I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


-jadval.O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana19.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1364996
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

2-jadval.O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy
ko`rsatkichlari, 2017-2020 y. (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning 
o`sishi, %) 
2019 yilda O`zR MB tomonidan respublikada qat`iy pul-kredit siyosatining 
amalga oshirilishi natijasida iste`mol sohasida narxlarning umumiy o`sish sur`ati 
0,5% ni tashkil qildi.
Umumiy inflyatsiya darajasiga pullik xizmatlar narxlari (20,5% dan 15,5% 
ga) va nooziq-ovqat tovarlari narxlari (6,3% dan 3,6% ga) o`sish sur`atlarining 
pasayishi ma`lum darajada ta`sir ko`rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarning 
pasayishi tendentsiyasi saqlanib qoldi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlarining omilli 
tahlili 2019 yilda inflyatsiya darajasiga xarajatlar inflyatsiyaning (2,1% daraja) va 


47 
uy-joy kommunal xizmatlari tarifining (4,5% daraja) oshganligi ta`sir qilganini 
ko`rsatdi. 2019 yilda talab inflyatsiyasidan taklif inflyatsiyasining oshib ketishi 
qayd etildi: sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari o`rtacha 
oylik hisobida 1,8% ga, iste`mol baholari esa 0,03% ga o`sdi.
Sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari omillarining 
tahlili ko`rsatishicha, 2019 yilda real sektorda inflyatsiya darajasiga energiya 
manbalari baholarining (43,3%), ish haqining (20,3%) va transport xarajatlarining 
(14,0%) oshishi ta`sir qilgan.
Bugungi kunda sanoat tarmog`ida YaIMning 17% ga yaqini ishlab 
chiqarilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan 
sanalgan sanoat tarmog`ini iqtisodiy rivojlantirish uchun sanoat markazlari va 
hududiy joylashtirishni yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning 
uchun quyidagi yo`nalishlarga e`tiborni kuchaytirish zarur:
 
kelgusida sanoat
tarmoqlarini
ijtimoiy–iqtisodiy
rivojlantirish 
imkoniyatlarini belgilash;
 
respublika viloyatlarining tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy ixtisoslashuvi 
xususiyatlarini hisobga olgan holda sanoatda ishlab chiqarish majmuini 
rivojlantirish; 
 
sanoat uzellari va markazlarini tumanlarda, tuman markazlarida, kichik 
shaharlarda ishlab chiqarishning xududiy majmuini tashkil etish va uning 
rivojlanishini doimo ta`minlash va hokazolar.
Milliy valyuta kursining kelib chiqishi mamlakat iqtisodiy faoliyati muhim va 
ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan savdoni rivojlantirish bilan bog`liq.
Milliy valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta`sir ko`rsatishi bilan 
ichki iqtisodiyotga ham ta`sir ko`rsatadi. Bunga sabab, milliy valyuta kursining 
xolati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha soxalarining holati o`rtasidagi o`zaro 
bog`liqligidir. Milliy valyutaning xarid qilish quvvatini pasayishiga va kursining 
pasayishi an`anasiga ega bo`lishiga sabab bo`ladi.


48 
Milliy valyuta kursi dinamikasini inflyatsiya darajasi bilan o`zaro bog`liqligi 
import baholari orasida kursni hisoblashda namoyon bo`ladi. Jahon bozori narxlari 
o`zida baynalminal qiymatining puldagi ifodasini aks ettiradi.
Import baholari xam milliy valyuta kursini o`zgarishi bilan bog`liq. Ichki 
savdoda va eksportda ulgurji sotish xajmi yuqori bo`lgan mamlakatda, shu 
jumladan sanoati rivojlangan mamlakatlarda ulgurji baholar indeksi qabul qilingan 
va qo`llaniladi. Boshqa mamlakatlarda esa, bu indeksga ko`pgina eksport 
qilinadigan tovarlar kamayadi.
Inflyatsiyaning holatiga ta`sir etuvchi muhim indikatorlardan biri – bu 
muomaladagi pul massasi (money supply) hisoblanadi. Inflyatsiya nafaqat milliy 
valyuta kursiga, balki aholi bandligiga ham o`z ta`sirini o`tkazadi. Misol uchun, 
1958 yilda angliyalik iqtisodchi A.Fillips talab inflyatsiyasining grafik modelini 
taqdim etdi, va quyidagi xulosaga keldi: (Fillips egri chizig`i). Aholi ish xaqi va 
nobandligi darajalari stavkalarining o`zgarishi, xususan, butun aholidan 
(Angliyada) 2,5-3 % ishsiz qolishi narxlarning va ish xaqining o`sishini 
sekinlashtiradi. A. Fillips nazariyasiga tayangan holda, R. Lipsi quyidagi fikrni 
oldinga surdi: «Inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, ishsizlik darajasi 
shunchalik past bo`ladi».
Hozirgi kunda xam, bir qator rivojlangan mamlakatlarda xukumat tomonidan 
ishsizlik darajasi yuqori deb baholansa, ushbu ko`rsatkichni tushirish uchun talabni 
rag`batlantiruvchi byudjet va pul-kredit bo`yicha barcha chora-tadbirlar amalga 
oshiriladi. Bu esa, o`z navbatida ishlab chiqarishning kengayishiga va yangi ish 
o`rinlarini barpo etilishiga sabab bo`ladi. Mazkur davrda ishsizlik normasi tushadi, 
ammo, bunga parallel ravishda inflyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Bunday 
manipulyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Buday manipulyatsiyaviy 
choratadbirlar mamlakat iqtisodiyotiga tushadigan og`irliklarni kuchaytirib, krizis 
holatdiga olib kelishi tabiydir. Mabodo, ushbu iqtisodiy nuqsonlarga yo`l qo`yilgan 
takdirda, xukumat tomonidan kreditga cheklovlar qo`yiladi, mamlakat byudjetidagi 
xarajatlar qisqartiriladi va hokazo. Ushbu xolda, narxlar tushib, ishsizlik darajasi 
ko`tariladi. Shuning uchun xam, ko`pgina davlatlar iqtisodiyotni boshqaruv 


49 
instrumenti bo`lmish pul-kredit siyosatini, uning effektivligini «protektsionizm» 
siyosatini qo`llagan xolda ish yuritadilar.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling