I. bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashkil topishining ilmiy manbalarda tavsifi


Download 145.96 Kb.
bet4/4
Sana30.06.2020
Hajmi145.96 Kb.
#122321
1   2   3   4
Bog'liq
2 5438182578244814691


Xojikalon unvoniga bo`lgan diniy mansabdorlar xonlik markaziy boshqaruvda shaxulislomdan keyingi o`rinda turgan. Sh. Vohidov xojikalon unvonidagi kishiga fiqx olimi, deb ta`rif bergan. Xonlikning markaziy boshqaruvida ikki xojikalon tayinlanganligi bejis emas. Bu ikki fiqx olimi davlat ishlari,hukmdorning farmon va qarorlari shariat qonunlari asosida bo`lishi yoki shariatga mos kelishiga ma`sul shaxslar bo`lgan. Davlat idoralari ishlarida sha`riy qonunlarning buzilmasligi qattiq nazorat ostiga olingan. Bunda oliy hukmdor xojikalonlarga tayyanib, ish yuritgan. Ushbu holatni viloyatlar markazida ham mazkur mansab egasi faoliyat yuritganligi,ular oliy hukmdor tomonidan tayinlanganligi haqidagi mavjud yorliqlar ham tasdiqlaydi50.
Markaziy boshqaruv tizimida ―qozikalon adliya va huquq tartibot ishlariga ma`sul lavozim bo`lib,bu mansabdagi bir kishi faoliyat yuritgan. Shuningdek, viloyat markazlarida mavjud mahalliy boshqaruv tizimida ham qozikalon mansabi bo`lgan. Qozikalon ― …poytaxt va viloyat markazlaridagi qozilarning va qozixona ishlarining ustidan nazorat qilardi, - deyilgan51. Qozikalonlar faqat qozilar va qozixona ishlari ustidan nazoratni amalga oshirmay, fuqarolarning turli huquqiy masalalari bo`yicha hukmlar chiqargani va bu haqda oliy hukmdor yoki viloyat hokimiga yozma bayonotlar tayyorlaganlar.
Qo`qon harbiy ishlar qozisi vazifasida ― qozi askar faoliyat
yuritgan. Qozi askar, o`z navbatida, markaziy davlat boshqaruvidagi sudlov
masalalari bo`yicha bosh mansabdor qozikalonga bo`ysingan. Umarxon hukmronligi davrida xonlikning boshqaruv tizimida ―o`roq va sudur kabi diniy unvon egalari faoliyat yuritgan. Bu unvon egalari vazifasiga vaqf mulklarini nazorat qilish kirgan. Sh.Vohidovning ta`kidlashicha, ―O`roq vaqf yerlarining xiroj va soliqlariga, ―Sudur esa vaqf mulklarining daromadlari va hisob- kitobiga javobgar shaxs bo`lgan52. Shunday qilib, Qo`qon xonligi markaziy boshqaruv tizimiga oid ma`lumotlardan shunday fikrlarga kelish mumkin. Xonlikning markaziy boshqaruv tizimi o`z taraqqiyotida uch bosqichdan o`tgan. Birinchi bosqich xonlikda markaziy davlat boshqaruv tizimining shakllanishidir. 1709 yildan 1800 yillar davomida bu davrda yangi tuzilgan hamda siyosiy jihatdan
rivojlanib borayotgan davlat, katta hududni qamragan davlatni boshqarish uchun boshqaruv tizimini O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan davlatchilik asoslari negizida rivojlanganligidir. Xonlik markaziy boshqaruv tizimining ikkinchi bosqichi 1800 yidan 1842 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatda kechgan siyosiy jarayonlar, iqtisodiy va madaniy hayot borasida rivojlanish,bu davrda hukmronlik qilgan hukmdorlarning o`z ichki va tashqi siyosatlarini,jamiyat bilan aloqalarini muayyan boshqaruv tizimiga tayanib yuritgani,bu tizimni takomillashtirish borasida bir qator tadbirlarning amalga oshirilgani,markaziy boshqaruv tizimida xonlikda mavjud bo`lmagan mansablarning joriy etilishi bilan tavsiflanadi. Bu davrda xonlikda bir qator islohatlarning amalga oshirlishi natijasida o`z davrining murakkab boshqaruv tizimi yuzaga keldi. Uchinchi bosqich esa 1842-1876 yillarni o`z ichiga olgan. Bu davrda mamlakatning hukmdor emas, ularning vasiylari tomonidan boshqarilganligi, ularning hokimiyatni uzoq vaqt qo`lda ushlab turish maqsadida boshqaruvning avtoritar uslubidan foydalangan. Markaziy boshqaruv tizimidagi ko`pgina mansab va amallarni vakolati qisqarganligi yoki yo`qotilgani,natijada bu davrda markaziy boshqaruv tizimining soddalashgani,shuningdek, ayrim mansablarning vazifasi boshqa mansabdorning zimmasiga yuklatilishi oqibatida o`z-o`zidan bu mansabning nomi ham tugatilganligini ko`rish mumkin.

Xonlikning mahalliy tizimida markaziy boshqaruv tizimidagi kabi turli


diniy mansab amallar mavjud bo`lgan. Qo`qon xonlari tomonidan berilgan yorliqlardan ko`rinadiki, viloyatlarda ham markaziy boshqaruvdagi kabi qozikalon, xojikalon, sadr kabi bir qator mansabdorlar faoliyat yiritishgan. Bu vazifalarga ularni oliy hukmdorning o`zi tayinlagan. 1825 yilda Muhammad Alixon tomonidan O`ratepa viloyatiga Muhammad Solixojaning xojikalonlik mansabiga tayinlangani53, Sulton Sayyidxon tomonidan esa 1864 yil Toshkent viloyati qozikalonlik mansabiga Hakimxo`ja eshon tayinlangani54 haqidagi xujjatlar keltirib o`tgan fikrlarimizni tasdiqlaydi. Bu mahalliy boshqaruvdagi yuqori mansablarga turli amaldorlar faqat xon tomonidan tayinlanganligining yaqqol misolidir. Mahalliy boshqaruv tizimida ―Sadr lavozimi bo`lib, odatda, ―vaqf mulklarining daromadlariga hisob- kitobiga javobgar kishi‖ hisoblangan55. Sadrlar faoliyati bu bilan chegaralanib qolmagan.Ular vaqf mulklarini boshqarishdan tashqari barcha sayyidlar, ulamolar, mudarrislar, qozilar, shayxulislomlar, muazzinlar va qorilarni o`z rahnamoligiga olgan. Bu mansab egasiga oliy hukmdor ham, viloyat hokimlari ham alohida ehtirom ko`rsatganlar. Viloyat markazlarida ma`naviy hayotni bir maromda ketishini ta`minlash va hokimlarning o`zboshimchaligining oldini olish uchun ― Sadr lavozimi joriy etilgan deyish mumkin.
Qo`qon xonligi mahalliy boshqaruv tizimida va boshqa xonliklardgi kabi qozilar muhim rol o`ynagan. Qozilarning zimmasiga fuqarolarning arz va shikoyatlarini, talablari asosida shariat qonunlariga asoslangan holda sudlov ishlarini tashkil etish yuklatilgan. Qo`qon xonlida viloyat va shahar qozilari, Buxoro va Xiva xonliklaridan farqli ravishda ― xon yorlig`iga binoan shahar hokimlari tomonidan tayinlanar edi56. Ko`p hollarda qozilarni tayin etishda ularning qozilar avlodidan ekanligiga ham e`tabor berilgan.Qozilar, odatda, xazinadan maosh olmaganlar. Ular asosan, turli qozilik hukmlari xususan, nikoh o`qishi, har xil xujjatlarni rasmiylashtirilishi va boshqalardan kelib tushadigan daromadlar hisobiga yashaganlar. Ularning maosh bilan ta`minlanmaganligi ba`zi hollarda qozilar orasida salbiy holatlar, jumladan, poraxo`rlikning kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Mahalliy boshqaruv tizimida faoliyat yuritgan qozilar bu boshqaruv tizimining tepasida turgan hokimlar, beklar oldida javobgar edi. Qozilarning hukmlarida norozi fuqarolar oliy hukmdor xonga va hokimga murojaat qilish huquqiga ega bo`lganlar. Xonliklarda davlatni boshqarishda shariat qonun qoidalari asosida
boshqarilgan. Bu yerda ― Muftiy ning o`rni ahamiyatli bo`lgan. Ular shariat asoslari va musulmon huquqshunosligi bo`yicha mukammal bilmga ega bo`lishi va turli munozarali masalalar bo`yicha Qur`oni karim vaxadislar asosida ―fatvo‖lar chiqargan o`z muhrini bosgan. Qozilar o`z hukmini chiqarishda ularni inobatga olgan57. xonlik muftiylari viloyat hokimlari tomonidan ilmiy munozaralarda o`zining diniy va dunyoviy bilimlarini ko`rsatishga muvaffaq bo`lgan mudarrislar va shariat asoslarini bilgan o`qimishli kishilar ichida tayinlangan58.

Keltirib o`tilgan ma`lumotlarga ko`ra viloyat hokimlariga o`z hududlarini boshqarishda juda katta huquq va imtiyozlar berilganligi, ular mahalliy boshqaruvdagi nafaqat dunyoviy, balki diniy mansabdorlarni tayinlash huquqiga ham ega bo`lganliklarini ko`rsatadi. Shu bilan birga viloyat hokimlari mahalliy boshqaruv tizimiga ma`sul shaxs sifatida uni tashkil etishi, ba`zi kichik markazlarga amaldorlarni tayinlashi mumkin edi. Viloyatlar tarkibida ma`muriy birliklarni boshqaruvida asosan xonlikning Toshkent viloyati va qisman Namangan hamda Andijon viloyati tarkibidagi qirg`izlar va qozoqlar yashaydigan hududlarda tashkil etilganligini aytib o`tish kerak. Mazkur ma`muriy birliklarni boshqaruv qarorgohi harbiy qo`rg`on qal`alarda joylashgan bo`lib, ularni oliy hukmdor tomonidan tayinlangan ―dodxoh unvonidagi mansabdorlar boshqargan. Dodxohlar qirg`izlar yashaydigan hududlarda qirg`iz manaplari, qozoqlar yashaydigan hududlarda esa qozoq biylari ishtirok etgan boshqaruv tizimini tashkil etishgan. Chuy vodiysidagi qirg`iz manaplari turli bahsli masalalarda Pishpakda har yili yig`in o`tkazib turishgan59. Bunday yig`in Qurtqada ham bo`lib, unda qirg`izlar uchun turli qaror va qonunlar tasdiqlangan yoki bekor qilingan60.



Xonlikning o`troq aholi yashaydigan hududlarida mahalliy boshqaruvning eng quyi tizimi aminlik va oqsoqolliklardan iborat bo`lgan. Bunday ma`muriy birliklar aminlar va oqsoqollar tomonidan boshqarilgan. Ayrim qishloqlarni miroblar yoki imom xatiblar ham boshqargan61. Qo`qon xonligida aminlik va oqsoqollik ma`muriy hududiga ko`ra katta qishloq yoki bir necha kichik qishloqlardan tashkil topgan62. Amin va oqsoqollar hukumat tomonidan emas, fuqarolar tomonidan saylangan. Bu Qo`qon mahalliy boshqaruv tizimining yana bir o`ziga xos xususiyati edi. Amin va oqsoqollar o`zlari boshqarayotgan hudud fuqarolarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari bilan bir qatorda maishiy turmushga oid masala va muammolarni hal etish bilan shug`ullangan.
Xonlikdagi markaziy boshqaruvda bo`lgani kabi mahalliy boshqaruv tizimida ham muhim amaldorlardan biri ― muhtasib bo`lgan. O`rta Osiyo xonliklardagi kabi, Qo`qon xonligida muhtasibni-rais,ba`zi hollarda qozi rais deb ataganlar63. Mazkur lavozimga xulq-atvori yaxshi, diniy bilim va shariatning chuqur bilimdoni, hamda aholi o`rtasida katta hurmat va e`tiborga ega bo`lgan kishilar tayinlangan. Ayrim hollarda bu vazifaga qozilar ham tayinlangan bo`lib, ular qozilikni raislik vazifasi bilan birga olib borgan64. Shuning uchun ularni ba`zi hollarda qozi rais ham deb ataganlar. Qozi rais mansabi egasining faoliyati aholining turish turmushi, ijtimoiy –iqtisodiy hayotning ayrim jihatlarini nazorat qilish bilan bog`liq edi. ― Tarixi
Jahonnamoyi asarida XIX asrning 60-yillarida Qo`qon xonligi davlat boshqaruvida muhim o`rin tutgan shaxs, Sulton Sayyidxon (1863-1865) ning bosh vaziri, mingboshi mansabida bo`lgan Aliquli Amirlashkar yoshlik chog`ida dastlabki bilimini Andijon muhtasibidan olganligi haqida xabar beriladi65. Raislar o`zlariga yuklatilgan vazifalarni nazorat qilish bilan birga, tartib qoidalarni buzgan yoki jinoyat sodir etganlar jazolash bilan shug`ullanishgan. Bu kabi jarayonlarda talabalar ham ishtirok etishgan. Jazolash tartibi ikki usulda amalga oshirilgan. Jazoning birinchisi aybdorni 3 tadan 39 tagacha qamchi urush bo`lsa, ikkinchisi sazoyi qilish bilan amalga oshirilgan Qo`qon xonligida mahalliy boshqaruv tizimida O`rta Osiyo xonliklaridagi kabi bo`lib, Qo`qonda bu tizimning o`ziga xos xususiyatlari ham mavjud bo`lgan. Mahalliy boshqaruv tizimida ham markaziy boshqaruv tizimidagi kabi XIX asrning 50-70 yillarida murakkab boshqaruv tizimi
soddalashib, turli mansab egalarining vakolatlari bitta amaldorga o`tgan. Shuningdek, Qo`qon xonligining mahalliy boshqaruv tizimi asosan mamlakat xazinasiga mablag` to`plash, ya`ni soliq tizimi bilan band bo`lganligini ko`rish mumkin. Mahalliy hukmdorlar hisoblangan hokimlar ko`p hollarda o`zi boshqarayotgan hududning iqtisodiyotini rivojlantirishga, aholining farovon hayot kechirish borasida biror tadbirni amalga oshirishni o`ylab ham ko`rmaganlar. Izchillik bilan davom etgan xonlik boshqaruv tizimidagi bunday holat natijasida aholining noroziligi kuchaytirgan. Oqibatda Rossiya imperiyasining Qo`qon xonligining shimoliy hududlari bo`lgan janubiy qozoq yerlarini jadal bosib olishiga imkon tug`ilgan.

Davlatning markaziy boshqaruv tizimida eng oliy diniy mansab “Shayxulislom” bo`lib, bu mansab Sh.Vohidov, Umarxon tomonidan 1818 yilda ta`sis etilganligini ko`rsatadi66. Buxoro va Xiva xonligida ham shayxulislom eng oliy diniy huquqiy mansab bo`lgan. ― Xojikalon unvoni diniy mansabdorlar markaziy boshqaruvda shayxulislomdan keyin turgan. Sh.Vohidov bu unvondagi shaxsga fiqx olmi deb ta`rif beradi. Xonlikda bu mansabga ikki kishi tayinlangan. Bu ikki fiqx olimi davlat ishlari, hukmdor farmon va qarorlari shariyat qonunlari asosida bo`lishi yoki shariatga mos kelishiga ma`sul shaxslar bo`lgan. Xonlikdan farqli ravishda, xojikalon mansabi Buxoro so`nggi davrida mavjud bo`lmagan. A.A.Semenov Buxoro xonligida bu mansab, faqat XVII asrga oid ―Tarixi Muqimxoniy asarida tilga olinishini qayd etadi67. Qozikalon markaziy boshqaruv tizimidagi adliya huquq tartibot ishlariga ma`sul lavozimi bo`lib,bu mansabda bir kishi faoliyat yuritgan. Buxoro va Xiva xonligida ham Qo`qon xonligidagi kabi qozikalon mansabidagi amaldor bir xil vazifalarga ma`sul bo`lsalar-da, ayrim farqlar ham kuzatiladi. Masalan, Xiva xonligi markaziy boshqaruvida bu lavozimda ikki mansabdor faoliyat yuritgan. Qo`qonda harbiy ishlar qozi vazifasida qozi askar mansabidagi kishi faoliyat yuritib, bu amaldorning mavqeyi va xizmat doyirasi Buxoro va Xiva xonligidagiga o`xshash bo`lgan.


Xonlikning mahalliy boshqaruv tizimi tepasida turgan viloyat boshliqlari ―hokim‖ deb atalgan. Bu mansabga markaziy davlat boshqaruvidagi mansabdorlardan ham tayinlangan. Markaziy hokimiyatda biror bir mansabni egallagan amaldorni rahbar etib yuborish tajribasi boshqa O`rta Osiyo xonliklarida ham qo`llanilgan. Jumladan, Buxoro amirligida, Muhammad Baljuvoniyning “Tarixi nafeiy” asarida, agarda biror shahar yoki viloyatga hokim tayinlamoqchi bo`lsalar, avvalo, to`qsobalardan tayyinlaganlar.126 Xonlik mahalliy boshqaruv tizimida markaziy davlat boshqaruv tizimi kabi turli diniy mansab va amallar mavjud bo`lgan.
Mahalliy boshqaruv tizimida ―sadr lavozimi bo`lib,ular odatda, ―vaqf mulklarining daromadlariga va hisob-kitobiga javobgar kishi hisoblangan.127‖ A.Semenov ko`rsatishicha, Buxoroda ham sadrning vazifasi deyarli shunday bo`lib, u vaqf mulklaridan olinadigan soliqlarni nazorat qilgan68. Qo`qon mahalliy boshqaruv tizimida ham O`rta Osiyo xonliklari kabi qozilar muhim o`rin tutgan. Ularning vakolatiga fuqarolarning arz va shikoyatlari, talablari asosida shariyat qonunlariga asoslangan holda sudlov ishlarini amalga oshirish yuklatilgan. Qo`qon xonligida viloyat va shahar qozilari, Buxoro va Xiva xonliklaridan farqli ravishda ―xon yorlig`iga binoan shahar hokimlari tomonidan tayinlanar edi69. Davlat shariat qonun-qoidalari asosida boshqarishda xonlikda muftiylar o`rni o`zgacha bo`lgan. Bu unvonga tayinlash borasida xonlikda bu holat qozilarni tayinlash kabi Qo`qon mahalliy boshqaruv tizimining o`ziga xos xususiyatlaridan edi. Buxuro amirligida A.A.Semenovning ko`rsatishicha, XVIII-XIX asrda amirlik viloyatlariga muftiylarni poytaxt shahar Buxoro qozikaloni tayinlagan. Shunday qilib, Qo`qon xonligi boshqaruv tizimida boshqa xonliklar singari mansab va lavozimlar bo`lganligi tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan. Biroq xonlikning o`ziga xos ma`muriy boshqaruv tizimi ham bo`lganki bunda boshqa xonliklarnikidan farqli o`laroq mansab va lavozimlar joriy etilib ularning
vakolatiga o`xshash vakolat boshqa xonliklarda yo`q edi. Bu Qo`qon xonligini turli millat va elat vakillari , ijtimoiy qatlamlarni turli xilligi bilan ham izohlanadi.

Butun o‘rta asrlar musulmon davlatlarida bo‘lgani kabi Qo‘qon xonligidagi musulmon ruhoniylari  ham alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan ijtimoiy tabaqa hisoblangan.  Xonlikdagi davlat boshqaruvida, ta’lim – tarbiyada, sud ishlarida hamda jamiyat hayotining turli sohalarida ularning fikri katta ahamiyat kasb etgan. Qo‘qon xonligida qo‘yidagi diniy va qozixona mansab, unvon hamda amallari mavjud bo‘lgan:



  • Shayx ul-islom – dindorlarning eng oliy unvoni bo‘lib, 1818 yilda Umarxon tomonidan joriy etilgan.

  • Xoja kalon – fikh olimi (huquqshunos) ning faxriy unvoni.

  • Xalifa – o‘rinbosar. Qo‘qondagi naqshbandiya, qalandariya, yassaviya taraqqiyotlarining rahbarlari.

  • A’lam – faqih, olim hamda shariat qonun – qoidalarning bilimdoni.

  • Oxund – bilimli va madrasada o‘qiydigan kishi.

  • Sudur – vaqf mulklarining daromadlari hamda hisob – kitobiga javobgar mansabdor.

  • O‘roq – vaqf yerlarining xiroj va soliqlariga mas’ul shaxs, O‘roq shaklidagi nishonni sallasiga taqib yurgan.

  • Mudarris – madrasada ta’lim beruvchi ustoz.

  • Imom va imom xatib – masjid imomi hamda juma nomozlarida xutba o‘qib xizmat qiladigan imom.

  • Muazzin – musulmonlarni namozga chaqiruvchi, azon aytuvchi.

  • Qozi ul – qo‘zzot – qozilar qozisi (adliya vaziri).

  • Qozi kalon – xonlik poytaxti hamda viloyatlar markazlaridagi qozilar va qozixonalar ustida nazorat qiluvchi amaldor.

  • Qozii askar – qo‘shin qozisi.

  • Tarakachi – meros qolgan mol-mulklarni merosxo‘rlarga taqsimlab (taraka) beruvchi shaxs.

Xonlikdagi diniy va qozilik lavozimida bo‘lganlar davlat tomonidan belgilangan maosh hamda turli ehsonlar hisobidan kun ko‘rganlar. Madrasa, masjid, mozorlar o‘zlarining vaqf mulklariga ega bo‘lib, shu mulk daromadidan o‘z xizmatchilariga maosh berganlar. Vaqf mulklariga muttavali mutasaddi – boshliq edi.

Manbalarga ko‘ra, shariat qonun-qoidalari asosida joriy etilgan asosiy soliqlar. – xiroj, ushr va zakot hisoblangan. Dehqonchilikda donli ekinlar ekiladigan yerlardan olinadigan soliq – xiroj deb atalgan. Bu soliq hosilning beshdan bir qismini tashkil etib, 5 qop g‘allaning bir qop miqdorida undirilgan. Soliqning bir qismi mahsulot, bir qismi esa pul bilan to‘langan.

Ushr yerlari – “zamini ushr” deb yuritilgan yerlardan hosilning undan bir qismi miqdorida ushr solig‘i ruhoniylar foydasiga undirilgan. Zakot – mahsulotdan olinadigan savdo solig‘i yoki chorva mollari hisobidan olinadigan soliq bo‘lib, daromadning qirqdan bir qismini tashkil etgan. Xonlikning savdogarlik sarmoyalari aniq bo‘lmaganligi sababli, sharoitga qarab daromaddan zakot olingan. Shuningdek, chorva mollaridan ham qirqdan bir ulush hisobida zakot olingan. Arxiv hujjatlarida an’anaviy zakotdan tashqari – bo‘roqi zakoti, elatiya zakoti, sarkarda zakoti kabilar haqida ma’lumotlar bor.

Xonlikda joriy etilgan tanobona, xonsoliq, karvonlardan chegara yoki maxsus belgilangan shaharlarda, Sirdaryo kechuvidan olinadigan boj to‘lovlari, tuz boji, bozorlarda savdogarlardan, xon mablag‘iga qurilgan barcha inshootlardan olinadigan soliq kabilar rasmiy soliqlarga kirgan. Bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilikda ekin ekiladigan yer maydonining hajmiga qarab tanob solig‘i olingan. Soliq yig‘uvchi amaldor tanobchi (har bir tanob yerdan soliq oluvchi), eakot solig‘ini yig‘uvchi amaldorlar zakotchi deb atalgan.

Qo‘qon xoligida soliqlardan ozod qilingan, ya’ni, “mulki xur” yerlar ham mavjud bo‘lib, ularning egalari bo‘lgan sayyid, xo‘jalar, shayxlar va eshonlar xonning maxsus inoyatnomalari asosida barcha soliqlardan ozod qilinganlar. Shuningdek, xonzoda va to‘ralar, ba’zi qozi, rais, amin, darvesh va so‘filar ham tanob solig‘idan ozod qilingan.

Qo‘qon xoligida soliqlardan ozod qilingan, ya’ni, “mulki xur” yerlar ham mavjud bo‘lib, ularning egalari bo‘lgan sayyid, xo‘jalar, shayxlar va eshonlar xonning maxsus inoyatnomalari asosida barcha soliqlardan ozod qilinganlar. Shuningdek, xonzoda va to‘ralar, ba’zi qozi, rais, amin, darvesh va so‘filar ham tanob solig‘idan ozod qilingan.



Xulosa
Xulosa shuki XVI-XIX-asrlarda vatanimiz hududidagi xalqlar hududiy tarqoqlik, xo`jalik va iqtisodiy tushkunlik holatida bo`lsalarda fan madaniyat taraqqiyotida bir qator ijobiy yutuqlar va salmoqli muvoffoqiyatlarga erishdilar.

Bu bilan ular jaxon madaniyati va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib ulushlarini qo`shdilar. Ammo XVII-XIX asrlarda O`rta Osiyo va undagi davlatlar jaxon sivilizatsiyasi jarayonidan tobora chetda qolaverdi, ilg`or davlatlardan orqada qoldi. Yurtboshimi Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, tarixchi mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojat qildi: “Nega jaxonda Axmad Farg`oniy Muxammad Xofiziy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Imon Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib to shu chog`gacha erishgan yuksalish jarayonlaridan tushib ketdi? Nega so`ngi uch asr mobaynida boshimiz qaloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay chor Rossiyaning o`lkamizni nisbatan oson zabt etishida mana shu qaloqlikning ham o`rni bo`lmaganmikin.” 70

Darxaqiqat XVII-XIX- asrlar jaxon tarixiga moddiy va madaniy yuksalish davri bo`lib qaralganligi ma`lum. Xususan Yevropadagi bir qator mamlakatlarda ishlab chiqarish sezilarli darajada o`sdi, zavod fabrikalar qurilib, yangi texnik uskunalar bilan jixozlandi, temir yo`llar qurildi dengiz yo`llari ochildi, mehnat unumdorligi oshdi, odamlarning moddiy va madaniy turmush darajasi ko`tarildi. O`rta Osiyo xonliklari ana shunday ijobiy jarayonlarda chetta qoldi. Qaloqlikka yuz tutti

Bu qaloqliklarning ildizi, sabablari bor edi.

Birinchidan asrlar davomida bir butun bo`lib kelgan mamlakatning, yagona iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan xalqning uchga bo`linib ketishi xonliklar o`rtasidagi to`xtovsiz urushlar har bir xonlik ichida boshbosh boylik va hokimiyat uchun o`zaro tinimsiz davom etgan ikki nizo va urushlar butun mamlakatni vayron qiladi. Bu jaxon guruhbozlikni keltirib chiqaradi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir xalq bo`lib qovushishiga jipslashishiga xalaqt beradi. Davlat darajasida ham viloyatlar darajasida ham xalq, yagona vatan tushunchasining qadri anglab olinadi.

Ikkinchidan O`rta Osiyo davlatlarining asrlar davomida o`zgarmay kelayotgan davlat boshqaruv usuli, tuzumi tor doiradagi hukmdorlarning taraqqiyotiga g`ov bo`lib keladi.

Uchinchidan o`zbek xonliklari o`rtasida ichki iqtisodiy va savdo borligi shakllanadi. Natijada bu davlatlar hududlarida yashagan xalqlar o`rtasida yagona xalq, yagona millat, yagona vatan xis tuyg`usi shakllanadi. Aksincha, bunday oliyjanob xistuyg`ularning rivojlanishi va kamol topishiga to`sqinlik qilindi. Bu XVII-XX asrlarda O`rta Osiyoda iqtisodiy va siyosiy xayot turg`unligining eng asosiy sabablaridan biri edi.

To`rtinchidan, qishloq xo`jaligida yerga xususiy mulkchilik qilishdan iborat, ishlab chiqarish munosabatlari saqlanib qolganligidir. Yer barcha boyliklarning manbayidir. Unga bo`lgan mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi

kuchlarni rivojlantiruvchi asosiy omil bo`lib hioblanadi. Yevropa va dunyodagi boshqa mamlakatlarda mavjud yerga egalik qilishning xususiy mulk shakli qishloq xo`jaligi taraqqiyoti va dastlabki kapital jamg`arish jarayonlarining qudratli vositasi bo`ldi 71

Osiyoda xususan O`rta Osiyo xonliklarida esa mulk shakllari va dehqonchilik shakllari asrlar mobaynida o`zgarmadi. Yerga xususiy mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish munosabatlari o`zgarishsiz qolaverdi. Yerning asosiy egasi ilgarigidek oliy hukmronligicha qoldi. Xonliklarda oliy xukmdor yerning birdan bir egasi bo`lib, yer ishlovchilariga dehqonlarga ijara tarzida xatlab biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yerdan olinadigan xosilning egasi edi xolos. Shu bois, dehqon yerni asrab avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intiladi. Hukmdor yerni foydalanish uchun mahaliy yer egalari va masjidlarga ulashardi.

Beshinchidan, xonliklarda sanoat rivojiga e`tibor kuchaymadi, oltingugurt, rangli metallar, marmar, toshko`mir, neft kabi boyliklarga serob konlar bo`lsada ularno qazib olish, tog`-kon ishlarini rivojlantirish kemasozlikni yo`lga qo`yish masalalari hal qilinadi.

Oltinchidan, tovar pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromad iste`mol va qo`shin harajatlarini zo`rg`a qoplab kapitalga qilinmadi. Pul, oltin, kumush xon va amaldorlarning xazina to`plash manbayi bo`lib qolgan edi.72

Yettinchidan, xonliklarning savdo munosabatlarlarida xamon ayirboshlash usuli davom etardi. O`rta Osiyo jaxon bozoridan ajralib qolgani ustiga bu yerda yagona ichki bozor ham tashkil topmadi.

Sakkizinchidan, XIX-asr ikkinchi yarmida vatan istiqboli uchun qayg`uradigan odamlarni bir g`oya va bir ezgu maqsad yo`lida birlashtira oladigan hamda ortidan ergashtira oladigan yo`lboshchilardan bo`lmadi. Buxoro amirligiga xam, Qo`qon va Xiva xonliklarida xam shunday arbob tarix saxifasiga chiqmadi. Bosqinchilarga ko`ksini qalqon qilib ko`hna turon jangovar shavkatini namoyish qila oladigan va Turkistonni bir umuminsoniy makon uy deb bilgan yurtboshi topilmadi. 73

Xullas, O`rta Osiyodagi yuqorida tavsiflangan omillar, bu yerdagi iqtisodiy va harbiy tang holat o`ziga qo`shni bo`lgan mamlakatlarni o`z mustaqilligiga aylantirish siyosatini avj oldirayotgan chor Rossiyani saltanatiga juda ham qo`l keladi. Mintaqadagi ijtimoiy siyosiy madaniy qaloqlik, parokandalik o`zaro nizo va urushlar pirovar natijada O`rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylantirishiga olib keldi.
I.Ozbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari

1.q. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari

1.Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. ­­– Т.: Ўзбекистон, 2016 й. − 56 б.

2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан қурамиз. –Т.: Ўзбекистон, 2016 й. − 488 б.

3.Мирзиёев Ш.М. “Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови” Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. // Халқ сўзи, 2016 йил 8 декабрь.

4.Мирзиёнв Ш.М. Ижтимоий барқарорликни таъминлаш, муқаддас динимизнинг софлигини асраш – давр талаби” мавзусидаги анжуманда сўзлаган нутқи. // Халқ сўзи, 2017 йил 16 июнь.

5.Каримов. И.A. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. − T.: Ўзбекистон, 1998 й. − 145 б.

6.Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т. 3. − Т.: Ўзбекистон, 1996 й. − 219 б.

7.Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008 й. − 221 б.




  1. Ilmiy adabiyotlar.

    1. O’zbek va rus tillarida

1.Abu Ubaydullox Toshkandiy. Xulosat –ul axvol. – Toshkent, 1996.

2.Avaz Muhammad Attor. Tarixi jaxonnomayi. – Toshkent, 1991

3.Aminov A.M. XVI-VII asrlarda O`rta Osiyonnig Rossiya bilan tarixiy va iqtisodiy aloqalari. – Toshkent, 1965.

4.Bobobekov X.N. Qo`qon tarixi. – Toshkent, 1996. – 239 bet.

5.Vohidov Sh. X. XIX-XX asr boshlarida Qo’qon xonligida tarixnavislikning rivojlanishi. Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. –T.: 1998. – B.307.

6.Muxammad Solixxo`ja Toshkandiy. Tarixi jadidayi Toshqand. – Toshkent, 2011.

7.Mirzo Olim Raxim Toshkandiy. Ansob as-salotin va tavorixal-xavoqin. – Toshkent, 2001

8.Nasirjon T. Qo`qon xonligi va Rossiya imperiyasi tarix chorraxalarida –Toshkent, 2012. – 212 bet.

9.Xodjiyev E O`rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarning rivojlanishida Toshkentning roli. – Toshkent, 1962.

10.Rajabov Q. Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi (XIX asr o`rtalari). – Toshkent, 2006. – 164 bet.

11.Rustamova N. XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot. Bitiruv malakaviy ishlari (bakalavriat uchun). – Jizzax. 2011. – 65 bet.

12.O`zbekiston tarixi .4 tomlik. – Toshkent, 1967.

13.Аминов А. М. Основные линии экономический политики царской России в Средней Азии. – Москва. 1947

14.Акрамов Н.И. Русские исследователи и их вклад в изучение истории. – Москва. 1975.

15.Бобобеков Х.Н. История завоевание Средней Азии Царской Россией в секретных документах. – Т., 2007. 70 стр.

16.Вельяминов-Зернов. Сведение о Кокандском ханстве. -СПб,1856.

17.Гаффаров Ф. Экономические и политеческие связи России с Кокандским ханством в первой половине 60-70-х годах XIX вв: Автореф. дисс… канд. ист. наук. – Т., 1970. – 49 с.

18.Гейнс А.К. Управление Тошкентом при Кокандском владичестве. – СПб,

19.Гуломов Х. Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в XVIII – первой половине XIX века. – Т., 2005. 311 стр.

20.Ишқуватов В.Т. XX асрнинг II ярми тарихшунослигида Қўқон – Россия дипломатик иуносабатлари. Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. –Т.: 2003. -152 бет.

21.Ходжиев E. Значение Коканского ханства для русского торговли. – Moskva. 1977.

22.Семенов A.A. Изучение исторических сведений о Российской внешной торговле и промышленности с половины 17 столетия по 1858. -СПб, 1859.

23.Филипп Назаров. Записки о некоторых народах и землях Средней части Азии. – Москва. 1968. 73 ст.

24.Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии. – М., Наука. 1974. 404 стр.



25.Наливкин В. Краткая ис тория Кокандского ханства
26.Остроумов Н.П. Перевод ярлыка Кокандского хана// ПТКЛА Год 21-
й.Т. 1917 й.
27.П.П. Иванов Очерки по истории Средней Азии (XVI-середина XIX в в
.). – М. 1958.
28.Пантусов Н. Податние сбори в Коканде // Туркестанский сборник
1876.- № 13.
29.Плоских В. М. Киргизи и Кокандское ханство.- Фрунзе. Илим. 1977.
Бейсемьбиев Т.К. Духовенство в политическая жизни в Кокандском
ханстве в XVIII-XIX в.в// М 1982.
30.Потанин Н.И. Запиский о Коканском ханстве хорунжего Потанина//
Военниый журнал.1831.-№ 3-4.- С.1-35. 1830;
31.Саттархан Абдул- Гафаров Краткий очерк внутренного состояния
Кокандского ханства перед завоеванием его русскими // Туркестанские
ведомости. 1892
32.Терентьев М.А. Статистические очерки.- СПб. 1874
33.Уринбаев А. Неизвестная рукопись по истории Кокандского ханства.
Изв. АНРУзССР. Серия общественных наук. 1957.- № 3
34.Уринбоев А. Неизвестная рукопсь по истории Кокандского ханства//
Известия АН УзССР. 1957.№ 3
35.Хасанов А.Х. Народние движения в Киргизии в Период Кокандского
ханства.- М. Наука. 1969
36.Хорошхин А.П. Очерки Кокандского ханства // Туркестанский сборник
Т. 116-СПб. 1876

    1. Xorijiy tildagi adabiyotlar

  1. Holdwort M. Turkiston in nineteenth century. Brief Histori of the khanates of Bukhara, Kokand and Khiva. –Oxford, 1959.

  2. Beatrice Mans. Central Asia in historical perspective. – Oxford, 1999.

  3. Bregel Y. Khoqand Khanate. – Oxford. 1995.

  4. Scott C. Levi. The Fergena Valey at the Crossroads of World History. Rise of Khoqand. – Oxford, 2007.

  5. Newby L.J. The Empire and khanate: A political history of Qing relations with Khoqand. – Lieden, 2005



1 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O‘zbekiston, 1997. –B. 140





2 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. –T: Sharq. 1998. – B. 12.





3 Назаров Ф. Записки о некоторых народах и землях средней части Азии/ Текст подготовил
В.А.Ромодин.- М:Наука. 1968. Потанин Н.И. Запиский о Коканском ханстве хорунжего Потанина//
Военниый журнал.1831.-№ 3-4.- С.1-35. 1830;Вельяминов-Зернов В.В. Сведения о Кокандском//
ЗИРГО. 1856. Уша муаллиф. Исторические известия о Кокандском ханстве от Мухаммед- Али до
Худаярхани.- СПВ.1856 Макшеев А.И. Показания сибирских казаков Милюшина и
Батарыищкина,бывших в плену у кокандцев с 1849 по 1852 гг.//Вестник РГО.1856.v.-С.29. каранг
Махмудов. Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий- бошкарув тизими (1709-1876 йй.). тарих фан. ном.
дисс.- Т. 2007.- 23-24 б





4


 Бартольд В.В. История культурной жизний Туркистана/ Соч. ТII. Ч 2- М: 1963- С. 286-292,
Остроумов Н.П. Перевод ярлыка Кокандского хана// ПТКЛА Год 21- й.Т. 1917 й.- С 24-26
Терентьев М.А. Статистические очерки.- СПб. 1874- С 113; П.П. Иваров Очерки по истории
Средней Азии (XVI-середина XIX в в .). – М. 1958.- С. 19-20 каранг Ш.Вохидов. «Кукон
хонлигида тарихнавислик.» «Академ нашр» . 2010 й




5


 Хасанов А. Народные движения в Киргизии в период Кокандского ханства… - С 29, Урунбаев А.
Неизвестная рукопись по истории Кокандского ханства. Изв. АНРУзССР. Серия общественных
наук. 1957.- № 3 каранг З.А. Илхомов. Кукон хонлиги тарихшунослиги айрим масалалари. Т.
2007.





6

 Bobobekov H.N.Rossiya tomonidan bosib olinganmi?// Fan va Turmush, 1989,-8-son, O‘rta Osiyoga qo‘shib olinganmi? //Fan va Turmush,-1989,-10-son , Уринбоев А. Неизвестная рукопсь
по истории Кокандского ханства// Известия АН УзССР. 1957.№ 3- С.33-38. Ziyoyev H Turkistonda
Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T.: Sharq, 1998 қаранг Махмудов. Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий- бошкарув тизими (1709-1876 йй.). Тарих фан. Ном. Дисс.- Т. 2007.- 110 б.





7

 Ziyoyev H Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T.: Sharq,1998, Vohidov
Sh. Qo‘qon xonligida unvon va mansablar// Sharq yulduzi. 1995.-N-3-4, Ilhomov. Z.A. Aliquli
Amirlashkar//O‘zbekiston tarixi. 1999yil, 3-son, Ishquvvatov. V.T. Qo‘qon-Rossiya o‘rtasidagi diplomatic munosobatlar tarixi arxiv xujjatlarida.//Pedagogik ta`lim, 2000,3-son, Mahmudov Sh.Yu. ―Qo‘qon xonligining ma`muriy boshqaruv tizimi‖ (1709-1876) Diss.t.f.n -T: 2007





8

 Barghorn L.Soviet Russian Nationalism.-New York,1956; Wheeter.The modern history of Central
Asia.-London,1964; E.AAllworth. Uzbek Literary politics-New York 1964; E.Bacon. Central Asiens
under Russians Rule.-New York,1966; R.Conguest.Soviet Nationalitiea in Practice.-London,1967;
L.Tillet. The Great Friendship.Historians on the Non- Russian Nationalities.-North Carolina,1969.T.
Rakovska-Harmstone.Russian and Nationalism Central Asia.-Baltimore,1970; D.Hooson. The Soviet
Union. People and Regions–California, 1977 va boshqalar. Каранг: Ш.Махмудов. Қўқон
хонлигининг маъмурий-бошкарув тизими (1709-1876 йй.). Тарих фан. Ном. Дисс.- Т. 2007.- 17 б





9

 Qarang: Sh.Vohidov. Qо‘qon tarixnavislik maktabi. - T. 2010. – B. 43.





10

 Abduqodir Zohidiy. “O‘rta asr arab-musulmon madaniyati”. T., “Fan”, 1993. – B. 11.





11

 Abduqodir Zohidiy. “O’rta asr arab-musulmon madaniyati”. - T., “Fan”, 1993. – B. 11.





12

 O‘sha asar. 12 b.





13

 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati. - T. 1994. – B. 18.





14

 O‘sha asar. O‘sha joy.





15

 Abduqodir Zohidiy. “O‘rta asr arab-musulmon madaniyati”. T., “Fan”, 1993. 31 b.





16

 Хожи Исматуллох Абдуллоҳ. Марказий Осиёда ислом маданияти. - Т., “Шарқ”, 2005. – B. 17.





17

 R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., “Sharq”, 2010, - B. 127.





18

 R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., “Sharq”, 2010, 128-bet.





19

 R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., “Sharq”, 2010, 128-bet.





20

 Qarang: Vatan tarixi. 131-bet.





21

 R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., “Sharq”, 2010, - B. 131.





22

 Vatan tarixi. T., “Sharq”, 2010, - B. 135.





23

 R.Shamsuddinov, Sh Karimov, O‘. Ubaydullayev. Vatan tarixi. T., “Sharq”, 2010, - B. 98.





24

 Is’hoqxon To‘ra Ibrat. “Farg‘ona tarixi” T., “Ma’naviyat”, 2005, - B. 28.





25

 Xurshid Davron Samarqand xayoli Y. “Kamalak”, 1991, -B. 288.





26

 Is’hoqxon To‘ra Ibrat. Farg‘ona tarixi. T., “Ma’naviyat”, 2005, - B. 91-92.





27

 G Xolliyev, X. G‘ulomov. O‘zbekiston tarixi. T., “Universitet”. 1997. – B. 24.





28

 Mirzo Olim. Maxdum Hoji. Tarixi Turkiston. T., “Yangi asr avlodi”, 2008. - B. 6.





29

 Mirzo Olim, Maxdum Xoji. Tarixi Turkiston. - T. “Yangi asr avlodi”, 2008. – B. 6.





30

 G. Xolliyev, X.G‘ulomov. O‘zbekiston tarixi. - T., “Universitet”, 1997, - B. 25.





31

 R.Shamsuddinov, Sh Karimov, O‘. Ubaydullayev. Vatan tarixi. T., “Sharq”, 2010. – B. 100.





32

 Бичурин Н Я Собрани сведени по исторической географии Восточной и Срединной Азии Чебоксари. 1960 стр 178





33

 R.Shamsuddinov Sh Karimov O` Ubaydullayev Vatan tarixi T. Sharq 2010 119-bet





34

 Muxtorov.A.Дилшод и его место в истории оьшественной мисли тадомского народа в XIX кагом XX в.в. 301 стр





35

 Sh. Karimov O`zbekiston tarixi va madaniyati T. “O`qituvchi” 1992, 119-bet.





36

 Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T., “Sharq”, 2000, 800-b





37

 Sh. Karimov O`zbekiston tarixi va madaniyati T. “O`qituvchi” 1992, 119-b





38

 Ўша жойда.





39

 Sh. Karimov. O`. Ubaydullayev. Vatan tarixi. T. Sharq 2010 132-b





40

 R.Shamsiddinov, Sh Karimov O` Ubaydullayev Vatan tarixi T. Sharq 2010. 132-b





41

 R/Shamsutdinov, Sh/ Karimov, O`.Ubaydullayev. vatan tarixi. T.,”Sharq” 2010, 134-bet.





42

 G.Xolliyev. X. G`ulomov. O`zbekiston tarixi. T., Universitet. 1997, 52 bet.





43

 H.Bobobekov. Qo`qon xonligining qisqacha tarixi. “Turon tarixi jurnali to`plam”, N-2. T., “Fan”, 2008, 20bet





44

 H/Bobobekov. Qo`qon xonligining qisqacha tarixi. “Turon tarixi” jurnali. To`plam № 2, T., “Fan”.2008, 21-bet.





45

 H. Bobobekov. Qoqon xonligining qisqacha tarixi. “Turon tarixi” jurnali. To`plam. N-2 T., “Fan”, 2008-yil, 22-bet.





46

 G.Xolliyev, X.G`ulomov. O`zbekidton tarixi. T., “Universited”. 1997, 53bet.





47

 Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T., Sharq, 2000, 297-bet.





48

 Vohid.Sh. Qo`qon xonligida unvon va mansablar// Sharq yulduzi .1995.-N-3-4.-B.222.;Vohidov
Sh.,Xoliqova.R. Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan (XIX-XX asr boshlari).-b.19






49
 Toshkand shahrini ulug` hurmatlik qozi kaloni Sayid Muhammad Xakimxo`ja eshon Norxo`ja
eshon o`g`li ahvollari xususida//Turkiston viloyati gazeti.1890.-N-46.





50

 Материали по истории Ура-Тюбе.сборник актов XVII-XIX вв.Составление перевод и
предисловие А.Мухтаров.-М:1963.-с.58 Махмудов. Ш. Куканд хонлигининг ма‘мурий- бошкарув
тизими (1709-1876 йй.). Тарих фан. Ном. Дисс.- Т. 2007б92





51

 Vohid Sh. Qo`qon xonligidagi unvon va mansablar// Sharq Yulduzi,1995.-N3-4.-b.222.





52

 Vohid Sh. Qo`qon xonligidagi unvon va mansablar// Sharq Yulduzi,1995.-N3-4.-b.222





53

 Nabiyev.R. Iz istorii Kokandskogo xanstva…-s.228-231





54

 Toshkand shahrining ulug` hurmatlik qozi kalini Sayyid Muhammad Xakimxo`ja eshon Norxo`ja
eshon o`g`li ahvollari xususida//Turkiston viloyatining gazeti.1890.-N-46,-N-49.






55

 Vohidov Sh.Qo`qon xonligi Buxoro amirligining mansab va unvonlari…-b.19






56

 Kun.A. Nekotoriye svedeniye o Ferganskoy doline…-s.438






57

 Semenov.A.A. Ocherk ustroystva sentralnogo adminstrativnogo upravleniya Buxarskogo xanstva
pozdneyshego vremeni…-s.41.





58

 Sattarxan Abdul -Gafarov. Kratkiy ocherk vnutrennogo sostoyani Kokandskogo xanstva pered
zavoevaniyem ego russkimi //Turkestanskiye vedomosti.1892.-N-26




59


 Xasanov.A.Narodniye dvijeniya v Kirgizii v period Kokanddskogo xanstva…-s.29




60


 O`sha joyda.-s.30




61


 Soodanbekov.S.S. Obshestvenniy i gosudarstvenniy story Kokandskogo xanstva.-Bishkek.2000.-
s.102





62

 Nalivkin.V. Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva…-s.208.





63

 Sattarxa n Abdul -Gafarov. Kratkiy ocherk vnutrennogo sostoyani Kokandskogo xanstva pered
zavoevaniyem ego russkimi//Turkestanskiy vedomosti.1892.-N-26.






64

 O`sha joyda.






65

 Avaz Muhammad Attor Xo`qandiy, Tarixi Jahonnamoyi//Sharq Yulduzi.1991.-N-8-b.127






66

 Vohid.Sh.Qo`qon xonligida unvon va mansablar//Sharq Yulduzi.1995.-N-3-4.-b.220; Vohidov Sh,
Xoliqova R. Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruv tarixidan( XIX-XX asr boshlari).-b.16





67

 Semenov A.A. Buxarskiy traktat o chinax i zvaniyax i ob obyazannostyax nositeley ix v
srednevekovoy Buxare…-s.148




68


 Semenov A.A. Buxarskiy traktat o chinax i zvaniyax i ob obyazannostyax nositeley ix v
srednevekovoy Buxare…-s.144

69

 Kun. A.Nekotoriye svedeniye o Ferganskoy doline…-s.438.

70

 Karimov. I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q T., “Sharq” 1998-yil 9-b

71

 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., “Sharq”, 1998, 147-b

72

 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., “Sharq”, 1998, 147-b

73

 Ўша жойда.

Download 145.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling