I bob. Ingliz tilida so'z va uning yasalishi


Download 191 Kb.
bet2/11
Sana02.01.2022
Hajmi191 Kb.
#199015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Conversiya so'z yasalishi

Mavzuning dolzarbligi Tilshunoslikda so’z va uning yasalish, tuzilishi har doim ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. So’z yasalishi tilda mavjud bo’lgan material va imkoniyatlar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilishdan iborat. Bu jarayon til lug’at tarkibini muntazam boyib borishiga xizmat qiladi.
So’z yasalish masalalari tilshunoslikda fonetika, grammatika, lksikologiya
sohalari bilan birga doimo maxsus o’rganib kelinadi. Tilshunoslik tarixiga nazar
tashlasak, so’z yasalishi, u bilan bog’liq bo’lgan hodisalar, shuningdek, so’z
yasalishi bahsning predmeti aniq bo’lsada, lekin bu soha tilshunoslikning boshqa
bo’limlariga munosabati, uning tilshunoslikdagi o’rni masalasida bir fikrga
kelinmagan edi. Ko’pchilik ilmiy asarlarda so’z yasalishi grammatikaning bir
qismi sifatida talqin etilgan bo’lsa, ayrim adabiyotlarda u leksikologiya tarkibida
berilgan, hatto, so’z yasalishining mutlaqo leksikologiyaga mansub emasligi ham
ta’kidlanadi. Ma’lumki, tilshunoslik sohasi keng qamrovli sohalardan bo’lib, unda
mavjud bo’lgan har bir bo’lim chuqur ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Bizga
ayonki, umumiy tilshunoslikning o’rganish obyekti so’z va so’z yasalish hodisasi
hisoblanadi. So’z yasalish masalasi muhim ahamiyatga egadir va u tilshunoslar
tomonidan tan olingan, ammo turlicha talqin qilinadi. So’z yasalish hodisasida
qo’shma so’zlarning o’rni beqiyosdir. So’zlarning umumiy klassifikatsiyasi bo’yicha bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan bo’lishiga qaramay, undagi juda ko’plab savollar haligacha o’z yechimini topa olgan emas. So’nggi yillarda esa, tilshunoslikda yangi uslub va yo’nalish sifatida kogntitiv tilshunoslik shiddat bilan kirib keldi.. Jumladan, ingliz va o’zbek tillaridagi konversiya usulida yasalgan so’zlar ham anchagina shuning uchun ham ularni o’rganish va tadqiq qilish ushbu kurs ishining dolzarbligini bildiradi.



Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling