I bob. Inflyatsiyaning mohiyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari


- rasm. O‘zbekiston Respublikasida iste`mol narxlari indeksi dinamikasi


Download 178.54 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi178.54 Kb.
#1587026
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish” fanidan kurs ishi ma (3)

1- rasm. O‘zbekiston Respublikasida iste`mol narxlari indeksi dinamikasi,
o`tgan yilning dekabr oyiga nisbatan %
Metodologiyadagi o‘zgarishlar: Respublikamiz aholisining iste’mol savatiga kiruvchi meva-sabzavotlar guruhidagi 16-18 turdagi mahsulotlarni xalqaro andozalarda belgilanganidek har oyda bir hil miqdorda emas, balki eng pishiqchilik fasllarida, masalan, kartoshka, piyoz, sabzi kabi mahsulotlarni katta miqdorda, odatda oktyabr va noyabr oylarida eng arzon paytda ko‘p miqdorda xarid qilib, qish oylarida, ya’ni narxi qimmat fasllarda kamroq xarid qilishini hisobga olib, metodologiyaga ma’lum o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra yilning har bir oyida aholi tarafidan 16 turdagi meva-sabzavotlarni qancha miqdorda xarid qilingan bo‘lsa, iste’mol savatida ushbu vazn qo‘llanila boshlandi. Ya’ni, yangi metodologiyaga ko‘ra turli davr mobaynida istemol va xarid qilinayotgan maxsulotlarning tarkibining o‘zgarishlari ham hisobga olina boshlangan. 2018 yilning dekabr oyida mamlakat iste`mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o`rtacha 2,1 %ga oshdi. Umumiy hisobda 2018 yil davomida iste`mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 14,3 %ni tashkil etdi.




2- rasm. O‘zbekiston Respublikasida inflatsiya darajasi (narxlar o‘sishi %da)
2018 yil davomida INIning o`rtacha oylik o`sish sur`ati 1,1%ni tashkil etib, iqtisodiyotga inflyatsion bosim sentyabr oyidan boshlab kuchayib borgan. Jumladan, 2018 yilning oxirgi to`rt oyi davomida tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari o`sish darajasi 7,6 %ni tashkil etdi.
2017 yil davomidagi INI o`rtacha oylik o`sish sur`ati ham 1,1 % darajasini tashkil etgan. 2017 yilning sentyabr-dekabr oylarida iste`mol sektoridagi umumiy inflyatsiya darajasi ko`rsatkichi 7,6 %ni tashkil etgan.
Xulosa

Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, inflyatsiya har qanday davlat uchun xavfli hisoblanadi. Hatto iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar xam inflyatsiya davrida og`ir ahvolga tushub qoladi, shu sababli xam davlatlar undan qochishga harakat qilishadi va inflyatsiya davrida undan qutilishni harqanday choralarini qo`llashga harakat qiladi. Mustaqillik yillarida yurtimizda ham inflyatsiya eng yuqori cho`qqisiga chiqdi. Lekin o`zvaqtida ko`rilgan chora va tadbirlar samarasi bilan oldin ko`rib ish qilish natijasida inflyatsiya darajasi pasayishiga erishildi.


Ammo hozirgi vaqtda ham yurtimizda inflyatsiya biroz yuqori ekanligini etiborga oladigan bo`lsak bu bizga xavflidek tuyulishi mumkin. Lekin shuni etiborga olish kerakki inflyatsiya faqatgina davlatning yomon ahvolda ekanligini bildiribgina qolmay balki uning yaxshi holatda ekanligini xam bildirishi mumkin. Albatta qanday qilib degan savol tug`ulishi mumkin, bunga javoban misolkeltiradigan bo`lsak: misol uchun Qirg`iziston davlatini oladigan bo`lsak uyerdagi inflyatsiyaning yuqorilashishi kam maxsulot ishlab chiqarishdan yoki davlat byudjeti defetsetini qorlash uchun muomalaga ko`p miqdorda pul chiqarish oqibati bo`lishi mumkin. Lekin O`zbekistonni qaraydigan bo`lsak buyerdagi 7-8 % lik inflyatsiya davlat byudjetining katta qismi ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun yo`naltirilganligidan darak beradi. Bu albatta ijobiy inflyatsiya bo`lib vaqtinchalik holat hisoblanadi. Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahorati va jadalligining o‘rtacha darajasida naflilikka ega bo‘lgan biron tovarni tayyorlash uchun talab qilinadigan ish vaqtidir. Ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoiti muayyan turdagi tovarlarning aksariyat qismi yaratiladigan sharoitdir. Bu odatda o‘rtacha sharoit, faqat shu sharoitda o‘rtacha mahoratga ega bo‘lgan va o‘rtacha jadallik bilan ishlaydigan ishlab chiqaruvchi bir soatlik mehnati mobaynida bir ijtimoiy normal sharoitga mos qiymat vujudga keltiradi. Xodimning mahorati va mehnatining jadalligi jamiyatda qaror topgan o‘rtacha darajadan yuqori yoki pastroq bo‘lsa, bu holda bir soatlik mehnat mobaynida yaratgan qiymat tegishlicha ko‘p yoki kam bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarur.



Download 178.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling