyaga qarshi ma'lum choralarni qo’llaydi.Bunda inflyatsiyaga qarshi ko’riladigan uzoq va qiska muddatli tadbirlar o’zaro qo’shib olib borilishi lozim.
Uzoq muddatli tadbirlarga quyidagilar kiradi:

  • Ishlab chiqarishni rag’batlantirish, antimonopol choralar va boshqa bozorni samarali faoliyatini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni qo’llash.

  • Soliq tizimi va davlatning xarajatlarini kamaytirish hisobiga davlat budjeti defisitini kamaytirish.

  • Pul muomalasi sohasidagi tadbirlar pul massasini o’sishini chegaralash, uni o’sishi bo’yicha qat'iy belgilangan limit o’rnatish.

  • Inflyatsiyaga ta'sir ko’rsatadigan tashqi omillarni nazorat qilish. Bunda kreditlar, qarzlar, orqali budjet defisitiga ta'sir ko’rsatishga barham berish.

  • Milliy valyuta kursini oshirish. Bunda import tovar va xizmatlariga bo’lgan baholarni pasaytirish, jahon bozorida mustahkam joy egallash.

  • Raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish

Inflyatsiyaga qarshi qisqa muddatli tadbirlarga quyidagilar kiradi:

  • aholi ehtiyojini qondirish bo’yicha tovarlar va xizmatlar doirasini kengaytirish.

  • ish haqi va ijtimoiy to’lovlarni indeksatsiyalab borish.

  • bank kreditlari foizlarini vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqish.

  • pulni bankdan tashqariga harakat qilishiga yo’l qo’ymaslik.

  • qimmatli qog`ozlar bozorini kengaytirish.

  • omonatlar turini ko’paytirish va ular bo’yicha to’lanadigan foizlarni qayta ko’rib chiqish.

  • sug’urta xizmatidan foydalanishni rag’batlantirish va boshqalar.

Umuman davlat nafaqat mamlakat, balki jahon iqtisodiyoti rivojlanishining har bir bosqichi xususiyatlaridan kelib chiqib inflyatsiyaga qarshi tadbirlarni doimiy ravishda o’tkazib borishi lozim.
Ma’lumki, Markaziy bankning pul – kredit siyosati davlatning iqtisodiy siyosatining bir qismi bo’lib, muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko’rsatkichlari o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan chora - tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rnidan kelib chiqib Markaziy bank to’g’risidagi Qonunnning 23 moddasida – Markaziy bank kelgusi yil uchun O’zbekiston Respublikasi monetar siyosatning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan o’ttiz kun oldin Oliy Majlisga bu haqda axborot beradi deyilgan. Ushbu axborot quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari;

  • iqtisodiy kon’yukturaning tahlili va istiqbol ko’rsatkichlarini;

  • muomalada bo’lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini;

  • pul massasi yillik o’sish sur’atining aniq maqsadli ko’rsatkichlarini, shu jumladan Markaziy bank ichki aktivlarining o’zgarishini;

  • valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo’nalishlarini;

  • pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy ko’rsatkichlarini;

Shu asosda Oliy Majlis tasdiqlagan pul – kredit siyosati Markaziy bankning harakat dasturi sifatida qabul qilinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul- kredit siyosati iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miqdorini yillik o’sish sur’atlarining maqsadli ko’rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyosatini amalga oshirish yo’nalishlarini o’z ichiga olib muhim makroiqtisodiy jarayonlar, pulni qadrsizlanishi, miliy ishlab chiqarishning umumiy hajmi hamda mehnat resurslarining bandligi, to’lov balansini barqarorlashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Demak, har yilni boshida, yuqori inflatsiya sharoitida bundan qisqa davrlarga ham Markaziy bank har bir davr uchun iqtisodiy va pul-kredit siyosatining tegishli maqsadlarini shakllantiradi.
Ular jumlasiga iqtisodiyotni o’sishi va inflatsiyaning sur’atlari, to’lov balansini qoniqarli holati va boshqalar kiradi.
Markaziy bank yuqoridagi holatlarni boshqarishda pul – kredit siyosatining instrumentlari orqali ta’sir etadi.
Umuman olganda pul – kredit siyosati davlatning iqtisodiyotni barqarorlashtirishning samarali vositasi hisoblanadi.
Shuning bilan birga Markaziy bankning pul – kredit siyosatining samaradorligini oshishi ko’p jihatdan quyidagi omillarga bog’liq:

  1. Ushbu siyosatni iqtisodiyotni holatiga tez va moslangan holda ta’sir etishi

  2. Pul aylanishi tezligini o’zgarishi

  3. Pul bozorlarida foiz stavkalari

  4. Davlatning xalqaro munosabatlardagi siyosati (masalan, investitsiyalarga foiz stavkasining oshishi, chet el kapitalini ko’proq kirib kelishiga olib keladi va uning teskarisi) va boshqalar.

O`zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqil O`zbekiston zaminida vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobik SSSR da yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iktisodiy sababi davlat boshkaruvida iqtisodga nisbatan siyosatga kup e`tibor berganidadir. Natijada ishlab chikarish sur`tlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo`lib, tovarlarni ishlab chikarish uchun ko`p xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past baxoda sotilgan. Fark davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baxolarga o`tish natijasida (ozik ovkat va yokilgi resurslardan tashkari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur`atlar bilan rivojlanib ketdi. Shu tufayli O`zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan inflyatsiyaning qoldig’idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi. Sobiq SSSR da, jumladan O`zbekistonda 90 - yillardagi inflyatsiyasining asosiy sabablari:



  • iqtisodiy muvozanatning yo`qligi, ishlab chiqarish

sur`atlarining tushib ketishi natijasida rejali iqtisodiyotdagi inqiroz;

  • maxsulotlar sifatining, mexnat unumdorligining pastligi;

  • ishlab chiqarishda xarajatlar salmog’ining oshib ketishi, bexuda sarflar, iqtisod printsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar xisoblanadi.

Inflyatsiya, ayniqsa giperinflyatsiya, iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar, davlatdan inflyatsiyani bartaraf etish va barqarorlashtirish choralarini ko'rishni talab qiladi pul tizimi... Inflyatsiyani yengib o'tish - bu normal holat uchun zaruriy shart iqtisodiy rivojlanish pul va moliyaviy tizimlarning samarali ishlashi. Ammo inflyatsiyani pasaytirishni o'z-o'zidan maqsad, ishlab chiqarishni avtomatik ravishda oshirish usuli sifatida ko'rib bo'lmaydi. Inflyatsiyani pasaytirish va ishlab chiqarishni ko'paytirish jarayonlari bir vaqtning o'zida davom etishi kerak, chunki ular bir-birini shart qiladi. Bu, ayniqsa, Rossiya sharoitlari uchun to'g'ri keladi. Rossiyada inflyatsiyaning uzoq davom etishi muvaffaqiyatsiz umumiy iqtisodiy siyosatning natijasidir, ammo keskin cheklov bo'lsa-da, ishlab chiqarish o'sishini ta'minlamadi. pul massasi va inflyatsiyani pasaytiradigan vaqtinchalik ta'sir ko'rsatdi.
Inflyatsiya ishlab chiqarish sohasida ham, muomala sohasida ham uning barcha bo'g'inlarida takror ishlab chiqarish jarayonining buzilishiga olib keladi.Iqtisodiy hayotning doimiy omiliga aylangan inflyatsiya tizimni sezilarli darajada murakkablashtiradi. iqtisodiy munosabatlar, u doimiy e'tibor talab qiladi va maxsus chora-tadbirlar"normal" darajada ushlab turish. Inflyatsiyaning hal qiluvchi xususiyati uning kattaligidir. Iqtisodiyotga va butun jamiyatga ta'sir darajasi aniq inflyatsiya darajasiga bog'liq.
Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda, 2020 yilning ikkinchi yarmida tariflar o‘sishining inflyatsiyaga ta’siri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqinlashadi.
O‘tgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, ushbu sohalarda narxlar shakllanishining bozor tamoyillarini joriy qilishni kechiktirish keyinchalik ham narxlarni har yil oshirib borishni talab qiladi. Bu, o‘z navbatida, qo‘shimcha inflyatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023 yilga kelib inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga – targetga erishishni qiyinlashtiradi.
Narxlarning o‘zgartirishni bir bosqichda amaga oshirish orqali bozor tamoyillarini joriy etilishi inflyatsiyaga ma’lum darajada qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yo‘lidagi muammolarni bartaraf etishga, respublika hududlarida energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi hajmining ko‘payishiga xizmat qiladi.
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2020 yilning fevral oyida yillik inflyatsiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning dekabr (15,2 foiz) oyiga nisbatan 1,7 foiz bandga pasayib, 13,5 foizni tashkil qildi.
2020 yil fevralda bazaviy inflyatsiya 2019 yil dekabrga nisbatan solishtirganda 1,4 foiz bandga pasayib, 12,5 foizlik darajagacha tushdi.
Inflyatsiya darajasining pasayishiga, birinchi navbatda, fundamental omillar, jumladan, iqtisodiyotni kreditlash hajmi va byudjet xarajatlarining o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019 yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar (o‘tgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishi, avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiyasi hamda energiya resurslari narxining oshishi, oktabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) ta’sirining qisqarishi sabab bo‘ldi.
Mavsumiy tebranishlarning ta’sirining kamayishi joriy yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror bo‘lishiga xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining o‘sishi 2,4 foiznitashkil qildi (2019 yilning yanvar-fevral oylarida 4,9 foiz).
Saqlash infratuzilmasining kengayishi va issiqxonalar tarmog‘ining rivojlanishi hisobiga qish oylarida meva va sabzavotlar narxining keskin oshishi kuzatilmadi. Xususan, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida mevalar 15,6 foizga, sabzavotlar 13,8 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda narxlar o‘sishi qariyb ikki barobarga pasayib, mos ravishda 7,7 foiz va 6,3 foizni tashkil qildi.
2020 yilning yanvar-fevral oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning o‘sish sur’ati 2019 yilning mos davriga (6,0 foiz) nisbatan 3,5 foiz bandga pasayib 2,5 foizni tashkil etdi.
Kredit portfeli umumiy o‘sish sur’atining pasayishiga qaramasdan bozorning turli segmentlarida kreditlarning o‘sish dinamikasi turlicha bo‘ldi.
Yana bir bor ta’kidlash lozimki, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan ta’minlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi.
Inflyatsiya prognozi. 2020 yilning yanvar-fevral oylarida inflyatsiyaning pasayib boruvchi tendensiyasi kreditlarning yuqori o‘sishni oldini olish va fiskal intizomning kuchaytirilishi orqali iqtisodiyotda inflyatsiya bosimini va inflyatsiyaga nomonetar omillar ta’sirini pasaytirish, xususan tartibga solinadigan energiya resurslari narxlarini erkinlashtirish jarayonini kelgusi yillarga qoldirmasdan amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.
Bunda, inflyatsiya darajasini prognoz doirasida ushlab turish quyidagilar omillar hisobiga ta’minlanadi:

  • umumiy fiscal balans taqchillik, O‘TTJ daromad va xarajatlari muvozanatlashuvini ta’minlagan holda, 2020 yilda tasdiqlangan parametrlarga (YaIMga nisbatan 2,7 foiz) to‘liq mos bo‘lishini ta’minlash;

  • banklar kredit portfelining mo‘tadil o‘sish sur’ati, ya’ni YaIMning nominal hajmi o‘sish sur’atidan oshmaydigan (25 foiz atrofida) darajada bo‘lishi hamda kelgusi davrda kredit bozorida segmentlashuv darajasining pasayishi bilan pul-kredit siyosatining joriy sharoitini saqlab qolish;

  • tashqi qarzning muvozanatli o‘sishi, xususan, xorijiy valyutadagi kreditlar o‘sishi va iqtisodiyotdagi qarz yukining muvozanatlashuvi hamda dollarizatsiya darajasining pasayishi.

Inflyatsiya ayniqsa o’tish bosqichida turgan iqtisodiyotga juda ogir ta`sir ko’rsatadi.Buning sababi bozor iqtisodiyoti yo’lida g’oyat muxim qadam bo’lgan narx-navoni erkinlashtirish, ya`ni narxlar ustidan davlat nazoratini bekor kilish bilan boglangan.Bunday narxlarni erkinlashtirishning qanday natijalarga olib kelishini oldindanoq aytib berish mumkin:xamisha takchil bo’lib kelgan tovarlarning narxlari oshib ketadi. Chunki davlat ushbu tovarlarning narxlarini sun`iy ravishda past kilib belgilab kelgan va talab xamisha taklifdan oldinda yurgan yoki hukumat karorlari keltirib chikargan iktisodiy buzilishlar xamda samarasizlik tufayli shu xol vujudga keladi. Agar utish davriga kelganda odamlar kulida kup mikdorda pul tuplanib kolgan bulsa (chunki ularni biron bir kimmatli narsaga sariflashning imkoni bulmagan), inflyatsiya yuki yana xam ogirrok bulishi mumkin.

Download 115.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling