I-bob jadidchilik harakati namoyondalarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi fikrlari


Download 118.5 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1583137
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JADIDCHILIK HARAKATI NAMOYONDALARINING IJTIMOIY TARAQQIYOT HAQIDAGI FIKRLARI

Kurs ishining amaliy ahamiyati.Kurs ishining nazariy va amaliy natijalaridan maktab, akademik litsey, kollejlardagi Milliy istiqlol g‘oyasi fanlarida foydalanish mumkin. Mustaqil ish yoki taqdimotlar tayyorlashda mazkur Kurs ishi qo‘shimcha ma’lumot vazifasini o‘taydi.
Kurs ishining tarkibi va hajmi: Kurs ish kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida yozganidek, «Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olim-u ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g ‘urur va iftixor bag‘ishlaydi»1
I-BOB JADIDCHILIK HARAKATI NAMOYONDALARINING IJTIMOIY TARAQQIYOT HAQIDAGI FIKRLARI
1.1 Jadidchilik harakati namoyondalarining ma’rifatparvarlik g’oyalari va ularning o’ziga xos xususiyatari
Turkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik g’oyalarining vujudga kelishida muhim o’rin egalladi. Jadidchilik harakatining yirik namoyondalari Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib bordilar. Jadidchilik harakatining muhim hususiyati uning milliy ozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyaning vujudga kelishi bilan bog’liqligi edi. Turkiston xalqlarining boy ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy va madaniy taraqqiyotida XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning birinchi choragidagi davr o’zining sermazmunliligi, inqilobiy suronliligi, g’oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat shakllarining xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi. Bu davrda Turkiston xalqlari Chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, milliy davlatchiligini qurish, o’z milliy davlatchilik taraqqiyotiga yo’l ochishga qat’iy kirishgandilar. Bu jarayonlarning yetakchi kuchi – milliy savdo va sanoat burjuaziyasi hisoblanib, milliy burjuaziya xalqimizning tub iqtisodiy-siyosiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qiladigan nazariy asos – jadidlar ma’rifatchiligini shakllantirib, uni har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda edi. Turkistonda milliyozodlik harakati, uning ma’rifatchilik mafkurasi – jadidchilik harakatidan iborat bo’ldi. Jadidchilik ma’rifatchiligi va mafkurasi Turkistondagi ma’rifatchilik harakati, Ahmad Donish, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar va boshqalarning demokratik va milliy-vatanparvarlik g’oyalariga tayangan holatda o’z qarashlarini ilgari surib, ma’rifatchilikni milliy uyg’onishga yo’naltirilgan umummilliy mafkura darajasiga ko’tardilar. Jadidlar tomonidan asoslab berilgan g’oyaviy maqsadlar Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Avloniy, Mulla Qilich, Shakuriy, Munzim, Ibrat, Sof’izoda, Tavallo, Ajziy va boshqalarning ta’limotida umummilliy manfaatlarni ifoda etuvchi mafkura darajasiga ko’tarildi. Turkistonda shakllangan jadidchilik harakati va uning g’oyaviy merosida mustaqillik, milliy-vatanparvarlik g’oyalari umumbashariy demokratik qadriyatlar bilan uyg’un holatda ilgari surilgan edi. Jadid ma’rifatchiligining falsafiy-nazariy zaminlari an’anaviy islom, shariat va tasavvufdan tortib, fan taraqqiyoti, davlatchilikdagi ijobiy yutuqlarga, umuminsoniy madaniy qadriyatlarga ham bevosita tayanar edi.
Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919) jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri bo’lib, yangi maktablar qurish, yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma’rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo’shgan fidoyi insondir. Behbudiy tomonidan jadid maktablari uchun “Risolayi asbobi savod”, “Risolayi jug’rofiyai umroniy”, “Kitobat ul-atfol”, “Amaliyoti islom”, “Risolai jug’rofiyai rusiy” va boshqa darsliklar yozilgan. Mahmudxo’ja Behbudiy “Padarkush” dramasini va boshqa ko’plab publisistik maqolalar yozgan. Bu maqolalarida u millat va Vatan taqdiri, mustaqillik g’oyasi, axloq va ta’limtarbiya masalalariga asosiy e’tiborini qaratgan. Behbudiy o’z davrining buyuk donishmandi bo’lib, u ilm-fan va madaniyatning hamma sohalari, ayniqsa, Sharq falsafasi va Yevropa adabiyotidan chuqur bilim va ma’lumotga ega bo’lgan. Behbudiy o’zining nomi bilan atalgan “Behbudiy” deb nomlangan nashriyotni tashkil etib, unda o’zbek tilida darsliklar bosib chiqardi. Samarqandda mahalliy aholi uchun qiroatxona ochishga boshchilik qildi. “Samarqand”, “Oyna” gazetalari Behbudiy rahbarligida chop etila boshlandi.
Behbudiy o’z davrida mahalliy xalqdan birinchi bo’lib xarita tuzdi, o’z uyida kutubxona ochdi, tarixga, islom huquqiga oid asarlar, o’quv kitoblari yozdi. Behbudiy ayollarning ilm olish huquqini himoya qilib, ularni dunyoviy fanlarni o‟rganishga undagan edi. Behbudiy Turkistonni Chor Rossiyasi mustamlakachiligi zulmidan qutqarish g’oyasini o’z asarlarida ilgari surib, xalqni milliy istiqlol uchun kurashga chaqirdi. Behbudiy Turkiston yoshlarini chet el dorilfununlariga yuborib o’qitib, millatning rivoji va istiqboli uchun zarur bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor qaratdi. Mahmudxo’ja Behbudiy asriy milliy urf-odatlarimiz, sharqona an’analarimiz, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga chaqirdi, odamlar o’rtasida muruvvat, saxovat, odamiylik singari xislatlarni kuchaytirish, mustamlakachilik yuzaga keltirgan salbiy illatlardan qutilish to’g’risidagi o’z mulohazalarini bayon qildi. Behbudiy odamlarni til o’rganishga da‟vat etib, til bilishning, ayniqsa xorijiy tillarni o’rganib olishning shaxs ma’naviy kamoloti, millatning madaniy rivoji, ilm-fani taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib berdi. Mahmudxo’ja Behbudiy o’zbek tilining davlat tili bo’lishi masalasini o’zi yashab turgan sharoitda birinchilardan bo’lib ko’targan edi. Behbudiy tomonidan amalga oshirilgan barcha ishlar Vatan ravnaqi, millatning kelajagi, milliy istiqlol, Vatanning ozodligi va obodligi uchun amalga oshirilgan edi. Jadidchilik harakatining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniy (1878-1934) bo’lib, u pedagogik faoliyat va badiiy ijodni qo’shib olib bordi. Abdulla Avloniy “Ikkinchi muallim”, “Birinchi muallim”, “Alifbedan so’nggi o’quv kitobi” kabi darsliklarni yaratib, o’zi ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasiga asosiy e’tiborni qaratdi. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari ta’lim jarayonida bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafkurasining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu asarda bolalarga ilm-fan sirlarini o’rgatish, yaxshi xulq-odob qoidalarini singdirish, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xom ashyo qaramligidan xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish kabi masalalar bayon qilingan. Abdulla Avloniy o’zbek teatri va dramaturgiyasi rivojiga ham munosib hissa qo’shib, “Advokatlik osonmi”, “Biz va Siz”, Portugaliya inqilobi”, “Ikki sevgi” kabi dramatik asarlar ham yozgan. “Uning madaniyatimiz tarixidagi oʻrni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida taʼkidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, taʼlim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga koʻtarilgan maʼrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.”2

Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling