I bob. Kashmir mojarosi: evolyutsiyasi, tipologiyasi va hal qilish usullari


Kashmir muammosi qanday hal qilinishi mumkin?


Download 141.5 Kb.
bet8/9
Sana16.01.2023
Hajmi141.5 Kb.
#1095014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kashmir mojarosi

Kashmir muammosi qanday hal qilinishi mumkin?
Buning uchun avvalombor xozirgi kunda mintaqada mavjud bo'lgan siyosiy taranglikni bartaraf etish kerak. Hindiston, Pokistonni terrorizmga ko'mak berganlikda ayblamoqda. Shu sababli, Hindiston BMT xavfsizlik kengashiga murojaat qilishi mumkin. Lekin, o'zboshimchalik bilan Kashmirga qarata harbiy hujum qilishi to'g'ri emas. Pokiston esa, terrorizmni yo’q qilish uchun har qanday hamkorlikka tayyor ekanligini aytdi. Buning o’zi Pokistonning tinchlik yo'lidagi katta qadamlaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Pokiston davlati Kashmir muammosini hal etish uchun BMT xavfislik kengashi tomonidan 1948 yilda olingan referandum qarorining amalga oshirilishini talab qilmoqda. Hindiston esa Kashmir aholisining ko'pchiligi musulmon bo'lganligi tufayli referandumni o'tkazishga qarshi bo'lib kelmoqda. Shu sababli, Hindiston tomoni Kashmir mintaqasini harbiy kuch bilan nazorat qilib turishni davom ettirmoqchi. Turkiya esa, BMT xavfislik kengashi tomonidan rejalangan referandumning amalga oshirilishini qo'llab quvvatlamoqda.
Uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan to'qnashuvlarning o'zi shuni ko'rsatadiki, xalqning o'z xohshi bo'lmay turib, muammo hal bo'lmaydi. Kashmir xalqi, o'zining erkin irodasini hisobga olmay Hindiston, Pokiston davlatlarining olgan qarorlariga yoki uchinchi tomonlarning olgan qarorlaridan umuman norozi. Shu sababli muammoni hal qilishning eng to'g'ri yo'li Kashmir xalqining erkin irodasini ushbu muammoning hal qilinishida ro'l o'ynashiga imkon yaratishdir.
Buning uchun avvalombor referandum o'tkazilishi kerak. Lekin, Kashmir xalqining Pokistonga yaqin bo'lishi tufayli Hindiston bu referandumga qattiq qarshilik ko'rsatmoqda.
Ikkinchi bir variant esa, Kashmirning mustaqil bir davlat statusida tan olinishi. Lekin, Hindiston va Pokiston bu yechimga qarchi chiqishi aniq.
Turkiya Respublikasi ikki xalq o’rtasida qon to’kilishini to'xtatish, o'zaro zararlar va ko'z-yoshni tindirish tarafdori. Agarda har ikkala davlat talab qiladigan bo'lsa o'rtamchilik qilishi kabi takliflarini doimo takrorlab kelmoqda. Turkiya bu muammoga boshqa davlatlarga o'xshab siyosiy manfaat uchun emas, balki muammoning adolatli hal qilinishini xohlagan holda yondashmoqda. 
Agarda, Hindiston va Pokiston Kashmir muammosini faqatgina ikkala davlatning ichki masalasi sifatida ko’rgan holda, o'zlari hal etishi mumkinligini iddao qiladigan bo'lsa juda adashgan bo'ladi. Chunki har ikkala davlatning qo'llab-quvvatlanishi natijasida Kashmir muammosi allaqochon jahonshumul muammoga aylanib bo'ldi. Misol uchun, Isroilning oxirgi paytlarda Hindistonga qurol-aslaha sotishi, AQShning esa Xitoyga zarba berishi, Hindistonni qo'llab quvvatlashi, shuningdek Xitoyning Pokistonni har tomonlama qo'llab quvvatlashi bunga yaqqol dalil bo'lib hisoblanadi. Bu ketishda har ikkala davlat ustidan olib borilgan global siyosat natijasida Kashmir mintaqasi juda katta zarar ko'rishi aniq. Agarda bunday zararni oldini olish maqsadida har ikkala davlat oqilona siyosat bilan muammoni hal qilishga kirishadigan bo'lsa avvalo mintaqaga tinchlik va barqarorlik keladi. Buning natijasida barqaror bo'lgan har ikki davlatning rivojlanishi tezlashadi, qolaversa o'z xalqlariga siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar sohada samarali foydalar olib keladilar. Kashmir Hindiston va Pokiston o‘rtasida bir necha o‘n yillardan buyon davom etib kelayotgan kelishmovchilik va bahs-munozaraning asosiy sababidir. O‘rtadagi ziddiyat qurolli to‘qnashuvga aylanib ketgan paytlarda, dunyo ahli atom urushi boshlanishidan xavotirga tushadi. Chunki bu ikkala davlat ham atom quroliga ega.
Jammu va Kashmir sobiq knyazligi hududining to‘laligi­cha yoki qisman kimga tegish­liligi Pokiston va qisman Xitoy tomonidan ham bahsga sabab bo‘lib keladi. Pokistonda Jammu va Kashmir shtatining Hindiston nazorati ostidagi qismi bosib olingan hudud sanaladi. Pokiston nazoratidagi Kashmir hududi esa Ozod Kashmir va Gilgit-Boltiston deb yuritiladi. O‘z navbatida, Xitoy ham aholisi kam, ammo strategik muhim hudud — Aksaychin va baland tog‘li hududlarni egallagan. 70 yildan oshibdiki, Hindiston tarkibidan Pokistonning ajralib chiqishi ortidan yuzaga kelgan Kashmir muammosi hal etilmaydi. Qorli tog‘lar bilan o‘ralgan Kashmir jannat­monand o‘lka deb ta’riflanadi. Ammo so‘nggi 20 yil ichida bu hudud uchun yuzaga kelgan nizolarda 40 mingdan ziyod insonning yostig‘i quridi.

Hindiston Islomobodni ayirmachi jangarilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblasa, Pokis­ton Hindiston kuchlari Kashmi­r­-dagi musulmonlarga bosim o‘tkazib, aholi noroziligiga sabab bo‘lgan, deydi.
Hindistonning Kashmir muammosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-hara­katlariga ulkan qadam sifatida qaraladi. Biroq Kashmirdagi Hindiston boshqaruviga qarshi kurashib kelayotgan, bir necha ayirmachi guruhlarni o‘zida birlashtirgan Birlashgan Jihod Kengashi ayni harakatlarni rad etadi. Kashmir tufayli Hindiston va Pokiston ikki marotaba urush­gan. Ammo tomonlar, Shan­xay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lganidan beri o‘rta­dagi nizolarni, xususan, Kashmir mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish istagini namoyon etmoqda. Biroq 2019-yilning 14-fevral kuni “Jayshi Muhammad” terrorchilar tashkiloti a’zolari­ning Hindiston harbiylar avtoko­lonnasiga hujumi natija­sida 45 nafar hind askarining halok bo‘lishi munosabat­larning taranglashuviga olib keldi. Hatto Hindiston va Pokiston bir-birining pozit­siyasiga zarba berish uchun harbiy samo­lyotlarni ishga soldi. Pokiston Bosh vaziri Imron Xon rasmiy murojaat bilan chiqdi. U Islomobod Dehli bilan tinchlik muzoka­ralari o‘tkazilishi tarafdori ekanini, harbiy javob choralari faqatgina agressiya harakatlari boshlangan taqdirda qo‘lla­nilishini ma’lum qildi. Xon hind tomonini Kashmirdagi qo‘po­ruv­chilik yuzasidan hamkor­likda tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi.

Bu voqealarni 1971-yili ikki davlat o‘rtasida boshlangan urushdan keyin qayd etilgan eng xavfli vaziyat, deb baho­lash mumkin. Dunyo jamoat­chiligi Dehli va Islomobodni muzokaralar stoli atrofida o‘tirishga, yuzaga kelgan keskinlikni muloqotlar orqali yumshatishga chaqirmoqda. Jumladan, Xitoy, AQSh, Rossiya, Kanada, Turkiya, BMT bosh kotibi Antonio Guterresh ikki davlat o‘rtasida vositachilik qilishga tayyor ekanini bildirdi. Ammo Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Dehli va Islomobodga uchinchi taraf kerak emasligini, o‘zaro til topishib olish uchun yetarli imkoniyatlar mavjudligini ma’lum qildi.
G‘arblik ekspertlar tomon­larning yadro qurolini ishga solishiga unchalik ishonmasa-da, shunday xavf yuzaga kelishini ham inkor etmayapti. Ularning fikricha, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik aviazarba berish, artilleriya otishmalari hamda maxsus kuchlarning amaliyotidan nariga o‘tmaydi. Eng asosiysi, yadro aslahalarini ishga tushirishga Pokistonning ham, Hindiston tomonining ham xohishi yo‘q.

2017-yili ham Kashmirda taranglik yuzaga kelgan. O‘shanda ayirmachilar federal parlamentning quyi palatasi uchun o‘tkazilgan saylovlarga qarshi boykot e’lon qilgan. Buning ortidan tartibsizliklar boshlangan. Politsiya va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 8 kishi halok bo‘lib, yuzlab kishilar qo‘lga olingan. Saylovlar barbod bo‘lgan: 70 dan ortiq saylov uchastkalari hujumlar tufayli muddatidan avval yopilgan. Ovoz berish jarayonida saylovchilarning atigi 7 foizi ishtirok etgan. Politsiya namoyishchilarni tarqatib yuborishga uringan, unga javoban odamlar tartib posbonlarini toshbo‘ron qilgan. Natijada politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, ayrim holatlarda o‘t ochilgan.

Download 141.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling