I. Bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashkil topishining ilmiy manbalarda tavsifi


I.1 Islom dinining vujudga kelishi


Download 164.87 Kb.
bet5/19
Sana18.12.2022
Hajmi164.87 Kb.
#1028260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
I. bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashki

I.1 Islom dinining vujudga kelishi
Islom dini nasorolik va buddiy din bilan bir qatorda dunyoda eng ko‘p tarqalgan dinlardan biridir. Hozir yer yuzida musulmonlar, bir milliard 400 million kishidan iborat. Nasorolar esa ikki milliard 200 mln. Demak, Islom dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan yirik dindir. Jahonning 172 mamlakatida musulmonlar bor. Xorijiy Osiyo mamlakatlarida 510 mln. musulmon bo‘lib, bu yer yuzidagi musulmonlarning 67,7 foizini tashkil etadi. Shulardan 26,8 foizi G‘arbiy Osiyoda, 46,3 foizi Janubiy Osiyo, 27,2 foizi Janubiy-G‘arbiy Osiyoda, 2,7 foizi Sharqiy Osiyoda yashaydi. Musulmonlarning eng ko‘pi Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladeshda yashaydi. Musulmonlar Yevropa davlatlari, Amerika qit’asida, Yaponiyada, Avstraliya va Fiji orollarida ham yashaydi. Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida Islom davlat dini deb qabul qilingan. Islom so‘zi arabcha “Allohga o‘zini taslim qilish, topshirish, itoat etish, bo‘ysunish, hamda “Islom dini” ma’nolarini bildiradi. Shuning uchun bu dinga ishonuvchilarni arabchada “muslim” (ko‘pligi-“muslimun”), eronliklarda-“musalmon”, o‘zbeklarda – “musulmon”, qirg‘iz va qozoqlarda – “musurmon” kabi nomlar bilan atalib kelmoqsa. Kishi: “Lo iloha illallohu Muhammad ur-rasululloh» (“Allohdan boshqa ma’bud yo‘q, Muhammad uning payg‘ambaridir”) iborasini aytgandagini musulmon sanaladi10.
Islom faqat diniy ta’limot emas, u ma’lum hayot tarzi, hayotiy qonun-qoida na faqat musulmonlar, balki dinga befarq qaraydigan kishilar hayotiga ham singib ketgan diniy urf-odatlar majmuasidir. Odamlar ular haqiqatan Islom qonun-qoidalariga to‘la rioya qilganlari uchun musulmon deb atalmaydi, balki ular Islom tarqalgan davlatlarda tug‘ilib o‘sganlari, o‘sha mamlakatlarning madaniy va tarixiy o’tmishi Islom bilan bog‘langanligi, oilaviy va ijtimoiy hayotda yuz berayotgan ko’plab voqealar Islom diniy qonun-qoidalari asosida olib borilishi tufayli musulmon deb ataladi.
Shunday buyuk dinning asosiy xalqi qoloq, badaviy, butparast bo‘lgan Markaziy va Shimoliy Arabistonda vujudga kelishi har bir musulmon, hatto, musulmon bo‘lmagan kishi uchun ham aql bovar qilmaydigan bir mo‘jizadir. Janubiy Arabistondagi Yaman davlati dengiz va quruqlikdagi savdo-sotiq ishlarida rivojlangan, Qizil dengiz va Hind okeani bo‘ylab o‘tadigan kemalar to‘xtaydigan, Suriya va Misrdan karvon yo‘llari kelib taqaladigan markaz, suv inshootlari rivojlangan, yakkahokimlik hukm surgan mamlakat edi. Shunga qaramasdan, Islom Janubiy Arabistonda emas, Markaziy, G‘arbiy va Shimoliy Arabistonda vujudga keldi11.
Ko‘chmanchi arablar sahrolarda chodir qurib, shaharliklar faqat savdo-sotiq va haj qiluvchilardan tushgan daromad bilan yashaganlar.
Yarimorolning o‘troq xalqlari orasida qabilachilik tuzumi saqlanib qolgan edi. Qabilalar mustaqil bo‘lib, ba’zan qo‘shilib ittifoq bo‘lishar, ba’zan tezda ajralib ketishardi.
“Arab” so‘zini “sahroyi” yoki “ko‘chmanchi” deb tushunish mumkin. Tuyakash-badaviy (sahrolik) arablar turmush tarzi juda ibtidoiy bo‘lib, ular Arab yarim-orolida taxminan eramizdan oldingi XI asrda paydo bo‘lganlar, shuning uchun bu yer Arab yarimoroli deyiladi12.
Sahrodan faqat tuya orqali o‘tish mumkin bo‘lgan. U 250—300 kg qadar yukni ko’tarish qobiliyatiga ega, bir kunda 160 kmga qadar yo‘l bosa olgan, bu 57° gacha bo’lgan issiqqa besh kungacha suvsiz yurishi mumkin bo’lgan hayvondir. Tuyakashlik nihoyatda rivojlangan bo‘lsa ham, tuya harbiy ishlarda qo‘llanilmagan edi. O‘n olti asr davomida mahalliy badaviylar yarimorolda o‘zlarining hech qanday yirik davlatlarini tuzmadilar. Yarimorol chegarasida paydo bo‘lgan Nabatiylar davlati (106-yilda Rim imperiyasiga qo‘shib olingan), Palmira shahar-davlati (uning gullagan davri 260-yil bo‘lgan, 270—273 yillari Avrelian tomonidan vayron qilingan) badaviylar tomonidan asoslanmagan. IV—V asrlarda rumlar (vizantiyaliklar), eronliklar va yamanliklar asos solgan yana uchta davlat bo‘lgan: 1) g‘assoniylar, III asrda Janubiy Yamanda tashkil topib Huron, Iordaniyaning sharqi, Finikiya, Livan va Falastinni o‘z ichiga olgan, poytaxti Hira shaqri bo‘lgan, rumliklarga xizmat qilgan; 2) laxmiylar (602-yilgacha) ichki Arabistonda vujudga kelgan; 3) kindiylar davlati, poytaxti Hazramavt shahri bo‘lgan13.
Arab qabilalari juda ko‘p mablag‘larini o‘zaro urushlarga sarflagan edilar. Bu ularni nihoyatda kuchsizlantirib qo‘ygan va Islom g‘oyasi tez tarqalishiga imkon tug‘dirgan edi.
Badaviy arablarning moddiy ahvoli nochor bo‘lgan. Ular tabiat injiqliklariga qarshi kurashishda ojiz bo‘lganlar. Ko’plab chorva hayvonlariga ega bo‘lsalar ham, turmush tarzi bu hayvonlarni uzoq ushlashga imkon bermagan. Ba’zi kuchli qabilalar o‘z yerlaridan o’tgan savdogarlardan boj olib ham turganlar, ba’zi badaviylar esa Rum (Vizantiya) va Eronga muhojir bo‘lib ketib, ularning qo‘shinida yollanib askarlik qilib yashaganlar. Badaviylarcha yashashning eng yaxshi yo‘llaridan biri o‘troq dehqonlarni talash yoki boshqa ko‘chmanchilarga hujum qilish bo‘lgan. Bu holda chorva mollari qo‘ldan-qo‘lga o‘tib tursa ham, qabilalar boyligi ko‘paymagan. Buning ustiga tabiat ofatlari ham bo‘lib turgan14.
Adabiyotlarda yozilishicha, eramizning birinchi ming yilligida Arab yarimorolida yog‘ingarchilik sekin-asta ko‘payib borgan. Bundan tashqari, sahroda yashovchilar hokimiyati kuchsizlanib qolgan, madaniy taraqqiy etgan joylarga kirib borish bilan ham o‘z moddiy ahvolini yaxshilashlari mumkin edi. Boshqacha aytganda, aholi hayotida iqlim sharoiti va moddiy sabablarga qaraganda siyosiy sabablar katta rol o‘ynagan. Arab yarim orolining g‘arbida Qizil dengiz sohillari bo‘ylab cho‘zilgan Hijoz viloyati bu davrda iqtisodiy jihatdan bir muncha rivojlangan edi. Bu yerdan o’tadigan karvon yo‘li IV asr o‘rtalarida janubda Yaman orqali Habashiston va Hindistonni, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya (Rum) va Eronni bog‘lagan edi.
Ma’lumki, yahudiylik dini (iudaizm) miloddan avval bir minginchi yillar boshlarida Falastin (Quddus)da vujudga kelgan. Arabiston yarimorolida ko‘chib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Falastinni bosib olib, yahudiy davlatini tuzganlar. Yahudiylik ana shu qabilalarning diniy urf-odati va Falastin xalklarining ayrim e’tiqodlarini o‘zida mujassamlashtirgan dindir. Keyinchalik bu din dunyoning bir qancha davlatlariga tarqalib, hozirgacha yashab kelmoqda.
Nasoro (xristian) dini esa I asrning ikkinchi yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar o‘rtasida paydo bo‘lgan va birinchi o‘n yilliqdayoq boshqa etnik guruhlar orasida tarqalgan. Nasorolikning tez yoyilishiga sabab, u qullarning, umuman ezilgan ommaning mavjud tartib va quldorlik tuzumiga qarshi noroziligani ifodalagan. Nasoro dinining shakllanishida yahudiylikning ko‘p g‘oyalari, qadimgi sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar, xususan, sadaqa berib, gunohdan xalos bo‘lish, ilohiy xaloskorlar haqidagi tasavvurlar asos bo‘lgan.
Bu din Arab yarimoroli xalqlari orasida ham keng tarqalgan edi. Yahudiylik Yaman arablari o‘rtasida keng tarqalgan bo‘lib, yahudiylikka e’tiqod qiluvchi qabilalar Markaziy va G‘arbiy Arabistonning ayrim vohalarida ham bor edi15.
Nasoro dini esa, asosan, Arab yarimorolining shimoliy qismida Suriya, Falastin, al-Jazira (Mesopatamiya — ikki daryo: Furot va Dajla oralig‘i)da yashaydigan arab qabilalarining ayrimlari o‘rtasida tarqalgan edi. Shunday qilib, yahudiy va nasoro dinlari ularning ayrim mazhab va oqimlari Islomdan oldin arab qabilalari orasida tarqalgan va yetarli mavqeiga ega bo‘lgan. Arab qabilalarini birlashtirish, yagona davlat tuzish uchun ko‘pxudolikni, sanamlarga sig‘inishni tugatish va yakkaxudolik e’tiqodi lozim edi. Islomdan oldin hanifalar (yakka Xudoga ibodat qilishni targ‘ib qiluvchilar) paydo bo‘lib, har xil qabila xudolariga, but-sanamlarga emas, yagona Xudoga (Allohga) ishonish, unga ibodat qilishga da’vat etgan edilar. Qur’on va boshqa diniy asarlarda Islomdan avvalgi davr “johiliya” (nodonlik, johillik) deb ataladi. U davrdagi sanamlardan bizgacha yodgorliklar yetib kelmagan. Islomgacha makkaliklarning eng muqaddas tavof qiladigan joyi Ka’ba bo‘lgan. Uning atrofiga ko‘pchilik arab xudolarining sanamlari o‘rnatilgan va bu Ka’bani umumarab muqaddas joyiga aylantirgan. Islomdan keyin uning atrofidagi sanamlar yo‘q qilib tashlangan va u musulmonlarning yagona tavof qiladigan va unga qarab namoz o‘qiydigan muqaddas joyiga aylantirilgan.
Arab yarimorolida taraqqiyot Eron va Yunon — Rim madaniyatiga nisbatan ancha orqada bo‘lgan, bunga qarama-qarshi o‘laroq, Misr, Suriya va Iroq ancha taraqqiy etgan o‘lkalar bo’lgan. Ammo qadimgi Yamanning taraqqiyot darajasi ancha yuqori turgan, hatto u o‘zining yozuviga ham ega bo‘lgan.
Albatta, ko‘chmanchilik hayoti madaniy taraqqiyotga imkon bermas edi. Buning uchun o‘troq yashashga o‘tish yoki o‘troq hayot kechiruvchi, taraqqiy etgan xalqlar g‘oyasini qabul etish kerak edi. Badaviylar hayotida qat’iy intizom yo‘qligi va ularda uzoqqa mo‘ljallangan tadbirlarni ishlab chiqish qobiliyati yo‘qligi yarimorolning yangi o‘zgarishlarga o‘tishiga to‘sqinlik qilardi. Islomgacha bo‘lgan arablarda qabilalar o‘rtasida o‘zaro to‘xtovsiz urushlar, erkaklarning qirilib ketishi natijasida oiladagi qashshoqlik, qiz tug‘ilsa, tiriklay ko‘mib yuborish, ichkilikbozlik, qimor, qaroqchilik va boshqa juda ko‘p yomon odatlar avj olgan edi. Xuddi mana shunday bir sharoitda, bir qoloq mamlakat - Arab yarimorolida Islom dinining vujudga kelishi va uni dunyodagi siyosiy, iqgisodiy jihatdan arablarga nisbatan bir qancha ustun turgan davlatlar xalqlari tomonidan tez vaqtda qabul etilib, tarqalib ketishi haqiqatan mo’jiza edi16.
VI asrning oxiri va VII asr boshlarida, ya’ni islom dinining vujudga kelishi arafasida Somiy qavmiga mansub arab qabilalari o'rtasidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi. Yamanda savdo-sotiq rivojlanib, ilk davlatchilik belgilari shakllanayotgan bir paytda, yarimorolning shimoliy qismida joylashgan shaharlarda hali ham ibtidoiy turmush tarzi saqlanib qolgan edi. Sahrolarda ko‘chmanchi chorvachilik bilan hayot kechirayotgan arab qabilalari esa, hatto patriarxal urug‘chilik tuzumining ilk bora yemirilish bosqichida turardilar. Aytmoqchimizki, Arabiston yarimorolida yashagan qabilalarning asosiy ko‘pchiligi ularga qo‘shni yashagan Misr, Vizantiya, Eron, Mesopotamiya kabi qadimiy madaniyat markazlariga qaraganda tarixiy taraqqiyotning ancha quyi bosqichida bo‘lib, orqada qolgan edi17.
Arabiston yarimorolining g‘arbiy qismida, Qizil dengiz sohillarida, geografik qulay bir hududda joylashgan va Xijoz deb nom olgan tuman bu davrda iqtisodiy taraqqiyotda birmuncha ilgarilab ketgandi. Karvon savdo yo‘llari bu hududni janubda Yaman orqali Habashiston va Hindiston, shimolda Shom yurti (Suriya) orqali Misr, Vizantiya va Sosoniylar Eroni bilan bog‘lar edi. O‘z davrida katta, iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan bu hududning markazi Makka shahri bo‘lib, bu yerda yoz va qish fasllarida katta karvonlar tashkil etilgan (tarixchi Tabariy bergan ma'lumotlarga qaraganda ba’zan bu karvonlar 2000 tuyagacha yetgan). Bu karvonlarning shimolga va janubga yuborilib turgani haqida Qur’oni Karimning 106-“Quraysh” surasida qayd etiladi1. Savdo karvoni yo‘lida joylashgan Makkadan tashqari yana Yasrib (keyinchalik Madina), Toif, Xaybar kabi shaharlar ham rivojlanib, kengayib, ahamiyati oshib bordi va VI asrlarga kelib gavjum savdo markazlariga aylandilar. Albatta bu davrda Makka shahri bilan biror-bir sohada bo‘lsin raqobatlashadigan savdo markazi hali yo‘q edi. Arab qabilalari o‘rtasida Makkaning diniy markaz sifatida ham o‘rni ancha yuqori bo‘lgan. Islomshunos olim A.Hasanov o‘z kitobida “Makkadagi Zam-zam qudug‘i qadim zamonlardan beri atrofdagi ko‘chmanchi qabilalar va o‘tkinchi savdogarlar e’tiborini qozongan. Nihoyat, rivoyatlarga qaraganda, Makkada qurilgan birinchi bino— Ka’ba bora-bora arablarning muqaddas joyiga aylanganini hisobga olsak, Makkaning shuhrat qozonishi uchun omillar yetarli bo'lganini ko‘ramiz”, deydi. Qur’onning 108-“Alkavsar” (chashma, buloq) surasida arablarning Ka’ba ziyoratiga kelib, qurbonlik so‘yish odatlari (526-bet) o‘z ifodasini topgan. Xullas, Makka shahri arab qabilalarini birlashtirishda markaziy o'rinni tuta bordi. Chunki V-VI asrlarda arab qabilalari ittifoqi mustahkam emas edi. Ular goh birlashar, goh tarqalib, parchalanib ketar, qabilalar o‘rtasida tez-tez nizolar kelib chiqardi va shu asnoda urushlar bo‘lib turardi. Negaki, har bir urug‘, qabila turli dinlarga — xristianlik, otashparastlik kabilarga sig‘inar, ularning har birining o‘z xudosi, o‘z payg‘ambari bo‘lardi. Ko‘pxudolilik va ko‘ppayg‘ambarlilik negizida tez-tez kelib chiqadigan va sodir bo‘ladigan urug‘lar va qabilalar o‘rtasidagi urushlar xalq ommasining noroziligini kuchaytirib borar, arab qabilalari o'rtasida borgan sayin birlashishga intilish ishtiyoqi kuchayardi. Kuchli urug‘ jamoalar ibodatxonasi va ular sig‘inadigan, topinadigan qadamjolarning ahamiyati osha borardi. Ojiz urug‘-qabilalar topinishi va xudolari haqidagi ta’limotlar tobora o‘rtadan surib chiqarila boradi.
Muhammad alayhissalom g‘oyaviy ta'limotining asosini tashkil etgan yakkaxudolilik islom diniga qadar ham bo'lgan. Muhammad alayhissalom davrida ham bu g‘oyani bayroq qilib kurashganlar bor edi. Jumladan, A. Hasanov “Makka va Madina tarixi”i kitobi­da payg‘ambarlikni da’vo qilganlar jumlasiga: “Yamomada — Musaylima, Yamanda — Asvad, Markaziy Arabistonda — Sajjoh ismli bir ayol va Tulayxa, Madina (Yasrib)da Ibn Sayyod kiritadi. Muhammad alayhissalom yo‘li g‘alaba qozongach, faqat uning nabiyligi (payg‘ambarligi) e’tirof etilib, boshqalari esa musulmon tarixchiligida, mutanabbiylar (ya’ni soxta payg‘ambarlar) deb nom oladilar. Islom dinida payg'ambar hisoblangan Muhammad alayhissalom 570-yil 27-avgustda Makka shahrida Quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonida dunyoga keladilar18. Hoshimiylar xonadoni Quraysh qabilasining nufuzli oilalaridan biri bo‘lgan. Muhammad alayhissalomning bobolari Abdulmutallib Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi kalitining nigohboni (saqlovchisi) bo‘lgan. Ota-onalaridan juda yosh yetim qolgan Muhammad alayhissalom dastlab bobolari, so‘ng amakilari Abu Tolib qo‘lida tarbiya oladilar. Amakilarining maslahatiga ko‘ra badavlat savdogar ayol Xadicha binti Xuvaylidning savdo ishlariga boshchilik qiladilar va 25 yoshlarida unga uylanadilar, Xadicha bu davrda 40 yoshda edilar19.
Muhammad alayhissalom bir necha yillar mobaynida diniy tafakkur va ibodat bilan muttasil shug‘ullanganlar, taqvodorlik bilan hayot kechirganlar. U kishi har doim Makka yaqinidagi Xiro g‘origa borib ibodat qilganlar, oziq-ovqat va suv olib ketib, g‘orda bir necha kunlar qolib, ibodat qilish odatlari bo‘lgan. Diniy manbalarda ta’kidlanishicha Muhammad alayhissalomga payg‘ambarlik 40 yoshga to‘lganda nasib etadi. Bu 610-yilga to‘g‘ri keladi. Vahiyning boshlanishi to‘g‘risida “Sirat ur-Rasululloh” asarida keltirilgan rivoyatga qaraganda, Muhammad alayhissalom Xiro tog‘ida tunab qolgan kechalaridan birida osmondan nido kelgan.
Muhammad alayhissalom hayotida birinchi ro‘y bergan vahiy hodisasining vaqti haqida barcha ilk islom manbalaridagi ma’lumotlar Qur’onning 97-“Qadr surasi”dagi ma’lumotga asoslangan. U “Laylat ul-qadr” kechasi deb ataladi. Tarixda bu kecha hijratdan 12 yil ilgari, ramazon oyining 26-sidan 27-siga o‘tar kechasi — milodiy hisob bilan 610-yil 15-dan 16-avgustga o‘tar kechaga to‘g‘ri keladi. Dunyodagi barcha musulmonlar bu kechani toat-ibodat bilan o‘tkazadilar. Muhammad alayhissalom yakkaxudolikka asoslangan islom dini g‘oyasini xalq o‘rtasida tashviqot va targ‘ibot qilishni boshlaganda juda katta qarshiliklarga va to‘siqlarga duch kelgan. Uning targ‘ibotiga ishonib islomni birinchilar qatorida qabul qilganlardan Xadicha, Abu Bakr, Ali, Zayd ibn-Xorisa, Abu ur-Rahmon ibn Avf, Zubayr ibn Avom, Amir Hamza, Usmon ibn Affon va boshqalardir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ta’limotiga qurayshlarning ummaviylar xonadoniga mansub bo‘l­gan va Makkada siyosiy hokimiyat tepasida turgan zodagonlar qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. Ikki o‘rtada ziddiyat g‘oyat darajada keskinlashgach, ma’lum davrlardan beri Muhammad alayhissalom diniga sodiqlikda boigan va Makka hukmronlari bilan raqobatlashib kelgan Yasribdagi Avs va Hazraj qabilalari bilan muzokaralar olib borgan Muhammad alayhissalom u yerga ko‘chib boradilar. Hijrat (arabcha ko‘chish) deb atalgan mazkur voqea 622-yil 24-sentabrda yuz bergan. Makkadan Yasribga ko‘chib borganlar islom tarixida “muhojirlar” (ko‘chib kelganlar), islomni qabul qilgan yasribliklar esa “ansorlar” (yordamchilar) deb nom oladilar. Shu davrdan e’tiboran Yasrib shahri Madina (payg‘ambar shahri) nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Musulmon yil taqvimi ham ana shu sanadan boshlanadi. Keyinchalik islom adabiyotda Makka va Madina islomning muqaddas markazlari sifatida “Makkayi Mukarrama” va “Madinayi Munavara” deb ataladigan bo‘ldi. 623-630-yillarda Muhammad alayhissalom Makka shahri uchun bir necha bor o‘z raqiblariga qarshi urushlar olib bordi. Nihoyat 630-yilda Makkaga 10 ming kishilik qo‘shin bilan bosib borildi va Makka sardori Abu Sufyon nochorlikdan taslim bo‘lib, islom dinini qabul qildi. Uning o‘g‘li Muoviya Payg‘ambarning noiblaridan biri bo‘ldi. 630-yilda Muhammad Arabistonning ayrim mintaqalarida paydo bo‘lgan, soxta payg‘ambarlar ustiga yurishlar qilib, butun boshli Arabiston yarimorolini egallab, kuchli davlatga asos soladi20. Bu davlat Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizil dengiz sohillaridan Markaziy Qum sahrosigacha cho‘zilgan yerlarni o‘z ichiga olar edi. 632-yil 25-yanvarda Makkayi Mukarramaga so‘nggi hajga safar qilgan Muhammad alayhissalom haj safaridan so‘ng qattiq betob bo'lib qoladilar. U kishi betobligida Ka’ba masjidiga imomlikni o‘tashni qaynotalari Abu Bakrga topshiradilar (622-yilda Xadicha vafotidan so‘ng Abu Bakraing qizi Oyshaga uylangan edilar).

Download 164.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling