I bob. Ingliz tilida so'z va uning yasalishi


Konversiya so’z yasalishidagi ahamiyati


Download 191 Kb.
bet8/11
Sana02.01.2022
Hajmi191 Kb.
#199015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Conversiya so'z yasalishi

1.2.Konversiya so’z yasalishidagi ahamiyati.

Konversiya. Konversiya ingliz tili so’z yasash tizimining o’ziga xos


xususiyati hisoblanadi. U yana, shuningdek, qo’shimchalarsiz so’z yasash, deb
ham ataladi. Konversiya so’zi “conversion” so’zidan olingan bo’lib, bu so’z
birinchi marta Henri Svitning 1891– yilda chiqarilgan “yangi ingliz tili
grammatikasi” kitobida ishlatilgan [8,145b.]. Olimlar konversiya haqida turli xil fikrlarni ilgari surishgan. Masalan, professor A.I. Smirntitsky konversiya so’z yasashning morfologik usuli degan. Ushbu holatda bir so’z turkumiga oid so’z boshqa so’z turkumiga paradigmasini o’zgartirgan holatda o’tadi [33,54b.]. Misol uchun, a dial oti o’z paradigmasini o’zgartirib, to dial fe’liga aylanadi. A. Marchand esa o’zining «The Categories and Types of Present–day English» kitobida konversiyani morfologik–sintaktik usul, deb atagan, chunki biz bunda nafaqat so’zning paradigmasini o’zgartiramiz, balki uning sintaktik
vazifasini ham almashtiramiz. Masalam, I need some good paper for my room
(«paper» oti ushbu gapda to’ldiruvchi). I paper my room every year (bu gapda esa
“paper” fe’li kesim vazifasida kelgan) [3,90b.]. Bugungi kunda konversiya ingliz tilida fe’l yasashning eng asosiy usullaridan biridir. Fe’llar turli xil semantik guruhlarga mansub otlardan yasaladi, shuning uchun turli ma’nolarga ega bo’ladi:

1) agar inson tana qismlarini bildiruvchi otdan yasalsa, fe’l instrument


ma’nosiga ega bo’ladi: to eye, to finger, to elbow, to shoulder va boshqalar. Agar
asbob–uskuna, qurol, instrumentni bildiruvchi otdan yasalsa, fe’l instrument
ma’nosiga ega bo’ladi: to hammer, to machine–gun, to rifle, to nail;
2) fe’llar o’zi yasalgan ot ishora qilgan tirik mavjudotlarga xos harakatlarga ishora qilishi mumkin: to crowd, to wolf, to ape; 3) agar predmetga ishora qiluvchi otdan yasalgan bo’lsa, fe’llar o’zlashtirish, qo’shimcha qilish yoki mahrum qilish ma’nolarini beradi: to fish, to dust, to peel, to paper;

4) o’zi yasalgan ot joy nomini bildirsa, fe’llar o’sha joyga ishora qilishi


mumkin: to park, to garage, to bottle, to corner, to pocket;

5) o’zi yasalgan ot paytni bildirsa, fe’llar o’sha paytga ishora qilishi
mumkin: to winter, to week–end.

Fe’llar sifatdan ham o’zlashtirishi mumkin, bunday holatlarda ular holatning o’zgarishiga ishora qiladi: to tame, to clean, to slim. Fe’llar ham otga o’zgarishi mumkin.

Konversiya orqali yasalgan otlar quyidagilarga ishora qiladi:

1) qisqa vaqtda bajariladigan ish–harakatlar: a jump, a move; 2) jarayon yoki holat: sleep, walk;



3) o’zi yasalgan fe’l orqali ifodalangan ish–harakatning bajaruvchisiga: a
help, a flirt, a scold;\

4) o’zi yasalgan fe’l orqali ifodalangan ish–harakatning obyekti yoki natijasiga: a burn, a find, a purchase;



5) fe’l tomonidan ifodalangan ish–harakat o’rniga: a drive, a stop, a
walk.
Fe’ldan yasalgan ko’p otlar faqat birlik shaklda ishlatilishi mumkin va ular
lahzalik ish–harakatlarga ishora qiladi. Bunda ular quyidagi fe’llar bilan birga
ishlatiladi: to have, to get, to take va boshqalar. Masalan: to have a try, to give a
push, to take a swim.
Konversiya usuli, yuqoridagilarni hisobga olib aytadigan bo’lsak, o’ziga xos so’z yasalishi usuliga kiradi va shu jihatlari orqali ushbu produktiv usulda muhim rol o’ynaydi[12,132b.].

So‘z yasalishini ko‘rib chiqish davomida, bu sohada tillarning tipologik o‘xshsashligi yaqqol ko‘zga tashlanganidek, ularning farqlari ham shunchalik aniq-ravshan ko‘rinib turishining guvohi bo‘lish mumkin. Bu fikrning tasdig‘i sifatida beshta slavyan tillari ustida va uchta german tillari ustida olib borilgan tadqiqot natijalarini keltirish mumkin. Ingliz va rus tillari hind-ovrupa tillariga mansub bo‘lganliklari uchun ularning so‘z yasashda ko‘pgina o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lishi tabiiydir. Ammo shu bilan birga, yuqorida aytilgan tillarning alohida so‘z yasovchi vositalar o‘rtasidagi munosabatlarning turli xususiyatlarga egaligi, o‘ziga xos so‘z yasash usullari mavjudligi hamda har bir tilda so‘z yasashning u yoki bu usullarining mahsuldorligi darajasi bilan namoyon bo‘ladigan individualligi bilan ajralib turadi. So‘z yasashda asosan morfologik, morfologik-sintaktik, leksik-semantik va leksik-sintaktik usullar mavjud. Hozirgi zamon ingliz va rus tillari leksikasini boyituvchi eng mahsuldor usullardan biri – bu so‘z yasashning morfologik usulidir. Bu usul affikslar va so‘z qo‘shish yordamida hamda affikslarsiz so‘z yasash orqali amalga oshiriladi. Affikslarsiz so‘z yasashda tovushlar almashinuvi va so‘z yasash vositasi sifatida urg‘uni ko‘chirish orqali amalga oshiriladi. Lekin so‘z yasashning bu usuli ko‘p tarqalmagan. U ayniqsa fe’llardan va sifatlardan ot yasashda ko‘proq kuzatiladi. Masalan: рус. свистеть – свист, звать – зов, глухой-глушь, тихий –тишь; ингл. to lose-loss, to bleed-blood, to live-life, to ob΄ject-΄object, to pre΄sent-΄present. Affikslarsiz so‘z yasash usuliga ingliz tilida keng tarqalgan konversiyani, ya’ni berilgan o‘zakni so‘z o‘zgartirishning boshqa paradigmasiga ko‘chirish orqali so‘z yasash usulini kiritish mumkin. Bunda yangi so‘zning sintaktik birikuvi o‘zgargani sababli konversiya so‘z yasashning morfologik-sintaktik usulini taqozo etadi. Konversiya yo‘li bilan yasalgan so‘zlarning ko‘pchiligini fe’llar tashkil qiladi: chair - to chair, light - to light, free - to free, wet - to wet, down – to down va hokazo. Yuqorida keltirilgan misollardan fe’llar turli so‘z turkumlaridan, ya’ni otlardan, sifatlardan va ravishlardan yasalishi mumkinligi ko‘rinib turibdi. Konversiya yordamida boshqa so‘z turkumlari, masalan, ot yasalishi mumkin: to run – run, to work – work, native – a native va hokazo. Konversiya hodisasi ingliz tilini rus tilidan ajratib turadigan uning xos xususiyatlardan biri hisoblanadi. Konversiya orqali so'z yasash ba’zi tillarda ko‘plab uchraydi. M asalan, ingliz va fransuz tillarida bu usul keng qo'llansa, rus, o ‘zbek tilla rid a kam u ch ray d i. K onversiya y o ‘li b ilan s o ‘z yasalganda, so‘zlar bir so‘z turkum idan ikkinchisiga - ko‘proq ot fe’lga, fe’l esa otga o ‘tadi. Ingliz tilidagi We shall answer positively. The answer was positive gaplarni misol tariqasida keltiramiz. Birinchi gapda answer so ‘zi fe’ldir, chunki u morfologik jihatdan zam on kategoriyasini ifodalovchi vosita (shall) ni olgan; sintaktik nuqtai nazardan bu so‘z kesim vazifasini o ‘tab, ravish bilan bog‘lanib kelayapti. Ikkinchi gapda answer - otdir, chunki u gapda ega vazifasini bajaryapti, morfologik jihatdan bosh kelishik, birlikda bo'lib, aniq artikl bilan bog'langan. Ingliz tilida artikllar otning asosiy ko'rsatk ich larid an biridir. Ingliz tilida bunday m isollar ko'plab uchraydi. O 'zbek, rus tillarida bu hodisalar o'ziga xos xususiyatga ega. A gar ingliz tilida bir so 'z tu rk u m id an ikkinchisiga k o 'ch ish ko'proq gapdagi so'zlarning o 'm i almashishi bilan bog'liq bo'lsa, o'zbek va rus tillarida bu hodisa morfologik vositalar ko'm agida am alga oshiriladi, y a’ni so'z qaysi so'z turkum iga ko'chayotgan b o 'lsa, ana shu so'z turkum ining gram m atik kategoriyalarini qabul qiladi.

Birinchi bob bo’yicha xulosa

Zamonaviy ingliz va o’zbek tillarida so’z yasash usullari mavjud bo’lib, ular turli xildir. Morfologik usul (asos + so’z yasovchi qo’shimcha) bo’yicha so’z
yasovchi qo’shimcha qo’shilishidan yangi so’z yasaladi. Bu usul bilan sodda
yasama so’zlar yasaladi. Semantik (ma’noviy) usulda bir turkumga xos so’z
boshqa so’z turkumiga ko’chib, yangi ma’no anglatadi. So’zlarni qisqartirish
usuli faqat ot so’z turkumiga xos bo’lib, so’zlarni qisqartirish orqali yangi so’z
yasaladi. Sintaktik usulda (asos+asos) qo’shma so’zlar hosil bo’ladi, ular bir
necha mustaqil ma’noli morfemalarning qo’shilishidan yasaladi, bu odatda
kompozitsion usul ham deyiladi. So’z yasalish usullari ingliz tilida produktiv va produktiv bo’lmagan turlarga bo’linadi. Produktiv usulga qo’shimcha qo’shish, konversiya, abbrivatsiya (qisqartirish), kompozitsiya (qo’shish orqali), produktiv bo’lmagan usulga esa tovush o’zgarishi, urg’u o’zgarishi, tovushga taqlid, uyg’unlashtirmoq, qayta tiklash kiritiladi. Konversiya (nol derivatsiya, affiksiz derivatsiya) bu so'z yasashning o'ziga xos affikslaridan foydalanmasdan so'zlarning shakllanishi. Konversiya atamasini Genri Sweet o'zining yangi ingliz tili grammatikasida kiritgan. Birinchi konversiya holatlari 14-asrda qayd etilgan. sevgi, n - sevmoq, v kabi so'zlarning juftliklarini taqlid qilgan, chunki ular juda ko'p bo'lgan va shu bilan bilinmaydigan tarzda odatiy til naqshlaridan biri sifatida qabul qilingan.


Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling