I-bob jadidchilik harakati namoyondalarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi fikrlari


Jadidchilarning ta‘lim berishni isloh qilish to’g’risidagi amaliy harakatlari va tarixiy ta`qdirlari to’g’risida


Download 118.5 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1583137
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JADIDCHILIK HARAKATI NAMOYONDALARINING IJTIMOIY TARAQQIYOT HAQIDAGI FIKRLARI

2.2. Jadidchilarning ta‘lim berishni isloh qilish to’g’risidagi amaliy harakatlari va tarixiy ta`qdirlari to’g’risida.
Jadidchilik g’oyalarini chuqur ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq qilganlardan Bexbudiy, Fitrat, Chulpon, A.Kodiriy, A.Avloniy, Munavva qori, F.Xujaev, Sufizoda, Isokjon Ibrat va boshqalar millatimiz kamolotini yuksaltirish, qadr-qimmatini yerga urishga yul quymaslik uchun katta ishlar qilganlar. Ma‘rifatchi jadidlar juda og’ir sharoitlarda g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatimiz ma‘naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor to’yg’usini, kuchaytirish birinchi darajali vazifa, deb bildilar. Ular Xalqimiz bolalari uchun maktablar ochar, o’quv qo’llanma, darsliklar yozar va dars berar edilar. Bu yo’lda xatto o’z shaxsiy mablag’larini ham ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik bizning xozirgi sharoitimiz uchun ham hayotiy zarurdir.
Shunday qilib, jadidchilik harakatidagi ma‘naviyat, birinchidan ozodlik va Mustaqillikka urushlar bilan emas, balki axolining savodini chiqarish, ularning ma‘rifatini ko’tarish orqali erishilishini, ikkinchidan milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikni vujudga keltirish, siyosiy taraqqiyotga olib boruvchi omilligini; uchinchidan jadidchilar ma‘rifatparvarlik g’oyalarini faqat ilgari surish yo’li bilan cheklanib qolmasdan, o’zlarining mablag’lari hisobiga ham maktablar ochdilar, kitoblar chiqardilar. Ular og’ir moddiy qiyinchiliklar, g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma‘naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Mana shu ishlari bilan jadidchilik harakati milliy ma‘naviyatimiz rivojiga buyuk xissa qushdilar.
Prezidentimiz I.Karimov «O’z kelajagimizni o’z qulimiz bilan ko’rmoqdamiz» asarida «Bugungi jamiyatimiz oldida turgan bu ulug’vor va murakkab vazifalarni xal qilish eng avvalo ta‘lim-tarbiya, ma‘rifat masalasiga borib taqaladi. Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilish kerak. Matbuot, televidenie orqali odamlarda ma‘rifatparvarlik g’oyalarini tarbiyalash, maktab-maorif tarmoqlariga xomiylik, saxovotpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish kerak». deb ta‘kidlab, fidoyi, saxiy, millatparvar, insonlarni shakllantirish vazifasini quyadi.
Qadimda ota-bobolarimiz savob talab bo’lganlar. Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyondasi va nazariy asoschilaridan biri Maxmudxuja Bexbudiy (1879-1919) bo’lib, u Samarkand shaxrida ruxoniy oilada tugilgan. Yoshligidan fanlarga qiziqib, arab, fors tillarini urganadi. Xajga boradi, Turkiya, Misr va Rossiyani, Peterburg, Minsk, Qozon kabi shaharlarini ko’radi. Bexbudiy Xalqimiz bolalariga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olishi uchun taraqqiy topgan chet mamlakatlarga o’qitish uchun yuborish lozimligini ta‘kidlaydi. U quyidagi uch qoidani olga suradi.
Zamon talablaridan kelib chiqib ish ko’rish;
Millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish;
Milliy biqlikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy munosabatlarda jaxon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish.
Bexbudiyning bu fikrlari hozirgi davrimizda I.Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash siyosatida hamoxang ko’rinadi. U maorif sohasida ishlaydigan kadrlar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan kadrlanishini aloxida uqtiradi. «Turkiston bolalarini ilmsiz quymangizlar. Hammaga ozodlik yo’lini kursatingizlar»,-deb uqtiradi. Bexbudiy erksevarlik, ma‘rifatparvarlik, millat ozodligi g’oyalarini tarqatgani uchun taklif kilinadi va Qarshi shaxrida uldiriladi.
Jadidchilikning ko’zga kuringan namoyondasidan biri Munavvar Qori Abdurashid ug’li (1878-1931) Toshkentda tug’ilib, u ham Vatan ravnaqi, millat rivoji asosida yoshlarni ma‘rifatga chorlaydi. O’zi Toshkentda yangi maktab ochib, bolalarni o’qitadi. «Adibi avval», «Adibi Soniy», «Yer yo’zi» kabi bir qator darsliklar yozadi. Uning fikricha, ta‘lim-tarbiyani isloh qilmay, Xalqning ongini oshirmay, madaniy saviyasini ko’tarmay turib, jamiyat taraqqiyotida katta o’zgarish qilish amri-maxol. Mana shunday millatimiz rivoji yo’lidagi g’oyalari uchun sobiq shurolar hukumati uni ham qatag’on qilib, 1931 yilda otib tashlaydi.
Milliy uyg’onish g’oyalarini ilgari surganlardan biri Abdulla Avloniy bo’lib, millatimiz ma‘naviy inqirozini tanqid qiladi va fan yutuqlarini egallashga chaqiradi. «Ilm insonlarning madori, hayoti, raxbari, najotidir» degan g’oyasi bilan Xalqni ilm, ma‘naviyat, ma‘rifatga chorlaydi. «Turkiy Guliston yoxud axloq» nomli kitobida ilm-fan, ma‘rifat, ma‘naviyatning inson hayotida tutgan o’rniga katta baxo beradi. Bu esa bugungi o’zligimizni bilayotgan bir sharoitda ham ahamiyat kasb etadi. Avloniy millatimiz bolalarini ma‘rifatga chorlab quyidagilarni yozadi. «Ilm inson uchun goyat oliy va muqaddas fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko’rsatur. Zexnimizni, fikrimizni qilich kabi utkir qilur, savobni gunoxdan, halolni haromdan, tozani murdordan ajratib berur. To’g’ri yulga raxnamolik qilib, dunyo va ohiratda mas‘ul bo’lishimizga sabab bulur. Bizlarni ilm jaxolat qorong’uligidan qutqarur. Madaniyatli, ma‘rifatli dunyosiga chiqarur. Allox Taologa muxabbat va e’tiqodimizni orttirur».
Umuman, jadidlar o’zlarining ma‘rifiy-ma‘naviy, millatparvarlik g’oyalari uchun ularning hayoti Chor xukumati va shurolar davrida nixoyatda fojeiy buldi. «Millatchi», «Panturkist» kabi tamg’alar bosib, katag’on qilindi, otib tashlandi. Jadidchilarga nisbatan bunday vaxshiyona choralar asosida ularning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jaxon miqyosida tanilishini yana bir asr orqaga surgan edi. Jadidizm g’oyalarini o’rganish ham ta‘qib qilingan edi7.
XULOSA
Turkiston xalqining boy ijtimoiy – falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy taraqqiyotida XIX asrning birinchi choragidagi davr o’zining nihoyatda sermazmun va inqilobiy suronliligi, g’oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos yo’nalishi edi. Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi.
Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim» ni inkor etgan holda o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy mutaraqqiy yo’lga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat ko’rish, turkiy tillarga davlat tili makomini berish, milliy pul birligi, milliy kushin tuzish rus taraqqiyparvarlari, ma‘rifatchilarining Turkiston o’lkasida ma‘rifatparvarlik g’oyalarini tarqatish uchun imkoniyatlar yaratish edi. Demak, Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi asta-sekin bo’lsada milliy ozodlik mafkurasiga asoslanib bordi. Bu jarayon o’lkadagi maxalliy xalqning ongiga o’z ta‘sirini o’tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib borishga milliy – ozodlik harakati uchun zamin tayyorlashga muvaffak bo’ldilar. Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma‘rifatchilik g’oyalari tarkala boshladi, yangi ta‘lim-tarbiya shaxobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda Turkistonda ko’plab ma‘rifatchilar yetishib chiqdi.
Turkistonda jadidchilik harakati uch soha orqali faoliyat ko’rsatdi. Bular – maorif (yangicha maktablar ochish, ta‘lim usulini yangilash), san‘at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot.
Asosiy maqsad millatni, bir tomondan, ilm-ma‘rifatli qilish bo’lsa, ikkinchi tomondan uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg’unlashuvi natijasida, uzligini, o’z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga yetkazish edi. Turkiston jadidchilari tomonidan ana shu maqsadni amalga oshirish yo’lida katta ishlar qilindi.
Turkistonda jadidchilik harakatining yuzaga kelishida tarixiy sharoit bilan birga, XIX asrning so’nggi choragida uyg’ongan ma‘rifatchilik, ma‘rifatparvarlik qarashlarining ta‘siri katta bo’ldi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga e’tibor bersak, marifatparvarlik mafkurasi demokratik va milliy-vatanparvarlik harakatlarining g’oyaviy mazmunini tashkil etganligini ko’ramiz. Mamlakatimizda marifatparvarlik g’oyasining kelib chiqishiga asosiy sabab, birinchidan, rus istilochilik siyosatining chuqurlashib borishi natijasida paydo bo’lgan milliy ozodlik harakatlari, ikkinchidan, g’arbdan kirib kelayotgan demokratik harakatlarning istilochilar tomonidan bo’gib qo’yilishi, uchinchidan, millatparvar - fidoiy kishilarning qattiq takib ostiga olinganligi va xatto ularning qatl etila boshlaganligi edi.
Jadidchilik harakati vakillari o’zlarining ma‘rifatparvarlik mafkurasiga bir tomondan o’sha davr uchun dolzarb bo’lgan demokratik g’oyalarni: ilm o’rganish, fan va texnika yutuqlaridan baxramand bo’lish, ilmiy-tabiiy fanlarni rivojlantirish, so’z va fikr erkinligini joriy qilish, demokratik davlat q’urilishiga asoslangan milliy davlatchilikni vujudga keltirish, milliy g’oyalar qatlamini shakllantirish, adabiyot va san‘atning zamonaviy janrlarini rivojlantirish, ikkinchi tomondan mustamlakachilik siyosati ta‘siri ostida o’z milliy qiyofasini yo’qotayotgan turkiy til va milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma‘naviy-axlokiy takomillarni yanada kuchaytirish, milliy o’zligini anglash, milliy ong, milliy tafakkurni va diniy e’tiqodlarni mustaxkamlash kabi g’oyalarni asos qilib oladilar. Albatta bu vazifalarni amalga oshirishda an‘anaviy islom dini, shariat asoslari va xadislar ham o’z ta‘sir kuchini saqlab turgan ta‘limotga suyanadilar.

Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling