I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo`lgan inqirozlar


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana19.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1364996
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo`lgan inqirozlar, 
(xom-ashyo, yoqilg`i, valyuta bo`yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning 
boshqa davlatlar bilan bo`ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar kiradi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar 
sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to`xtovsiz o`sishi va natijada 
pul muomalasi qonunining buzilishi, oqibatida pul birligining qadrsizlanishi 
inflyatsiyani keltirib chiqaradi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
a) 
tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o`sib borishi 
natijasida
pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
b) 
Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
v) Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o`sib borishiga 
qarab inflyatsiyani bir necha turlarga bo`lish mumkin:

sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi 5-10 % dan 
oshmaydi. Inflyatsiyaning bu turi ko`proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo`lib, 
mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4 % atrofida ham 
bo`lishi mumkin. Bu inflyatsiya, aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni 
rag`batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Pulning qiymati 
barqarorligidagi o`zgarish sezilmasligi mumkin:

shiddatli inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi 10-100% 
(ba`zida 200% gacha) bo`lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ko`proq uchraydi;

giperinflyatsiya.Baholarning o`sish sur`atlari yiliga 200%dan oshib 
ketadi. Bu inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos 
keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o`zgarishi bilan bog`liq.
Hozirgi kunlarda Xalqaro Valyuta Fondi har qanday rivojlanish fazasiga 
ega bo`lgan mamlakatda baholar oyiga 50 % dan oshgan holatni giperinflyatsiya 


50 
deb qabul qilgan. Giperinflyatsiya davrida milliy valyuta kursi xarid pariteti tushib 
ketadi, baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish xaqi o`rtasidagi farq 
juda yuqori bo`ladi. Aholining yashash sharoiti qiyinlashadi, korxonalar faoliyati 
yomonlashadi. Xo`jalik faoliyati, bozor faoliyatida naturallashuv avj oladi.
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rastish 
mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif 
inflyatsiyasi).
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an`anaviy turi talab oshib ketganda 
yuzaga keladi. Ishlab chiqarish soxasi aholining talabini to`liq qondira olmaydi, 
taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam 
miqdordagi tovarlarga ko`p miqdorda pul massasi to`g`ri keladi.Talab 
inflyatsiyaning vujudga kelishi sabablari quydagicha:
davlat qarzlarining o`sishi («defolt»ga olib kelish ehtimoli mavjud) va
byudjet defitsitining mavjudligi;  
Taklif inflyatsiyasi. Mazkur inflyatsiya doimiy ravihda ishlab chiarish 
infratuzilmasi bilan bog`liq bo`ladi. Bu inflyatsiyaning sabablari quyidagilar 
bo`lishi mumkin:
har 
xil 
jarayonlar 
va 
tarkibiy 
o`zgarishlar 
tufayli 
mehnat 
unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar 
oshishi;
har xil turdagi innovatsion xizmat turlari paydo bo`ladi va ishlab chiqarishga 
nisbatan ham mehnat unumdorligida yuqori ish xaqi olishga imkoniyat tug`iladi.
Natijada, tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi; aholini sotsial 
jihatdan himoyalash maqsadida ish xaqining oshishi.
Inflyatsiyaning o`sishi sur`atlari quyidagicha hisoblanadi:
Joriy yil baholar indeksi–iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksi
Inflyatsiya sur`ati = ----------------------------------------------------- x 100 %
Iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksi
Yuqoridagi 
formuladan 
ko`rinib 
turibdiki, 
inflyatsiya 
sur`atini 
prognozlashtirish va uning foizi ekvivalenti darajasini bilish uchun joriy yil baholar 


51 
indeksidan iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksini ayirib, sunga olingan 
natijani iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksiga bo`lib, 100 % ga ko`paytirgan 
taqdirimizdagana inflyatsiya sur`atining real natijasi kelib chiqadi. Hosil bo`lgan 
yakuniy natijadan mamlakat milliy valyuta kursini himoyalash borasida 
xukumatning ma`sul idoralari, xususan, Moliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi
Markaziy Bank tomonidan bir qator protektsionistik loyihalar ishlab chiqiladi.
Quyidagi jadvalda bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida o`z faoliyatlarini 
yuritayotgan mamlaktlarda inflyatsiya dinamikasi (bazis davrga nisbatan 
mamlakatda iste`mol va chakana narxlarining o`sishi darajasi, foizlarda (%)).

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling