I bob. Kognitiv lingvistika fanining shakllanishi
Download 56.59 Kb.
|
1 bob erim
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Muqumiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti Magistranti Xolisov Azizbek Shokirjon o’g’lining Magistr akademik ilmiy darajasini olish uchun tanlagan Ilmiy-tadqiqot mavzusining Dissertatsiyasi Kognitiv (konseptual) va lingvistik metofora terminlarining mohiyati MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………...................................…3 I BOB. Kognitiv lingvistika fanining shakllanishi........................ 1.1. Kognitiv lingvistika tarixi va taraqqiyoti................................. 1.2. Kognitiv lingvistikaning tillar tizimidagi o'rni.................................. 1 3. Kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan ma'no ko'chish ahamiyati. II-BOB. O'zbek va ingliz tillarida metaforik ma'no ko’chimning kognitiv lingvistik tadqiqi 2.1. Tillardagi ma'no ko'chish turlari. 2.2. Metoforik ma'no ko'chishning kognitiv xossalari. 2.4. Hozirgi zamon o'zbek va ingliz tillarida metoforalarning kognitiv tahlili. 2- bob bo'yicha xulosalar. 3-bob Tarjima matnining kognitiv metoforik xususiyatlari.................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Kirish Mavzuning dolzarbligi. Til faqat kishilar oʻrtasida aloqa vositasigina emas balki jamiyat qoʻlga kiritgan boy maʼnaviy merosini saqlab, kelajak avlodga yetkazuvchi hamda kishi ruhiyatiga taʼsir etuvchi qudratli qurol hamdir “Chunki necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol o‘tib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qayg‘urish – bu millatning o‘zligini anglashi, uning ma’naviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir. Davlat tilining obro‘-e’tibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir”1. . Shuning uchun ham til birliklari nominativ kommunikativ va ekspressiv vazifalarni uzida mujassamlashtirgan murakkab vosita hisoblanadi. . Tafakkur va til munosabatlari masalasi insonning shakllana borish jarayonida alohida o'rin tutishi aniq. Shuningdek, nazariy tadqiq nuqtayi nazaridan bu jarayonlar alohida-alohida ko'rilsa-da, aslida yahlit kompozitsiyadir. Til kategoriyalari oziga xos xususiyatlarga ega, biroq tafakkur kategoriyalari bilan bogliq. Bu bogliqlikni sabab-natija, umumiylik-xususiylik, mohiyat-tajalli kabi tushunish uchun ham, bir jarayonning ikki qirrasi sifatida tushunish uchun ham yetarlicha asoslar bor. Tilning aloqa vositasi ekanligi uning deyarli tarifiga aylanib qolgan bolsa-da, tilning boshqa vazifalari ham borki, muhimligi nuqtai nazaridan qaysi bir vazifaning yetakchiligi masalasi hozirgacha muhokamalar uchun mavzu bolib kelmoqda. Ommaviy axborot vositalari, internet tasir doirasining kengayishi nutqning kognitiv, psixolingvistik, pragmatik tomoniga etibor qaratish kechiktirib bolmas vazifa ekanligini, nutqning yaratilishi unda muallif dunyoqarashi, his-tuyg'ulari, ruhiy kechinmalarining aks etishi, nutq (matn)ning retsipient tomonidan qabul qilinishiga ushbu ruhiy holatlarning tasiri muammolariga ilmiy yechim topish zarurligini korsatdi. Mamlakatimizda ham til va jamiyat ortasidagi aloqadorlik masalasiga alohida etibor qaratilyapti. Siyosiy ozgarishlar tilning ijtimoiy hayotda tutgan orni, funksiyaviy xususiyatlariga oz tasirini otkazmasdan qolmaydi. “Inson manfaatlarini taminlash uchun, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak”2. Ushbu ehtiyoj natijasida bir necha fanlar uyg'unligida til tizimini shaxs bilan bogliq ravishda tadqiq qilish asnosida zamonaviy tilshunosligimizda kognitiv lingvistika fani shakllanmoqda. Ushbu fan tadqiqi bugungi kunimiz uchun dolzarbdir. Bugun tilshunoslikda oilaviy bog‘liqlik (o‘xshashlik) tamoyiliga asoslangan konseptual metafora nazariyasining istiqbolli yo‘nalishlari va yetakchi manbalari shuningdek, uning asosida tadqiqotga kognitiv yondashuvning murakkab ilmiy prototipi shakllandi. Tilning ekspressiv-emotsional vazifasini oʻrganish doimiy tadqiqototchilarni tortib kelgan. Leksik birliklarning konnotativ maʻlumotlarini oʻrganishga bagʻishlangan bir qator monografik tadqiqototlar mavjud. Suzlarda maʻlum koʻchishi hodisasi nutqqa ekspressivlik obrazlilik, taʻsirchanlik bogʻlovchi etakchi omillardan biridir. Shu nuqtai nazardan turli tillardagi oʻxsha joylarning lingvistik mohiyatini oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Kognitiv lingvistikada metaforik ma'no ko’chimning koʻp qirraliligi uning omillari tipologik tadqiqoti hamda pragmatik qurilmalarini oʻrganish zaruriyati mavzuning dolzarb belgilaydi. Ishning maqsad va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi oʻzbek va ingliz tillarida metaforik ko’chishning farqlanishining semantik- grammatik xususiyatlarini tadqiq qilish. Ana shu maqsad asosida quyidagi vazifalar belgilab olindi: - oʻzbek va ingliz tillaridagi metafora til birliklarini qiyoslash asosidagi tipologik tahlilini berish: - o'zbek va ingliz tillarida metafora xodisalari ifodasining oʻxshash va farqli tomonlarini chuqur o'rganish va buning kognitiv lingvistik omillarini belgilash; - maʼno koʻchishning pragmatik kognitiv xususiyatlarini oʻrganish va tahlil qilish; Dissertatsiya oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish natijasida quyidagi ilmiy yangiliklar qo'lga kiritildi: - metaforik ma'no ko’chimning kognitiv tipologik belgilari aniqlandi; -maʼno koʻchish usuli orqali hosildor leksemalarning nutqdagi o'rni va mohiyati belgilandi; metaforik ko’chishning asosidagi lug’aviy birliklar tahlil qilinib, ularning semantik sistemalilikka tavsiflar berildi guruhlari va bulardagi maʼno koʻchishining kognitiv pragmatik xususiyatlarining o'zbek va ingliz tillaridagi oʻxshash va farqli jihatlari aniqlandi. Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot o'zbek tilshunosligining leksik semantikasiga oid tahlil materiallari bilan boyitadi. Metaforaning ingliz va o'zbek tillarida ifodalanishining mushtarak va farqli jihatlarini yoritib berdi. Dissertatsiya materiallari va xulosalaridan nazariy leksikologiya, qiyosiy tipologiya, leksik semantikaga oid darslik va qo'llanmalar yozish, kognitiv pragmatika bo'yicha maxsus va seminarlar tashkil etishda foydalanish mumkin. Tadqiqotning koʻrsatma va dalillari izohli hamda boshqa turdagi lug'atlar yaratish uchun samaralidir. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati ozbek tilidagi matnlarning kognitiv metoforik, psixosemantik, psixolingvistik xususiyatlari aniqlanganligi va ilmiy qarashlar bayon etilganligida korinadi. Dissertatsiyada keltirilgan fikr-mulohazalar ozbek tilidagi turli sath birliklarining kognitiv metoforik jihatlarini yoritishda ilmiy manba sifatida xizmat qiladi. Ishning metodi va metodologiyasi. Tadqiqot mavzusini yoritishda tavsiflash, qiyoslash, ziddiyatga qoyish, komponent, psixosemantik, assotsiativ tahlil metodlaridan foydalanildi. Dissertatsiya ishida tilshunosligimizning nazariy asoslari va ilmiy tahlil usullariga tayanildi. Ishning tarkibi va tuzilishi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I BOB. Kognitiv lingvistika fanining shakllanishi. 1.1. Kognitiv lingvistika tarixi va taraqqiyoti. Turli til egalarining fikrlash tarzi bir biridan farqli bolishi shubhasiz. Biroq mantiqiy kategoriyalar inson fikrlash jarayonining universal xususiyatidir. Inson fikrlash jarayonida fikr predmeti va ana shu predmetning xususiyatini ajratadi. Har ikkalasining dialektik birligi insonning bilimlar sistemasini shakllantiradi. Obektiv dunyo yagona, ammo har bir xalq vakili tilda kategoriyalarni shakllantirishda turli yoldan boradi. Keyingi yillarda kop tadqiq qilinayotgan bolishiga qaramay olamning lisoniy manzarasi fenomeni hech bir til uchun toliq tavsiflangan deb bolmaydi. Biroq bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar tobora kengroq qamrov kasb etib bormoqda. Ozbek tilining taniqli tadqiqotchilaridan biri — professor N.Mahmudovning fikriga kora: “Olamning lisoniy manzarasi tegishli til jamoasi ongida tarixan shakllangan va uning tilida barqarorlashgan dunyo haqidagi tasavvurlar, dunyoni anglash va bolaklash usullarining jami bolib, u mazkur til sohiblarining barchasi uchun odatiy, tabiiy va majburiydir. Ayni shu odatiylik, tabiiylik va majburiylik olam lisoniy manzarasining bardavomligini, tarixiy davrlararo til jamoasida(qavm, xalqda) tirikligi va vorisiyligini, avloddan avlodga otib kelaverishini taminlaydi. Muloqot – murakkab ko‘rinishdagi lisoniy (nutqiy) tafakkur faoliyatidir. Bu faoliyat natijasida nutqiy tuzilmalar hosil bo‘ladi va ushbu tuzilmalar strukturasida lisoniy tafakkur faoliyatining «iz»lari saqlanadi. Ammo ushbu «iz»larni topish va ularni qismlarga ajratish oson emas, zero, muloqot birligi – matnning tarkib topishida til tizimining barcha elementlari inson ongida tug’iladigan nutqiy qolipni voqelantiruvchi vositalarga aylanadilar3. Muloqot axborot almashuv jarayonidir. Produtsient(matn hosil qiluvchi) — matn — retsipient(matnni qabul qiluvchi) modeli kommunikatsiyadagi nutq (matn)ning vazifaviy jihatlarini organishdagi minimal tizimdir. Bu tizim doirasida nutqiy faoliyatning ikki turi farqlanadi: muallif (produtsient)ning nutq yaratish (fikrlash) faoliyati va oquvchi (retsipient)ning nutq qabul qilish (idrokiy) faoliyati. Til va inson masalasiga dastlab V. fon Gumboldt, A.Vaysgerber, L.Blumfild, E.Sepir, Boduen de Kurtene, A.A.Potebnya, A.A.SHaxmatov kabi tilshunoslar etibor qaratdi. Dunyo tilshunosligida nutqni antropotsentrik paradigma asosida o'rganish kognitiv, psixosemantika, psixolingvistika, neyrolingvistika, pragmatik tilshunoslikka oid tadqiqotlarda kozga tashlanadi. Xususan, N.Xomskiy, I.R.Galperin, N.I.Jinkin A.A.Leontev, E.S.Kubryakova, V.P.Belyanin, M.Dridze, K.F.Sedov, A.Nurmonov, N.Mahmudov, E.Begmatov, SH.Safarov, S.Mominov, S.Boymirzaeva, I.Azimova, D.Xudoyberganova kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida nutq jarayonidagi subektiv faktorlarga etibor qaratilgan. Ozbek tilshunosligida til birliklari XXI asr boshlaridan kognitiv tahlil etila boshladi.Ammo keng manodagi nutqiy faoliyat lingvistik tadqiqot obekti bolmagan, ozbek tilidagi ogzaki va yozma matnlar kognitiv nuqtai nazardan monografik aspektda tadqiq qilinmagan. Q. Sodiqov va Q.O. Omonovlar kognitiv lingvistika tabiati borasida fikr yuritadilar4. O‘zbek tilida kognitiv lingvistik terminlarni nazariy jihatdan o‘rganish o‘rtaga jiddiy qo‘yilgan emas. S. Ibrohimov, E. Begmatov, L. Xo‘jaeva, I. Ibrohimov, B. O‘rinboev, S. Inomxo‘jaev, R. Qo‘ng‘urov, S. Karimov, T. Qurbonov, A. Rustamov, A. Abdurahmonov, N. Mahmudov, T. Qudratov, Yo. Tojiev, N. Hasanova, H. Tojimatov, O. Yo‘ldosheva, B. X. Rahmatullaeva, Sh. Iskandarovalarning ishlarida kognitiv lingvistikaga oid bir qator nazariy fikrlar aytilgan5. Kognitiv lingvistika fanining tarixi va taraqqiyoti haqidagi fikrlar umumlashtirilib, uning ozbek tilshunosligidagi mavqei belgilangan. Lisoniy faoliyat - kognitiv faoliyat bilan bevosita bog‘liq, uning ajralmas bir qismi. Ammo kognitiv tilshunoslik, kognitologiyaning boshqa sohalaridan farqli holda, inson tomonidan til tizimini va ushbu tizimni harakatga keltiruvchi omillarni o‘zlashtirishi va ulardan foydalanish qoidalarini qay yo‘sinda tartibga solinishi kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Kognitivist - tilshunos lisoniy hodisalarning tafakkur faoliyatidagi o‘rni, bajaradigan vazifalari bilan qiziqadi. Lekin bu qiziqish oddiy emas. U (kognitivist) lisoniy va tafakkur faoliyatlari munosabatlarining yuzaga keltiruvchi sabablarni qidiradi va bu sabablar oqibati bo‘lgan muloqot matnlari - lisoniy tuzilmalarni tarkiban va mazmunan anglashga, tahlil qilishga harakat qiladi. Demak, kognitiv tilshunoslik asosan inson lisoniy faoliyatini sabab va oqibat bog‘liqligida tadqiq etuvchi, «tushuntiruvchi» fan sohasidir (Demyankov1994). Bunday tadqiq ikki yunalishda bajariladi: a) nutqiy faoliyat ijrosi va uning mahsulining paydo bo‘lishi; b) ushbu faoliyat mahsulotlarining idrok etilishi.Kognitiv tilshunoslik tomonidan metaforik ko’chishning inson omili bilan aloqasi tabiatini o’rganishga bo’lgan qiziqish metaforani o’rganish jarayonining asosini aks ettiruvchi lingvistik hodisa deb qarash bilan chambarchas bog’likdir. Garchi kognitiv tilshunoslik paydo bo’lgan paytdan beri bu termin yo’nalishning asosiy atamalaridan biri bo’lib qaralgan bo’lsada, konsept tushunchasi haqida hozirga qadar yagona bir fikr yo’q. Kognitiv tilshunoslikda konsept tushunchasini tahlil qilishga bag’ishlangan qator ishlar mavjud6. Bu ishda N.Jusupov konsept atamasining lingvokulturologik, psixolingvistik, kommunikativ tilshunoslik, kognitiv tilshunoslik nuktayi nazaridan ta’rifi va qo’llanilish ko’lami haqida gapirar ekan, baribir barcha tomonidan qabul qilsa bo’ladigan yagona ta’rif bera olmagan. Maqola oxirida kognitiv tilshunoslikda eng ko’p muhokama qilinadigan va tanqid qilinadigan atamalardan biri bo’lganligining o’ziyoq, til masalalarini kognitiv tilshunoslik nuktayi nazaridan tadqiq, qilish samarali va ilmiy jihatdan asoslab beradi deb yozadi. Kognitologiya - bilish nazariyasining asosi, insonning bilish faoliyati hakidagi fan ekanligi ushbu risolaning ilk sahifalaridayoq qayd etildi. Shunday ekan, kognitiv tilshunoslikning asosiy maqsadi ham til tizimining bilish jarayonidagi ishtiroki va ulushini aniqlashdir. Til birliklarining egallanayotgan bilimning lisoniy voqelanishdagi ishtiroki hamda lisoniy faoliyatning axborotni shakllantirish va «qayta ishlash»dagi rolini aniqlash kognitiv tahlilning ko‘rinishlaridan biridir Voqelikdagi predmet voqea - hodisalarning lisoniy nomlanishi jarayoni kognitiv bosqichdan o‘tishi lozimligi haqida yuqorida gapirildi. Aynan shu bosqichda hosil bo‘ladigan kognitiv strukturani inglizzabon tilshunoslar «regser!» deb atashmoqda (Jackendorff 2004:307). Rusiyzabon olimlar ham «восприятие» atamasini qo‘llashdan ko‘ra kaltalashtirilgan «перцепт», «перцептивный» kalimalarini ma’qul ko‘rshimoqsa. Bu nafaqat «perceive» felining aniq tarjimasini topish qiyinligi bilan bog‘liq bo‘lmasa kerak. Haqiqatdan bu so‘zning izohli lug‘atlarda beriladigan mazmunini aniq tarjima qilish va ona tilidagi muqobil atamani topish qiyin masala. (Qiyoslang: to have or come to have knowledge of something through one of senses or through the mind – Longman Dictionary of Contemporary English, p. 805). Biroq regzegue faqatgina ko‘rish, sezish, eshitish orqali bajarilayotgan jarayon bo‘lmasdan, balki sodir bo‘layotgan voqelikning miyada aks topishi (through of mind) jarayonidir. Demak, «idrok» fiziologik jarayonlardan tashqari anglash fahmlash, tushunish kabi aqliy jarayonlarni ham qamrab oladigan kognitiv faoliyatdir. 1.2. Kognitiv lingvistikaning tillar tizimidagi o'rni. Voqelik va konseptning o‘zaro munosabati hamda referensiya hodisalari bilan bog‘liq muammolar bilan uzoq paytdan buyon shug‘ullanib kelayotgan Rey Jakendoff bir narsada xaq: «Idrok qilinayotgan dunyo voqelikdir....persept («idrok xosilasi»-Sh.S.) to‘lig’icha miya (ong) «qopqoniga tushgan»; ular neyronlarga o‘rnashgan formal strukturalardan boshqa narsa emas. Lekin idrokni tizimlar bizga «tashqaridagi» predmetlar haqidagi sezgini, hisni va tuyg‘uni uyg‘otadi. Biz borliqdagi predmetlarni tajribadan o‘tkazamiz, ongdagi idrokni emas. Biz shu yo‘sinda tuzilganmiz. (Jackendorff 2004:308). Ammo olimning «bu dunyo insonning idrok etish va konseptuallashtirish (tushunchalar hosil qilish Sh.S.) faoliyati, uslubi mahsulidir» (Usha asar, 309) degan fikriga qo‘shilish ilojini topa olmadik. So‘zsiz, insonning bilish qobiliyati qudratli kuch, inson idrok eta olmaydigan ob’ektning o‘zi bo‘lmasa kerak. Lekin bilish hech qachon absolyutlikka intilmaydi, voqelik rang-barang, uniig zaxirasi tinmasdan boyib boradi va inson ushbu boylikni o‘z tajribasida o‘zlashtirishga, bilishga tinimsiz intiladi. Shuning bilan birgalikda voqelik inson ongining «gumashtasi» emas, u Allox tomonidan yaratiladi va inson faoliyati natijasida taraqqiy etadi, rivoj topadi. Bu borada borliqning yosh bolalar tomonidan kognitiv va lisoniy o‘zlashtirilishini olib ko‘raylik. Yosh go‘dak voqelikni asta-sekin, bosqichma-bosqich tajribadan o‘tkazadi, idrok etadi. Voqelikni ma’lum qismi uning idrokiy va lisoniy imkoniyatidan chetda kolishi tabiiy, lekin bu bilan voqelik mavjudligini yo‘qotmaydi. Voqelikning mavjudligini faqat ong bilan bog‘lab qo‘yish sub’ektiv idealizm xavfini tug‘dirish ehtimolidan holi emas. Voqelikning kognitiv va lisoniy idroki jarayonida grammatik tizim birliklarining o‘rni alohida. Mavhumlashtirish-umumlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan grmmatik birliklar fikrni shakllantirish va uni axborot tashuvchi holatiga keltirilgan nutqiy tuzilma sifatida adresatga etkazishning muhim vositasidir. Ammo bu birliklarning mazmun doirasini shakllantiruvchi omillar hamda ushbu mazmunning referent, ya’ni ifodalanayogan voqelikka munosabati masalasi anchagina munozarali. Kognitiv yondashuv tarafdorlarining fikricha, an’anaviy semantik tahlil va yechimlarni xulosalash jarayonida deduksiya va induksiya kabi formallashgan bosqichlar emas, balki analogiya yetakchi rol o’ynaydi. Analogiyaning asosida esa bilimning bir mazmuniy sohasidan ikkinchisiga ko’chirish jarayoni yotadi. Bu nuqtayi nazardan metafora analoglash jarayonining lingvistik in’ikosi hisoblanadi. Shu nuktayi nazardan J.Lakoff va M.Jonsonlar tomonidan keltirilgan "Inflyatsiya bu urushdir" metaforaning funksional qiymatini tahlil qilaylik. Agar shaxs inflyatsiyaning iqtisodiy hodisa ekanligi, uni keltiruvchi omillar hamda oqibatlar va unga qarshi kurashning turli shakllari va yo’llari haqida aniq, tasavvurga ega bo’lmasa, ko’chim obyekt haqidagi bilim ko’lamini kengaytirnsh uchun ma’lum obyektning belgilari, sifat — xossalaridan ayrimlarining yangi obyektga ko’shimcha axborot tarzida ko’chirib o’tish uchun qo’llaniladi. Voqelikning lisoniy bilish nazariyasiga tayangan holda xulosa qilish mumkinki, grammatik birliklarning mazmuniy asosi qandaydir tashqi hodisalar, xususiyatlardan tashkil topmasdan, balki insonning tashqi dunyo bilan munosabati zaminida yuzaga keladigan kognitiv jarayon,holatlarning aks topishidan iboratdir. Grammatik belgining mohiyatini kognitiv jarayonlar (ifodalanmish), bu jarayonlarning ongdagi aksi (konsept) va grammatik birlikning moddiy shakli (ifodalovchi) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifatida tasavvur etishning nazariy va amaliy ahamiyatini alohida qayd etish zarur. Birinchidan, bu yondashuv grammatik shaklni inson bilish faoliyati ma’lum bosqichlarining mahsuli sifatida talqin qilish imkonini beradi. Ikkinchidan, nutqiy faoliyatda grammatik shakllarning o‘zaro o‘rin almashishi hodisasini (variativlik) denotativ xususiyatining faollashuvi sifatida emas, balki kognitiv jarayonning u yoki bu mazmun bo‘lagiga taqsimoti, «ixtisoslashuvi» sifatida talqin qilishni talab qiladi. Uchinchidan, grammatikalashuv hodisasini (lug‘at birliklarining grammatik ma’no ifodalashga ixtisoslashuvi) obyekt haqidagi bilim (lug‘aviy ma’no) taqsimotidan subyekt haqidagi bilim (grammatik ma’no) taqdimotiga ko‘chish jarayoni sifatida tasavvur qilish imkonini yaratadi. Xullas, lisoniy belgilarning grammatik mohiyatini tadqiq qilishning bu yo‘sindagi kognitiv namunasi grammatika tizimini voqelikning mavhum tasviri - sxemasi haqidagi an’anaviy fikrdan yiroqlashishga undaydi. Bu tizim insonning bilish faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan mazmuniy tuzilmadir. Inflyatsiyaning "dushman" tarzida gavdalantirilishi so’zlovchiga ma’lum bo’lgan "dushman bilan to’qnashuv" holatlarini ko’z oldiga keltirish imkoniyatini beradi. Buning oqibatida "inflyatsiyani yengish uchun" so’zlovchi tomonidan "barcha ko’chlarni jalb etish", "ommaviy safarbarlik e’lon qilish", "hujumga o’tish", "kech bo’lmasdan avval tashabbusni o’z ko’liga olish" kabi konseptlar majmuyi so’zlovchi va tinglovchi ongida gavdalanadi. Bu tasavvurlar, konseptlar, o’z navbatida, bular bilan bir assotsiativ maydonga kiruvchi boshqa konseptlarning, ya’ni "inflyatsiyani yengib o’tish", "hal qiluvchi zarbalar berish" yohud "tor-mor bo’lish", "taslim bo’lish" kabi konseptlarning ongda faollashuvi, jonlanishiga olib keladi. Shu yo’sinda insonning inflyatsiya holatidagi harakati, holati, yurish-turishining qanday bo’lishi haqidagi tasavvurlarning so’zlovchi tomonidan nutq, mahsuloti sifatida gavdalantirilishi, bu xulosalar, tasavvurlar yig’indisi, konseptlarning tabiati birlamchi, dastlabki metafora tomonidan shakllanadi. Ko’rinib turibdiki, birlamchi metafora tarzida olingan dastlabki ma’noning uzgarishi pirovard natijada chiqariladigan xulosalarning turlicha bo’lishiga olib keladi. Agar biz "inflyatsiya — bu kasallik" deydigan bo’lsak, bu narsa yakuniy ma’noning butunlay boshqacha bo’lishiga olib keladi. Bu yerda iqtisod bemor sifatida tasavvur qilinadi, inflyatsiya esa kasallik sifatida shifokor (iqtisodiyot bo’yicha mutaxassis) va mos keluvchi "davo vositalari va protseduralari" (inflyatsiyaga qarshi chora-tadbirlar) yordamida qo’viladi (inflyatsiyaga yo’l qo’yilmaydi). Biror obyektdagi ma’lumotlar orasida axborotning yangi tomonlarini tushunib yetish maqsadida foydalilarini ajratib olish uchun ma’lum axborotning qaysi tomonlari ma’no ko’chishida birinchi navbatda invariant bo’lishi va qaysi belgilari, xossalari inkor qilinishini aniqlab olish kerak bo’ladi. Yuqorida keltirilgan misollardan biz obyekt xossalarining rejalashtirish va mo’ljalni ifodalash bilan aloqador bo’lgan tomonlari invariant sifatida saqlanib qolganligini ko’rdik. “Metafora”- obyekt yoki hodisani o’xshatish, taqqoslash yoki o’xshashlik asosida aniqlash uchun so’z va iboralarni ko’chma ma’noda qo’llashdan iborat bo’lgan ma’no ko’chish turi.7 J. Karbonell juda ko’p metaforalarni tahlil qilib chiqqach, ularda ko’chim darajasi va turlarini normativ ierarxiya shaklida umumlashtiradi va quyidagi ro’yxatda keltirilgan konseptual munosabatlarda invariantning kamayib borish tartibida beradi. 1. Birinchi holat subyekt oldida turgan maqsadlar yig’indisi sifatida baholanadi, dastlabki kontekst ko’lamida ham maqsad mavjud bo’lgan bo’lsa, ularning deyarli barchasida kuchirilayotgan belgi invariant sifatida yangi kontekstga ham ko’chiriladi. Agar ma’no ko’chishi uchun asos bo’lgan aniq, birlamchi kontekstda subyektlar mavjud bo’lsayu yangi kontekstda ular bo’lmasa, belgilar yangi kontekstga jonlantirilgan tarzda o’tkaziladi. Agar biz yuqorida keltirilgan "Inflyatsiya bu urushdir" degan metaforani tahlil qilsak, inflyatsiya oxirigacha kurash olib borib, yanchib tashlanishi lozim bo’lgan dushman sifatida shakllanadi. 2. Ma’no ko’chishiga asos bo’lgan belgilar subyektlarning qarama- qarshiligi hamda ular o’rtasidagi yaqinlik va hamkorlik vaziyatlarida ko’chim tabiatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu strategiyalar ko’chimning maqsadi sifatida deyarli barcha hollarda bir obyektdan ikkinchisiga o’zgartirilmagan holda ko’chirib o’tkaziladi. Ular ma’no ko’chish nishonlarining muhimligi jihatidan tartibga solinadi hamda so’zlovchiga maqsadlarni amalga oshirishga mos keluvchi vositalarni tanlash uchun sharoyit yaratadi. Ko’p hollarda metaforaning asosiy belgisi sifatida tinglovchi tomonidan konseptni maqsadga yo’naltirilgan tarzda rejalashtirish imkonini beradi. 3. Ma’no ko’chishini ifodalashni taqozo etuvchi kauzal strukturalar. Agar birlamchi kontekstning kauzal strukturasi yuza strukturada yetarli darajada aniq ifodalanmagan bo’lsa, ular ko’chish paytida o’z shaklini to’laligicha saqlaydi. Masalan, shifobaxsh moddalar kasalni davolaydi, mos ravishda iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan maqsadga yo’naltirilgan zaruriy chora-tadbirlar inflyasiyani "davolash" imkonini beradi. Metaforik ko’chish paytida semantik invariant sifatida lingvistik ko’chim obyektlari o’rtasida kamroq saqlanadigan funksional-pragmatik munosabatlar turlarini tahlil qilar ekan, J.Karbonell quyidagilarni sanab o’tadi: metafora obyekti va asl belgi o’rtasidagi funksional atributlik munosabati; ko’chirilayotgan birlamchi va asliy ma’no o’rtasidagi davriy ketma-ketlik munosabati; birlamchi va ko’chirilayotgan ma’nolarda tabiiy an’analarning saqlanish hodisasi; birlamchi va ko’chirilayotgan ma’no subyektlari o’rtasida ijtymoiy mohiyatlarning o’zaro munosabatlari; Ma’no ko’chish obyektlari ma’no ko’lamlari o’rtasidagi strukturaviy munosabatlar; Ma’no ko’chish obyektlariga berilgan aniq tavsiflar; Ko’chim uchun zarur bo’lgan muayyan aniq obyektlarning mavjudlik shartlari. Metaforik ko’chishlarning kognitiv modeli ko’chirib o’tkazilayotgan xossalar invariantlarining izchil ierarxiyasi shaklida tanlab olish tamoyillarini ishlab chiqish imkonini beradi. Metaforaning semantik modellari doirasida ko’chimlarning qonuniyatlarini topish borasida olib borilgan omadsiz urinishlarni inobatga olsak, bu kognitiv model ushbu muammoni hal etish yo’lida qo’yilgan katta qadam edi, albatta. Bu yerda J.Karbonell metaforik ko’chishning kognitiv model doirasida faqat ma’no ko’chishi tarzida tahlil etdi va metaforani lingvistik shakllantirish masalasini butunlay e’tibordan chetda qoldiradi. Bundan tashqari, lingvistik ko’chish uchun referensial bilimning aniq tizimlangan bir sohasidan boshqasiga ko’chib o’tish taqozo etilishini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Bunda metaforik ko’chim umuman mazkur masalani yechishning ta’sirchan vositalaridan biri deb qaraladi. Bunday yondashuvning to’g’riligiga shubhalanmasa ham bo’ladi, ammo inson har doim ham borliqni aniq, strukturalangan va optimal yechim topish uchun barcha sharoit yaratilgan mohiyat sifatida qabul kilmaydi va oqibatda bu kabi ideal shart-sharoitda qo’llaniladigan metafora lingvistik ko’chimlarning yagonasi emasligi aniq bo’lib qoladi. Bu model metafora yasashning yana bir muhim elementi bo’lmish birlamchi metaforik ifoda strukturasi haqida tasavvurni o’z ichiga olmagan. Ma’no konsepsiyasiga tayangan semantik model doirasida bu muammoni muhokama qilish bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ammo kognitiv yondashuv nuktayi nazaridan bu muammo ancha ahamiyatsiz tuyuladi. Chunki ko’pchilik tomonidan qabul qilingan nuktayi nazarga ko’ra, metafora va o’xshatish o’rtasida muhimroq farq yo’q, ular ma’no ko’chishini amalga oshiruvchi konseptual vositalar sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun o’xshatishning ichki strukturasini tahlil qilish natijasida olingan natijalar o’z navbatida metaforani tadqiq qilish uchun tatbiq etilishi ham mumkin. Shu tavsiflarga asoslangan holda E.Rezerfordning quyosh tizimini vodorod atomiga o’xshatishi yoki Borxesning "Yelkasiga miltiq osgan tramvaylar prospektlar bo’ylab patrullik qilmokda" degan metaforasini tahlil qilaylik. Rezerfordning qiyoslashiga o’xshab Borxesning metaforasi ham so’zma-so’z qiyoslash emas. Unda tramvay va harbiy patrul o’rtasida qisman o’xshashlik topiladi. Har ikkala holda ham bazaviy mazmun doirasi sifatida barchaga ma’lum bo’lgan mohiyatlar xizmat qiladi. Ammo shu bilan birga metafora va o’xshatish o’rtasida farqlar ham bor. Borxesning metaforasi ancha tushunarli tuyuladi, chunki bu yerda toza propozitsion bilim emas, balki asosan birlamchi subyekt fazo o’ramining ko’zga tashlanadigan belgi va xossalari ko’rsatilgan. Rezerfordning o’xshatishida esa ko’proq aniqlik mavjud, chunki uning ma’no ko’lamida o’zaro to’la mos kelish hollari kuzatiladi. Borxesning metaforasida aniqlik darajasi kamroq va bu yerdagi qiyosda asosiy tizimning so’zlovchi va tinglovchi uchun qaysi aniq tomonlari ishtirok etishi qorong’u bo'lib qoladi. Ma’lumki, F.De Sossyurning belgining «ixtiyoriyligi-majburiyligi» antinomiyasi bir-birini taqozo etuvchi tamoyildIr. Shunga binoan daraxtni o’zbek tilida «daraxt» deyishda «d+a+r+a+x+t» tovushlarining ishlatilishi bu ixtiyoriydir, ammo faqat mana shu «tovushlar birikmasidangina foydalanib, daraxt ma’nosini berishi bu majburiydir». Ma’no ko’chishi holatida esa ixtiyoriylik mavjud, ammo majburiylik yo’q, ya’ni ko’chimlar asosida yaratilgan ikkilamchi nominatsiyalar ko’pincha doimiy xarakterga ega bo’lmay, faqat davriy, muvaqqat xarakterga ega. Masalan, agar «dala malikasi» parafrazasini olsak, o’zlashtirish o’zbek tilida so’zlovchi shaxslarning barchasi tomonidan qabul qilingan nom darajasiga ko’tarilmaydi, ya’ni ayrim so’zlovchilar uni mutlaqo tushunmaydi ham va oqibatda uni umuman ishlatmaydi. «Estrada yulduzi» (Y.Usmonova), «estrada malikasi» (N.Abdullaeva)lar, «shodlik va baxt kuychisi» (H.Olimjon), «vodiy bulbuli» (M.Axmedov) kabi parafrazalar o’sha shaxslarni tanigan odamlardagina biror bir informatsion yuklamaga ega, ularni tanimaydigan odamlar uchun esa oddiy, hech qanday muayyan ma’no bildirmaydigan iboralarga aylanib qoladi. Chunki referentlar bular to’grisidagi axborotlardan bexabar notanish shaxslarning belgi va xususiyatlarini bilmasligi, oqibatida ular birlamchi obyektning qaysi belgisi ko’chayotganini ham bilmaydi. Masalan, biror kimsani «u jirafa» desak, novchaligiga ishora qilgan bo’lamiz. Jirafa haqida hech qanday tushunchaga ega bo’lmagan odam esa gap nimada ekanligini umuman tushunmaydi. Agar «u cho’chqa» deydigan bo’lsak, uning iflos, isqirt yurishini nazarda tutgan bo’lamiz» va aksincha, umrida cho’chqani ko’rmagan odamlar bu ta’rifning naqadar yomon va haqoratli ekanligini tushunmaydi. Ma’no ko’chishi semantik jihatdan ixtiyoriy xarakterga ega bo’lganligi uchun ularni qabul qilish, mazkur tushuncha to’g’risidagi fikrga qo’shilish yoki qo’shilmaslik so’zlovchi yoki tinglovchining tafakkuri, dunyoqarashi, psixologiyasi va hayotiy tajribasiga bog’liq. Ingliz tilidagi sleng iboralar ham mana shu ma’no ko’chishi asosida yasalganligi uchun, qanchalik ekspressiv, emotsional va informatsiyaga boy bo’lmasin, ular shu tilda so’zlovchilarning barchasi tomonidan qabul qilinavermaydi va ishlatilavermaydi. Bu narsa slengning «ijtimoiy jihat»dan oddiyroq, ekani bilan ayblanmaydi. Bu yerda sotsiolingvistik emas, balki psixologik-kognitiv xususiyatlar ko’proq birinchi o’ringa chiqadi. Bizningcha, perifrazalar juda qadimiy tarixga ega bo’lib, tillarda nomlar hali to’la o’ylab topilmagan davrlarga mansubdir. Xuddi shu xususiyat rivojlanmagan xalqlar tillarida hozir ham saqlanib qolgan. Amerika hindulari, Polineziya xalqlari, Markaziy Afrika xalqlari tillarida narsalarni nomlashda «perifrazalarning» keng ishlatilishi tildagi so’zlarning kamchiligini qisman «kompensatsiya» qiladi. Masalan, «o’tkir ko’z lochin», «za’faron yuzli birodar», «oq bo’ri», «qoplon - dara asiri», «o’lik dengiz», «sariq suvli daryo» kabi perifrastik frazalar obyektlarning belgi va xususiyatlarini so’zda aks ettirishga urinishlardan edi. Perifrazalarning eng sodda ko’rinishi — bu aniqlovchiga o’xshash birikmalardir: «Sobirning ukasi» (masalan, Botir haqida), Nodirning otasi (biron bir ism haqida) va shu kabilar. Bu yerda bir atoqli ot boshqa bir atoqli ot yordamida rasmiy tavsifga ega bo’lmoqda. Bu holatda ularning integral ma’nosi sifatida «Sobir va Nodirlarning oilasiga a’zolik» «Nodirning oilasiga tegishlilik» degan ma’no kelib chiqadi. 1 3. Kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan ma'no ko'chish ahamiyati. Metaforik ko’chimning mexanizmi masalasi bo’yicha hamon bir to’xtamga kelinmagan, ko’chirilayotgan semantik xarakteristikalarni mezonlash masalasi ham yechimsiz qolib kelmoqda. Ma’no konsepsiyasini asosiy, hal qiluvchi o’ringa olib chiqmasdan turib metaforik ko’chimni izohlab berish mumkinmi? degan savol ham javobsiz qolmoqda. Va nihoyat, eng asosiy masala, ya’ni metafora lingvistik hodisami yoki disskursiv yoki bo’lmasa konseptual sohada tegishli hodisa ekanligi noaniqligicha qolmoqda. Ko’p narsa mana shu oxirgi savolga qanday javob berishga bog’liq, chunki metafota yasalishi va inson bilim jarayonida metaforaning haqiqiy rolini tushunish haqida tasavvurlarimiz shu asosda shakllanadi. Hozirgi paytgacha lingvistik adabiyotda metaforaga lingvistik hodisa sifatida qarash ustuvor bo’lib keldi. Metaforani kognitiv tilshunoslik va psixolingvistik nuqtayi nazaridan tadqiq qilish bu masalaga ancha oydinlik kiritdi, lekin shunday bo’lishiga qaramasdan ma’noni asosiy unsur sifatida qarash o’zgarishsiz qolaveradi. E. Kitteyning fikricha, metaforaning konseptual va kognitiv kuchini faqat metaforik ma’no yordamidagina bilib olishimiz mumkin. E. Kittey bu o’rinda J.Lakoff, M.Jonsonning metaforalar faqatgina tilde emas balki musiqa, raqslar va harakatlarda ham bo’ladi degan fikriga qo’shiladi. Lekin E.Kittey bu masalaga juda muhim bir aniqlik kiritadi. Unga ko’ra til inson konseptual yoki mental tizimini tartibga soladi va shakllantiradi. Bu fikr ko’pgina tilshunoslar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Til bu o’rinda eng murakkab va o’zgaruvchan reprezentativ tizim sifatida namoyon bo’ladi. Shu sababli metaforaning har qanday xarakteristikasini o’rganish faqat til va ma’noni o’rganish orqali amalga oshiriladi. Bu nuqtayi nazar kognitiv lingvistikada keng tarqalgan ong falsafasi yo’nalish vakillari tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Bu yo’nalish vakillarining fikriga ko’ra, inson aqliy jarayonlari faqatgina tabiiy til yordamidagina tizim shakliga keltiriladi. Lekin 1920 yillar dayoq bu masalaga doir biroz boshqacha nazariy farazlar ilgari surilgan edi va hozirga kelib ular eksperimentlar yordamida isbotini topmoqda8. Bu eksperimentlarda olingan natijalar shu narsani ko’rsatmoqdaki, inson aqliy jarayonlarini tizimlashda tildan tashqari shaxs yashaydigan ijtimoiy-madaniy muhit, individning hayotiy tajribasi, shaxsning xulq-atvor va yurish-turish normalari ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Agar bu haqiqatdan ham shunday bo’lsa, biz tabiiy tilni, tafakkurni konseptual tashkil qilish va tizimlashning yagona tabiiy vositasi deb atay olmaymiz. Va buning oqibatida biz tilni o’rganish metafora haqida to’liq axborot bera olmaydi degan xulosaga kelishimiz mumkin. Shunday qilib, metaforani nafaqatgina lingvistik, balki « konseptual hodisa sifatida qarash haqiqatga to’g’ri kelishi mumkin. Agar metaforaning ikki prinsipial jihatdan turli sathdarda, ya’ni propozitsional va obrazli-assotsiativ sathda ifoda etilishini eslasak, bu xulosaning yanada to’g’ri ekanligi ma’lum bo’ladi. Bu o’rinda bir mushkul holat ham borki, unga ko’ra metafora yaratilish jarayonini izohlash odatda har bir sathga mos keluvchi ifoda modellari va konseptlari asosida amalga oshiriladi. Masalan: semantik tahlil jarayonida faol ishlatiladigan tushunchalar bo’lmish — filtrlash, moslashtirish va fokuslash kabilardan metaforaning obrazli-assotsiativ sathida foydalanib bo’lmaydi. Bizningcha, xususiy hol bo’lmish metaforik iborani kommunikatsiya jarayonida tildan foydalanishning har bir holatida hozir bo’ladigan murakkab verbal obrazli kompleksdan farqlash kerak. Garchi ayrim holatlarda bu kompleks ko’proq va aniqroq namoyon bo’lsa, masalan, badiiy adabiyotga taalluqli matnlarda, boshqalarda esa, ilmiy adabiyotda bu narsa kamroq va torroq ko’lamda namoyon bo’lishi mumkin. Metaforik ko’chim protsedurasining o’zi esa faqatgina ma’no va semantik maydonlar doirasidagina amalga oshirilmay, verbal obrazli ifoda kompleksining o’zaro munosabati ham taqazo etiladi. Bu esa metaforik ko’chim holatlarini tadqiq qilishning yangi bosqichidir. II-BOB. O'zbek va ingliz tillarida metaforik ma'no ko’chimning kognitiv lingvistik tadqiqi 1.1. Tillardagi ma'no ko'chish turlari. Xar bir tilda koʻpchilik soʻzlar asosiy maʻnodan tashkari, kuchma maʻnoda kam koʻrsatiladi. Sutning kuchli maʻnolari asosidagi maʻnosidan kelib chiqadi. Predmet belgilarining xususiyatlarining oʻxshashligi, bir-biriga tugri kelishi, bir predmet nomini boshqa bir predmet yoki hodisaga ko’chirilishi natijasida soʻzlarning koʻchma maʼnolari hosil boʻladi. Shuningdek predmet belgilari va xususiyatlarining kisman oʻxshashligi natijasida xam soʻzlarning koʻchma maʼnosi kelib chiqadi. Predmet yoki xodisalar yoki ularning belgilari va xususiyatlari urtasidagi qisman o’xshashlik asosida bir-predmet yoki hodisaning nomini ifodalab kelgan soʻzning ikkinchi bir predmet yoki hodisani ifodalash uchun qoʻllanishi metafora deyiladi. Predmet, xodisa va xarakat nomining ikkinchi predmet yoki xodisaga kuchi shu narsalarning tashki oʻxshashligi, yani rangi, shakli, xarakterli belgilari asosida yuz beradi. Masalan: “Og’iz” suzi odam aʼzosining muhim bir kismini ifodalaydi. Lekin bu soʻz ifodalangan predmetning tashki oʻxshashligini nazarda tutib, boshka predmetlarning nomlarini ham ifodalaydigan buladi: uraning ogzi, shishaning ogzi, kopning ogzi kabi. Shuningdek, «utkir suzi biror predmetning tez kesadigan, utadigan xususiyatini, belgisini bildiradi: utkir pichok, utkir bolta, oʻtkir arra. Bu suz ifodalangan ana shu belgi nazarda tutilib, shu soʻz maʼnosining kuchishn asosida akli utkir, suzi utkir, kuzi utkir kabi turli kuchma maʼnolar xosil buladi. Bu suz birinchi birikmala xar narsani tez faxmlaydigan, ikkinchidan, koʻzi yaxshi koʻradigan, uchinchidan soʻzi taʼsirchan maʼnolarni ifodalaydi. Shunga uxshash: qora qalam, qora niyat qora koʻngil, qora kuch, qora ish birikmalarida xam “qora” so’zi fakat birinchi birikmadagina oʻzining tugri manosila, qolganlari esa koʻchma maʼnoda qoʻllanilgan. Umuman, tilda talaygina soʻzlar oʻz maʼnosidan tashkari, ko’chma maʼnoga egadirlar, lekin ularning kaysi maʼnoda kelgani fakat kontekstdan aniklanadi. Biror soʻz aloxida, yakka holda olinganda uning asosiy, tugri maʼnosinigina bilish mumkin, chunonchi, “ochildi” suzi yakka holda, eshik va shunga oʻxshash narsalarning ochilganini bildiradi. Masalan: sir ochildi (sir fosh boʻldi), xavo ochildi (bulutlar tarkaldi), koʻrgazma ochildi, koʻzi ochildi, gul ochildi va boshqalar. Shuni ham aytib oʻtish joizki, koʻp maʼnoli suzlarning kuchma maʼnolari ularning ko’chma maʼnolari ularning bir-birlari bilan umumiy bir belgi tufayli bog’langan boʻladi. Masalan, oyoq so’zining umumiy belgisi biror predmetning oxirgi, pastki qismini bildiradi. Bu belgi orqali oyoq so’zining koʻchma maʼnolari bir-birlari bilan bog’langandir: Ishingiz boshdan oyoq yaxshi (Ishingiz boshidan oxirigacha yaxshi); Uchastkaning oyog’ida toʻrt tup olma bor. Brigada suvga oyoq joyida tozalangan. Ko’p maʼnoli so’zlarni gapda to’g’ri va oʻrinli ishlata bilish nutqimizni mazmunli jonli va taʼsirli qismiga juda katta yordam beradi. Masalan: Siddiqjon - qarol bola, Bu o’ziga to’k bir odamning qizi, Ikki orani ajratib turgan shunday zoʻr tog’ni bir zumda talqon qilib tashlaydigan “allanima balo” bir kuch bor ekanini kim bilibdi9 (A.Qaxxop). Ushbu misolda “to’k” so’zi boy maʼnosida qo’llangan. Yoki Yurtboshimizning bizga qilgan yordamlaridan xursandmiz, gapini Yurtboshimiz g’amxurliklaridan boshimiz osmonga yetdi, deb ifodalasak, aytmoqchi bo’lgan fikrimiz ancha mazmunli va samaralichan chiqadi. Bir predmet nomi bajaradigan vazifasiga koʻra yangidan paydo bo’lgan predmetta koʻchishi mumkin. Masalan: “oʻq” soʻzi dastlab kamon, (yoy) bilan otiladigan uchi o’tkir predmet nomini bildirgan. Keyinchalik jamiyatning taraqqiy etib borishi natijasida miltik, zambarak, tup, mina kabi qurol turlari paydo boʻlgandan keyin, oʻq nomi bajaradigan vazifasiga koʻra ana shu kurollardan otiladigan predmetlarga utadi. Lekin kamon oʻqi bilan hozirgi zamon xarbiy kurollardan otiladigan oʻklarning qanday materiallardan yasalganligi va shaklini solishtirib koʻrganimizda, ular oʻrtasida bajariladigan vazifasidan boshka xech kanday oʻxshashlik yoʻkligini yaqqol koʻramiz. Suzning maʼnosini bu xilda bajaradigan vazifasiga koʻra koʻchishi xuddi metafora singari oʻxshashlikka asoslanadigan xodisadir. Birok metafora predmetning tashki kurinishini chunonchi, rangi, shakli va boshka belgisini nazarda tutadi. Soʻz maʼnosini bajaradigan vazifasiga karab koʻchishini esa, predmetning biror vazifasini bajarib kelishi koʻzda tutiladi. Metafora suzi grekcha “metaphora” (kuchim, istiora) soʻzidan olingan bulib, bir narsani ikkinchi bir narsa nomi bilan ular oʻrtasidagi Oʻxshashlik asosida atalishidir. Tilning bu hodisasidan qadimda ritoriklar foydalanganlar. Maʼlumki, ritoriklarning asosiy maksadi nutq orqali xalqqa, odamga tasir qilish, ularni oʻziga qaratib olish, oʻz fikrini maʼkullash edi. Ular metaforadan ham shu maqsadda foydalandilar. Shu bilan birga ular metaforalan til bezagi, akl zakovat belgisi sifatida foydalandilar. Bekorga Aristotel metafora xakida yozar ekan uni “Bu talant, bu talantga xech kim hech kimni oʻrgata olmaydi” degan edi. Keyinchalik metafora tilshunoslar tomonidan ikki nuqtai nazardan oʻrganila boshlandi: Tilni boyituvchi xodisa sifatda. 2. Tilni boyitish bilan birgalikda tilga ekspressivlik beruvchi vokeilik sifatida. Birinchi nuqtai nazar ko’proq leksikologiyada oʻrganilsa, ikkinchi nuqtai nazar bilan stilistika fani shug’ullanadi. Metafora bilan adabiyotchilar ham shug’ullanadilar. Ular uchun metafora tilga badiiylik beruvchi, goʻzallik beruvchi his- tuyg’u, extiroslarni ifodalovchi estetik vositadir. Biz magistrlik metaforaning xar uchchala turiga toʻxtalib oʻtamiz. Biz ishda metaforaning turlariga, yasalishiga ishlanishiga, qonun-qoidalariga asosini himoyamizni qaratdik. Metafora ko’p qirrali, tilning murakkab xodisalaridan biri bo’lganligi uchun va ishimizning vazifasidan kelib chiqib, biz metaforaning asosiy belgilari bilangina chegaralanib, uning chuqur ilmiy talqini bilan shug’ullandik. Metafora o’zbek tilining izoxli lug’ati shunday izox beradi… “[P “O’zbek tili stilistikasi”da metafora shunday talqin qilindi. “Metafora-grekcha metaphor (ko’chma, istiora) so’zidan olingan”11. “Nutqqa obrazlilik, emotsiya berish maqsadida narsa va xodisalar o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, so’zlar va iboralarning ko’chma ma’noda ishlatilishi metafora deyiladi.”. Xuddi shunga yaqin talqinni I.V.Arnold o’zining “Cтилиcтика cовременногоанглиcкого язика” asarida beradi12. Olimlar ko’pincha metaforaning asosida o’xshashlik yotishi, shu asosida bir so’z ikkinchi so’zga ko’chirilishi mumkinligini aytadilar. Shu bilan birgalikda metaforaning har xil turlari haqida yozadilar. Ingliz tili stilistikasida metafora shunday talqin qilinadi13. Istiora – ikki narsaning ayrim tasodifiy belgilari, bu belgilarning o’xshashligiga asoslangan ifodalash usulidir. Istiora asosiy lug’aviy-mantiqiy ma’nolarining o’zaro munosabatlarga asoslangan stilistik usuldir. Masalan “til” so’zini olaylik. Bu so’z asosiy lug’aviy ma’nosi “og’iz bo’shlig’ida joylashgan, tam-maza bilish, kishilarda esa, bundan tashkari nutk tovushlari xosil kilish uchun xizmat kiladigan aʼzo; issikdan itning ili osilgan. Ko’chma maʼnoda esa bu so’z asbob-mexanizm maʼnosini bildiradi: soatning tili, qo’ng’iroqning tili, qush tili yoki ikkinchi kuchma maʼnosi titga uxshash uchli narsa: Shamol kuchayib, olovning tili yana xam uzunlashdi. Uchinchi koʻchma maʼnosi esa “Taʼsirchan, kattik narsa kiladigan, utkir narsa: quruq sovuq. Kech kuzning izgirin shamoli muzdek tili bilan yigit va qizning yuzini yalaydi. Tasirchanlik darajasiga ko’ra istiora ikki guruxga boʻlinadi: tildagi va nutkdagi istioralar, boshqacha qilib aytganda, eskirgan, yo’qolib borayotgan istioralar. Tildagi istioralarga quyidagilar misol boʻla oladi. Hademay ularning safari qaridi. Daryo oqar, vaqt oqar, umr oqar paydar- pay. Boshidan kaptarlardek uchdi ming-minglab xayol. Gullar goʻyo etishar tazim”. Istiora obrazlilikni yaratishdagi eng muhim vositalardan biridir va uning stilistik vazifasi shundan iborat. Yorkin, yangi, taʼsirli istioralar badiiy nasl uslubida qo’llaniladi: Kumushning goʻzallik taʼrifini goyibona eshitib, og’zini suvi keluvchi xotinli va xotinsiz orzumandlar “yotib qolguncha otib qol!” soʻziga amal qilib, qutidornikiga sovchilarni turna katori yubora boshlagan edilar. Ammo yapoklari tarang, shabadaga parvo qilmay kulib turdi. Ko’p ishlatuvchi, odatiy tushiga kirib kolgan istioralar esa kupcha ommaviy matbuot uslubida qo’llanadi: Zangori kema, pulat etaklar, pulat ot, ok oltin, zangori ekran kabilar. < Bunday istioralar frazeologiyani boyitishga yordam beradi. Oradan so’z o’tdi (kelishmovchilik roʻy berdi) dili (yoki yuragi) soʻkildi (ili vayron buldi): soʻnggi suz (biror asar oxiridagi xotima oxiri soʻz) baxti chopdi (baxti, omadi keldi) betga chopmoq (yuz, andisha qilmay qattiq, shartta gapirmoq) chuchvarani xom sanamoq (Yoʻq yoki amalga oshmaydigan narsaga ishonmoq, xom oʻylamoq, xom xayol qilmoq) kabi. Ba’zan ular ilmiy uslubda qo’llanganligini koʻrish mumkin. Bunday xollarda istiora muallifga uz goyasini tushunarli va yorkin ifoda etishga yordam beradi. Eskirgan koʻp qoʻllanilgan istioralarni yangilash mumkin. Bu asosan ushbu istiora tarkibiga qandaydir yorqin, yangi obraz kiritish asosida amalga oshiriladi. Ana shunday istioralar yangilangan istioralar sustained yoki prolonged metaphors deyiladi. Masalan: Jim- jitlik bor joyda hayot so’nadi. Jim-jitlik toshni ham, koʻngilni ham yemiradi. Tingan suvni qurt bosadi. Istiora va oʻxshatish bir-biriga yaqin turadi degan fikrlar ham mavjud. Bu uncha to’g’ri fikr emas, chunki istiora narsani tavsiflaydi, oʻxshatish esa, oʻxshash tomonlarni qiyoslab, shu bilan narsa va tushunchani ajratadi. Bundan tashkari bu ikki stilistik usul tilde ifodalanishning turli shakllariga ega. Ba’zan jonli narsalarning xususiyatlari jonsiz narsalarning xususiyatlariga ko’chiriladi, bunday istioralar jonlantirish deb ataladi. Masalan, «qarimoq” soʻzining lugʻaviy maʼnosi, yoshi o’tib, keksalik davriga oʻtmok, keksaymok, kartaymok. Yukorida berilgan gapda “karimok” suzi «safar muddati tugadi, safardan kaytish vakti keldi degan maʼnoni bildiradi. “Ra’zim” soʻzining lugʻaviy maʼnosi, egilib, boshini quyi solib yoki qo’lni ko’ksiga qoʻyib salom berish (taʼzim bilan qarshi olmoq), kuchma maʼnosi, yuksak hurmat, minnatdorchilik bildirmoq. Shu xolatni kuyidagi misolda xam koʻrish mumkin: Xozirgi Fargʻona bogʻlarida to’kin kuz. O’rikzorlar toʻnini oʻzgartirib, boshiga olov rang qip-qizil durra bog’lagan. Tutzorlar boshida malla qalchoq. Slowly, silently, now the moon Walks the night in her siwery shoon This way and that she peers and sees Sewer fruit upon silver trees14 (De La Mare) 2.2. Metoforik ma'no ko'chishning kognitiv xossalari. Metaforaga O.Azizovning “Tilshunoslikka kirish” kitobida quyidagicha izoh beriladi. Predmet yoki hodisalar yoki ularning belgilari va xususiyatlari urtasidagi kisman oʻxshashlik asosida bir predmet yoki hodisaning nomini ifodalab kelgan soʻzning ikkinchi bir predmet yoki hodisani ifodalash uchun koʻllanishi metafora-metaphora yunoncha kuchirish maʼnosini bildiradi. Predmet xodisa va harakat nomining ikkinchi predmet yoki hodisaga kuchishi shu narsalarning tashki oʻxshashi yaʼni, rangi, shakli, muhim bir kismini ifodalaydi. Lekin bu suz ifodalangan predmetning tashki oʻxshashligini nazarda tutib, boshka predmetlarning nomlarini ham ifodalaydigan boʻlgan: uraning ogzi, tandirning ogʻzi, gorning ogzi, shishaning ogzi, kopning ogzi kabi. Shuningdek, oʻtkir suzi biror predmetni tez kesadigan oʻtkirlik xususiyati belgisini bildiradi. Oʻtkir pichok, oʻtkir bolta, oʻtkir arra kabi. Bu soʻz ifodalangan ana shu belgi asosida akli oʻtkir, koʻzi utkir, soʻzi oʻtkir kabi turli koʻchma maʼnolar xosil bulgan. Bu soʻz birinchi birikmada “har narsani tez fahmlaydigan”, ikkinchisida esa “kuzi yaxshi koʻradigan”, uchinchisida “soʻzi taʼsirchan” maʼnolarini ifodalaydi. Shunga o’xshash qora qalam, qora yurak, qora niyat, qora koʻngil, qora kuch, qora im, qora kun birikmalarida ham qora suzi fakat birinchi birikmadagina oʻzining toʻgri maʼnosida, qolgan birikmalarda esa ko’chma maʼnoda qo’llanadi. Suzlarning qaysi maʼnoda qullanilgani fakat kontekstda aniqlanadi. So’zlar aloxida, yakka xolda olinganda, uning asosiy, tug’ri ma’nosinigina anglash mumkin. Chunonchi, ochildi suzi yakka holda eshik va shunga oʻxshash narsalarning ochilishini kontekstdan bilib olish mumkin... Shuni ham aytish kerakki, koʻp maʼnoli suzlarda ularning koʻchma maʼnolari bir-birlari bilan umumiy bir belgi tufayli bogʻlangan buladi. Metaforaning semantik asosi: So’z va tushunchaning orasida ma’no yotadi. Soʻz tushunchani maʼno orqali ataydi. Demak, maʼnoning ichki tuzilishi ham tushunchaning ichki tuzilishiday maʼlum tizim bilan bog’langan elementlardan iborat. Shuning uchun ham soʻzning elementik tomoni haqida gapirar ekan, F.De Sossyur maʼnoning semantema va semalardan tashkil topishini taʼkidlaydi. Keyingi ilmiy izlanishlar suz ma’nosining, semantema, semema va semalardan tashkil topishi xaqida yozadilar. Shulardan kelib chiqib, soʻzning maʻno strukturasiga nazar tashlansa, u ma’lum qonun qoidalar asosda tashkil topgan yig’indidan tarkib topgan. Bu yig’indining boshida “borliq” semasi yotadi. U privati operatsiya natijasi “konkret” “abstrakt” semalariga boʻlinadi. Bu semalar esa o’zaro ekvivalent oppozitsiyada turadilar. Shu yo’sinda “jonli”-“jonsiz”, “odam”-“xayvon” va hokazo semalar ajratiladi. Ushbu semalarning o’zaro qarama-qarshiliklari (oppozitsiya) ishlab chiqarishda bir-biriga bogʻliq munosabatlari va bir kategoriyadan ikkinchi semantik kategoriyalarga oʻtishi aniqlangan. 1. Privativ muxolif asosda semalarning bir-birining ichiga kirishi, gipponimlar aniqlanadi. Bizning misolimizda “konkret” “abstrakt” semalari esa “borlik” semasining ichiga kiradi, va xokazo. 2. “Konkret” - “abstrakt” semalari o’zaro ekvivalent oppozitsiyalarda yaʼni teng oppozitsiyada joylashgan. Shuningdek, “jonli” - “jonsiz”, “odam” - “xayvonot” kabi semalar xam shunday oppozitsiyada turadi. 3. Gradual, yaʼni bosqichli oppozitsiya oʻzidan yuqorida yoki pastda joylashgan semalar boʻlgan boshqa semalar bosqichi orqali zillashadi: masalan “abstrakt” - “jonli”, “abstrakt”- “jonsiz”, “abstrakt” - “odam”, “abstrakt”, “xayvonot” va xokazo. 4. Mnogomernaya, ya’ni bir darajada turuvchi lekin turli semantemalarning semasi hisoblanuvchi semalar qarama-qarshilidir masalan: kuzichok semantemasidagi “kichkina”, “yokimtoy” kabi semalarning bola semantemasidagi “yokimtoy” kabi semalari bilan oʻzaro oppozitsiyasi. Bu oppozitsiyalar xaqidagi gapirishdan maksad, ular metafora turlarini ajratishda katta rol o’ynaydi, (shuningdek solishtirishda xam). Odatda ma’no ekvivalent yoki gradual oppozitsiyadag semalar orasida kuzatiladi. “abstrakt”, “konkret” “abstrakt”, “jonli” “abstrakt”, “jonsiya” “abstrakt”, “odam” “abstrakt”, “hayvonot” 2. “konkret” “abstrakt” 3. “jonli”- “jonsiz” “jonli” - “abstrakt” 4. “jonsiz”, “jonli” “jonsiz” - “abstrakt” “jonsiz” “odam” “jonsiz” - “hayvonot” 5. “odam” - “abstrakt” “odam ”- “jonsiz” “odam” - “hayvonot” 6. “xayvonot” - “abstrakt⟫ «hayvvonot” - “jonsiz”> “hayvonot”-“odam>> Shunda qarshi, soʻz kuchlari yukoridagi muxolifda turgan kategoriyalar orasiga kuzatiladi. Maʼnoning koʻchishi uchun esa mnogomernaya oppozitsiyadagi semaning obyektiv yoki kontekst, situatsiya orqali mavjud boʻlishi shart. Aks holda maʼno koʻchirib boʻlmaydi. Masalan: «kichkina”, “yoqimtoy” semalari asosida bolani “qo’zichog’im” deb atash mazmun, yani umumiy semantik bo’lishi shart. Umumiy semi bu ikki semantik kategoriyasidagi so’zlarning semantik strukturasida obyektiv yoki kontekst, situatsiya yordamida mavjud boʻlgan oʻxshash semadir. Bu o’xshash sema metaforalarda ma’no ko’chishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Er ustida oldi ko’p qon, Ko’p bukchaydi mazlum dexqon. Mard avlodlar avlodida bahodir! Arslon kuchi bilan toʻlsin har tomir. O’q-yomg’irin, o’lim do’lin yog’dirib, Qo’tir itlar galasin toza qir (Oybek Yigitlarga) Bu yerda o’qning ko’pligi, yomg’irning koʻpligi asosida metafora qilinsa o’lim do’li sifatida metafor qilinmoqda. Dushman esa qoʻtir itga o’xshatilmoqda. Bu yerda o’q so’zi yomgirning “koʻpligi”, do’lning «payxon qilish xususiyati asosida metafora qilinmoqda. Qoʻtir itdagi yoqimsizlik, unga nafrat dushmanga boʻlgan nafrat koʻchirilmoqda. All days and hights to till see thee, And nights days when dreams to show thee me15. (V.Shekspir, XLIII soneti) Shoir koʻrmagan kunni korongu kechaga oʻxshatadi. Shu tariqa metaforani quyidagi kichik turlarga ajratish mumkin. 1. Abstraksiya. 2. Konkretizatsiya 3. Jonlantirish 4. Jonsizlantirish 5. Shaxsiylashtirish 6. Faunnomizatsiya Bularning xar birini alokida oʻrganib chikish mumkin. Semantik strukturalarda umumiy semani topish va uni nutqda orinli ishlatish har bir gapiruvchining bilim saviyasiga, intellektiga bog’liq. Shuning uchun ham Aristotel metaforani “Bu talant, bu talantga Xech kim xech narsani oʻrgata olmaydi” deganda xaq edi. Bunga oddiy misol yosh bola va ukimishli odamning nutkini keltirish mumkin. Yosh bola xam Dunyoni chukur bilmaganligi tufayli soʻzlarining maʼnolarini ham zarur darajada ishlatadi. Oʻqimishli odam esa narsalar urtasidagi uxshashlikni uz bilimi darajasida keng doirada kura oladi va ishlata oladi. Shuning uchun xam Navoiy, Shekspir, Gyote, Ronsar, Pushkin va ular kabi ulug’ shoir va yozuvchilarning davosi xam shundadir. Ularni oddiy ko’rmagan, sezmagan, idrok etmagan nozikliklarni koʻrishlarida, hislarida, idrok qilishlarida va goʻzal isteʻmolchilarni yigʻishtirishni bilishlarida. Metaforaning atash nuqtai nazaridan turlari Metaforik soʻzlar xam boshka suzlardek narsa, hodisa, vokealarni ataydi. Atash nuqtayi nazaridan ular ikki turga boʻlinadi: 1) nominativ metafora; 2) emotsional yoki stilistik metafora. Nominativ metafora odatda yangi xosil boʻlgan narsa, xodisa va shu kabilarni atash, ularga nom berish uchun xizmat qiladi. Bunday metaforada ekspressivlik kuchsiz yoki umuman boʻlmaydi. Birinchi vaktda sezilsa xam tez orada u yukolib ketadi. Bu metafora 2.4. Hozirgi zamon o'zbek va ingliz tillarida metoforalarning kognitiv tahlili. xamma tillarda odam aʼzolari orkali boshka yangi predmetlarni atashni misol kilib keltirish mumkin. Masalan: yoʻlning boshi, kozonning kulogi, uraning ogzi, stolning oyogʻi, dengizning qoʻltigi va xokazolar. Odam tashki dunyoning ostida odatda oʻzi uchun eng tanish boʻlgan, eng yakin bulgan suz bilan ataydi. Shuning uchun ham juda kup nominativ metaforalar shu yoʻnalishda xosil qilingan. Bu urinda guyoki yangi tug’ilgan chaqalok o’z nomini olganday. Nomi yuk predmet va shu kabilar birinchi bor oʻz nomiga oʻz soʻziga ega buladi. Bunda yukorida aytganimizdek inson ikki predmet oʻrtasidagi turli tomonlarini (umumiy semani) asos qilib olib, shu asosda bir suzni ikkinchi bir boshqa predmetning xatosi uchun qoʻllaydi. Metaforaning bu turi tilning doimiy rivojlanishi va atash extiyojini qondirish va oxir okibatda tilni boyitish uchun xizmat kiladi. Bunday soʻzlar xar qanday tillarda ko’plab uchraydi. Ularning nutqda ishlatilishi oddiy soʻzlardan farq qilmaydi. Lekin stilistik metafora nominativ metafora ayrim jihatlari bilan oʻxshasada, u oʻziga xos xususiyat va maqsadga ega. Uning nominativ metafora bilan farqi shundaki, u ham umumiy sema asosda hosil qilinadi. Lekin buni oʻziga xos tomoni shundaki, agar nominativ metafora deb nomlanuvchi predmet ham oʻz nomiga ega bo’lmasa va nominativ metafora nomiga aylantirsa, stilistik metaforadan xar ikki predmet oʻz nomiga ega boʻlib, tilda odatiyda predmetni atash uchun koʻchirilganda asosiy maqsadga obrazlik, jismoniy emotsiya berish uchun kerak boʻladi. Masalan: Ko’m-ko’k vodiylarda Po’lat izlardan Kelayotgan qora poezd Uchib, harsillab Oqqan qonlardan Elektrik tomir Butun oʻlka shimirayotir Chanqab, harsillab Bu yerda “elektrik tomir” elektr atamasini atash uchun ishga tushirilgan. “kon” esa elektr tokini yuklaydi. Vaxolanki bu yerda xar bir so’z o’z denotatiga ega. “Tomir”-“sim”. “kon”-elektr toki». Bu oʻrinda “elektr simi urnida «elektr tomirning ishlatilishi bu simlarning «har tomonga kelganligiga” ularning xayot uchun muhimligi va shu kabilarni bir metaforik ibora bilan ifodalash, maʼnoni jamlash uchun xizmat qiladi. shuningdek, “oqqan qonlarning oʻlka uchun «qay darajada zarurligi” “o’lkaning unga muxtojligini” ifodalash qisqa bir metaforaga yig’ish uchun xizmat qiladi. Bunday metaforada ikki soʻzning maʻnosi oʻzaro koʻchilib, chatishma hosil qiladi. Birining maʻnosi ikkinchisining maʻnosini kuchaytirish, burttirib saqlash uchun xizmat kiladi. Potyening soʻzi bilan aytganda, ikki izzatopiya hosil qilinadi. Birinchi soʻz ketayotgan predmet haqidagi tushuncha va koʻchirilgan suz atovga denotat haqidagi tushuncha. Ko’chirilgan soʻzning maʻnosi birinchi soʻzning maʻnosi ustiga kelib qo’shilib aytmoqchi bo’lgan maʻnoga emotsionallik, obrazlilik beradi, yaʻni ustma-ust joylashgan maʻnolar oʻziga xos guldasta hosil qiladi. Misollar: Dunyoga bir shodlik, bir ruh yog’adi16. Barakalik yomg’irlardan keyin yashnab ketgan, barra mayka utlar, erlar betini sekin-sekin yopib ketgan tong shamolida hilpirab ketib, Xazillashganday bir-birlarini kuchliklaydilar: U qizni unutib olmaganligidan oʻtgan damlarini yana qayta tiklashga oʻzimizdan g’azabga kelardi. Hijron utini yuragini yondirar, lablarini qovjiratadi. Misol: Imtihonda u sayrab ketdi. U hayol dengizida suzib yurardi. Bunda metafora ogzaki nutkda, xar kunlik xayotda va kuplab badiiy adabiyotda ishlanadi va ular odatiy ilmiy va rasmiy uslublarda ishlanadi. Metaforaning ishlanishiga qarab turlari: Metafora odatda Hamma gapiruvchilar tomonidan bir vaqtda Xammaga tushunarli ravishda hosil qilinmaydi. U maxsus sharoitda, maʼlum maqsadni koʻzlab ayrim odamlar, yozuvchi, shoirlar tomonidan xosil qilinadi. Agar u hamma shu tilda gaplashuvchilar tomonidan bir xilda tushunilsa, lug’at tarkibiga kiritiladi yoki bir marta ishlatilgan metafora oʻsha yerda, oʻsha asarda qolib ketadi. Keng omma tomonidan qabul qilinmay, tilga kirmay qolib ketadi. Shu nuqtai nazardan metafora ikki turga boʻlinadi: 1) individual yoki original metafora. 2) uzual yoki hamma tomonidan ishlatiladigan metafora. Birinchi metafora yuqorida aytganimizdek maʻlum shaxslar tomonidan shart-sharoitdan, maqsaddan kelib chiqilib hosil qiladi. Agar u urinli ishlatilgan boʻlsa, sekin asa lugʻat tarkibiga kirib boradi. Agar shu o’rindagina maʻqul bo’lsa shu yerda qolib ketadi. Bunday metaforani xar kungi nutqda koʻplab ishlatamiz. U nutqni jonlantirish uchun ishlatiladi. Chunki bir sharq mutafakkiri aytganiday, “nodonlargina narsalarni oʻz nomlari bilan ataydilar”. Kechki tomon xavodagi bulutlar quchoqlashib, yuz qo’llarini chimchib oluvchi qorasovuk turdi. Ishning tubiga allaqachon tushunib, yoshlarga qarshi qo’zg’atish dengizida yurar edi17. Ikkinchi turdagi metaforalar, Oʻtgan davr sinovidan oʻtib, gapiruvchiga xolis xizmat qiladi, birlikka aylangan, lugʻat tarkibiga kirgan so’z va iboralardir. Ularni lug’at tarkibida koʻp uchratish mumkin. Masalan: u tulki, tungiz, eshak, huquqiz, asrlon, sher va hokazo. Ularning oʻziga xos maʻnosidan tashkari koʻchma metafora maʻnosi xam beriladi. masalan: Tulki: 1) Itlar turkumiga mansub, tumshugi uzun, dumi mayin uzun ko’pincha sariq tukli yirtqich sut emizuvchi xayvon. 2) Ko’chma. Oʻta ketgan ayyor, makkor odam xaqida. Ko’zboʻyamachi tulki boʻladi, xalq ichida kulgi boʻladi (maqol) To’ng’iz: 1) Yovvoyi cho’chka, tajjovvuskor bo’ladi. Qabon: Yer ovlok boʻlsa toʻngʻiz tepaga chiqar (maqol) 2) Kuchma dagal. Tarbiya koʻrmagan, nodon yoki vijdonsiz odam hakida. Muxtaram qayin otamizga! Siz bilan meni qorongu zindonlarga tushirib, dor ostilarigacha tortgan Homit ismli bir toʻngʻizni nihoyat ikki yillik sargardonlik soʻngida yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq boʻldi18. Nafakat metaforik soʻzlar, shu tariqa guruhlarga boʻlinib qolmay, Frazeologik birikmalar ham huddi shunday guruhlarga boʻlindi. Frazeologik birikmalar koʻp xollarda ekspressiv buladi. To’ng’iz qopgur! To’ngiz kavmida ketgur! kabi. Tun yarmidan o’tganda qor to’xtab, koʻkni yulduzlar qopladi, sovuq avjiga mindi. U o’z ishini ko’zini bilar edi. U xayol dengizida suzib yurardi. Metafora turli nuqtadan turib oʻrganilishi mumkin. Biz yukorida aytgan metafora turlaridan tashkari uni tuzilishi jihatidan oʻrganuvchilar metaforani ikki turga boʻladi. 1. Sodda metafora. 2. Kengaygan metafora. Sodda metafora birgina soʻzdan tashkil topsa, kengaygan ikki yoki undan ortik suzdan tuziladi. Masalan: Gumbaz (osmon), yiqildim (imtixondan oʻta olmadim),- oddiy, po’lat ot, zangori kema (paxta terim mashinasi), oq oltin (paxta), qora oltin (neft), zangori olov (gaz), poʻlat qush (samolyot) ), kengaygan metafora sanaladi. Oh, never say that I was false heart Though absence seemed my flame to quality19. Bu erda flame suzi metaforik ishlatib, u ehtirosli sevgini bildiradi. Bu oddiy metaforadir. Sodda metafora doimiy har bir soʻz bilan tasvirlanavermaydi. Jannatning koʻzi - kuyoshning nomi sifatlida sodda metafora. Baʻzida juda issiq osmonning koʻzi porlaydi20. Kengaygan metafora bir necha metaforik soʻzlardan tashkil topgan buladi. Ular bir butun obrazni tashkil qiladi. Ular bir-birini toʻldiruvchi, kaytaruvchi. metaforalardan iborat boʻladi. bir-biriga boglangan sodda I love not less though less show appear: that love is merchandized whose rich esterming the owner’s tongue dofh publish everywhere21 Bu yerda obrazlilik keskin teskari koinatatsion bahoga ega bo’lib, xamma joyda sevgi xaqida lof urib yuruvchilarga nisbatan nafrat uyg’otadi. Uzbek tilidagi baʼzi misollarni koʻrsak, masalan, Gul shamolin yopqon ul gulning ikki rayhonidir G’uncha sirini ochqon ul ikki labi xandondir. Ul musal ikki zulfi gul yuzining ustida Gul uza og’nar magar ul ikkining davronidir Oʻqi zahmini kurib har yon taʻlimda degay Kim bu ko’hna dardning ul lolan nuʻmondir. Sel emasdur er yuzini tutgan koʻzimning yoshidir Rad emasdur, ko’kka chirmashkon koʻngul afg’onidur. Lojaram boʻlgay parishonu havoyi men kabi Zarra yanglig kimki bir xurshid sargardonidir. Ul pari ishkida Bobur koʻnglum andoq telbadur Kim sochi zanjiridur, gohi zahan zindonidur Bu yerda sodda metaforaga gulning ikki rayxonidir, g’uncha sirin gul uza og’anar kabi suzlar misol bo’lsa, gul shamol, labi xandonidir, gul yuzining ustida, ikkining davronidur, uki zaxmi, kuki dardning, lolai Nuʼmonidur, sel-kuz yoshi, rad-kungil afgoni, sochi zanjiridur, goxi zaxmai zindonidur murakkab metaforaga misol boʻla oladi. Metafora Bobur kuchi ikki obrazni ustma-ust qo’yish, yor-gul, poz-gul, soch-rayhon, soch-zanjir, sel-kuz yoshi, rad-kungil afgoni, nyakdagi chukurcha-gohida zakan qamoqidur. Bobur-gul-suzi orqali yorning chiroyini, goʻzalligini ochadi. Oʻzini esa bu gul ishqida “parishonu havoyi” ekanligini “zarra yangilig kimki bir xurshid sargardoni” ekanligini aytsa, “gul shamolini yopkon ul gulning ikki rayhonidur, ul musalsal ikki zulfi gul ustida, gul uza ognar, magar ikkining davridur” deb yorning gul yuziga tushgan sochlariga xavasi keladi. Unga yetolmay “Sel emasdur yer yuzini tutkon kuzimning yoshidur. Rad emasdur kukka chirmashgan koʻngul afgonidur” deb nola qiladi. Poetik metafora Sanʼatda xamma narsaning oʻz oʻrni bor, metafora esa bezak emas, balki ifodalab boʻlmaydigan narsani ifodalovchi vositadir. “Metafora, agar u qotib qolgan boʻlmasa, u borliqni individual taʼkidlashning, subyektiv yolgizlanishning vositasidir” (Vinogradov V.V.). Oʻttizinchi yillarda lingvist G.Stern shunday deb yozgan edi. “Metafora fikr va siz uchun tillarni tingladi, ular gapda ifodalanmaydi, yoki yetarlicha anik ifodalana olmaydilar. Metaforaning kimmati referentga yangi atributlar koʻshish bilan belgilanadi”. So’z va iboralarda yetishmayotgan obrazlilikni shoir boshqa so’z na boshqa iboradan obrazlilikka qoʻshish bilan ifodalanayotgan predmetning belgi va xususiyatlarini boyitadi va yanada obrazdirok qilib beradi. Yeluvchi o’z tuygularini yanada aniqroq ifoda qilib berishga xarakat qiladi. Bu xususiyatlarni qabul kilish oʻquvchidan xam usha darajada akl- zakovatni, bilimni talab qiladi. xech kachon yosh bola Navoiy, Bobur, Shekspir, Gyote va shu kabi ulug’ shoirlarning asarlarini o’qib tushuna olmaydi, nafakat bolalar, balki kattalarning hammasi xam bu darajaga erisha olmaydilar. Erishgan taqdirda ham har safar ularni o’qir ekan yangi bir tomonini, yangi bir xis-tuyguni, extirosni topadilar. Atoiydan bir sheʻr ko’raylik: Buyung sarvu ruhidur tonga loyiq, Ne bir bogu ne bir bustonga loyiq Ne shabnam donasidur tishlaringkim Bulibtur g’unchay xandonga loyiq Aziz tuhfa erur mexmonga loyiq Hayolinda ko’ngilda jon berurmen Mekum koʻnglumdasen, ey xusn sanji Bale xar ganj vayronga loyiq Tabibo, dardi sar berma mangokim Mening dardim emas darmonga loyiq Atoiy so’zini eysultoni xusn loyiq Ki, derlar “Yaxshi” dur sultonlarga loyiq Bu yerda yor vasf kilmokda. Atoiy uni uziga xos yul bilan taʼriflaydi. Buyini odatiy sarai ravonga oʻxshatadi, lekin uni na bogu, na bir bustonga loyik koʻrmaydi, balki uni jonga loyik ko’radi. Agar birinchi metaforada odatiy, xar kunlikka aylangan metafora “buy-sara-ravoim bulsa, ikkinchi metafora faqat Atoiygagina taalluqlidir. «Bu sarai ravonning jonga loyiqligi. Og’iz odatiy metafora «gunchai xandon” bilan berilsa, tishlar oʻziga xos individual metafora “shabnam donasidur” deyiladi. Uchinchi baytdagi metaforalar esa Atoiyning shaxsiy metaforasidir. “Xayolingga ko’ngulda jon beraman Aziz tuxfa erur mexmonga loyiq” Keyingi bayt ham shu yoʻsinda tuzilib, Atoiy oʻz kungilini vayronayu yor xusnini esa uni bezaydigan ganj deb ifodalaydi. Oʻzining esa exson tilovchi gadoy va tuzalmas dardga uchragan kasal ekanligini aytadi. Oxirida esa aytilgan soʻzlarning dur ekanligini, bu dur esa “Sultonlarga loyik” ekanligini aytadi. Berilgan sheʼrdan koʻrinadiki, metaforaning chegarasi yo’q. U shaxsdan farq qiladi. har bir shoir yoki gapiruvchi metafora orkali oʻzining dunyoni bilish, sezish, qabul qilish, ifodalash qobiliyatini kursatadi. Kishi qanchalik bilimdon boʻlsa, qalb extirosi, his tuygulariga boy boʻlsa, uning metafora ishlatish darajasi yuqori boʻladi. Endi metaforaning gapda qanday yo’l bilan amalga oshirilishini koʻrib chiqamiz. Yuqorida aytib oʻtganimizday soʻz maʻnosini tanlaydi, ajratadi, qarama-qarshi koʻradi va oʻxshatadi. Agar shu nuqtai nazardan xar bir soʻz jamlansa, undan ot predmetlar maʻnosini jamlaydi. 1 Мирзиёев Ш. Ўзбекистон халқига байрам табриги // Халқ сўзи, 2020 йил 21 октябрь. 2 Мирзиёев Ш. Ўзбекистон халқига байрам табриги // Халқ сўзи, 2021 йил 21 октябрь. 3 Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Жиззах: Сангзор, 2007. – Б.231. 4Содиқов Қ. Омонов Қ.О. Ўзбек тилининг ёзма услублари тарихидан. http://azrefs.org/osimjon-sodiov-udratulla-omonov-zbek-tilining-ezma-uslublari-t.html?page=9 5 Қаранг: Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубияти асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992.; Иброҳимов С. Ўзбек тили нутқ маданиятига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. 1964, 5-сон.; Бегматов Э. Ўзбек нутқ маданияти масалалари // Ўзбек тили ва адабиёти. 1980. – Б.4.; Хўжаева Л. Нотиқлик санъати. – Тошкент, 1967.; Иброҳимов И. Нутқ маданияти ва адабий талаффуз ҳақида. – Тошкент: Фан, 1972.; Ўринбоев Б. Сўзлашув нутқи. – Тошкент: Фан, 1979.; Иномхўжаев С. Нотиқлик санъати асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1982.; Қўнғуров Р., Каримов С., Қурбонов Т. Нутқ маданияти асослари. – Самарқанд, 1985.; Абдураҳмонов Ҳ., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. – Тошкент, 1981.; Қудратов Т. Нутқ маданияти асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1993.; Тожиев Ё., Ҳасанова Н., Тожиматов Ҳ., Йўлдошева О. Ўзбек нутқи маданияти ва услубияти асослари. – Тошкент, 1994.; Рахматуллаева Б. Х. Этикет форма обрашения и привлечения внимания в современном русском языке (в сопоставлении с узбекским).Автореф. дисc... канд. филол. наук. – Тошкент, 1992.; Искандарова Ш. Ўзбек нутқ одатининг мулоқот шакллари. Филол. фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган дисc. автореф. – Самарқанд, 1993. 6 (Askoldov S.A., 2003; Gruzberg L,A,, 2003; Stepanov YU.S., 1997; Frumkina R.M., 1991; Safaryan R.D, 2002; Vorkachev S.G, 2003; Zolevskaya A.A, 2001; Miller D.A, 1990; Pavilenis R.I, 1983 7 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-том. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. 8 Voloshin M., 1923. 9 Qahhor A., Qo’shhinor romani, Toshkent, O’qituvhi, 1947, - B.45. 10 O’zbek tilining izohli lug’ati, Toshkent, “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 582-bet. 11 A. Shomahmudov va boshqalar, “O’zbek tili stilistikasi” Toshkent. 1983, 236 bet 12 I.V.Arnold, “Cтилиcтика cовременногоанглиcкого язика”, Ленинград 1973 cтр 146 13 L.T.Bobohonova, Ingliz tili stilistikasi, Toshkent 1995, 41 bet 14 De La Mare, Silver,Faber Faber Children’s 2019 London 15 Jamol Kamol , Shekespir asarlari tarjima toplami, 1990, O’zbekiston nashriyoti, 4- tom, - B.23. 16 Abdulla Qodiriy, Jinlar bazmi, Cho’lpon n, Toshkent 2004, 24-bet 17 Abdulla Qodiriy, Tinch ish, “Tong” jurnali 1920-yil 2-son 56-64-betlar. 18 Abdulla Qodiriy, O’tgan kunlar, “Inqilob” jurnali 1926-yil 19 Jamol Kamol , Shekespir asarlari tarjima toplami, 1990, O’zbekiston nashriyoti, 4- tom, - B.45 20 Jamol Kamol , Shekespir asarlari tarjima toplami, 1990, O’zbekiston nashriyoti, 4- tom, - B.78 21 Jamol Kamol , Shekespir asarlari tarjima toplami, 1990, O’zbekiston nashriyoti, 4- tom, - B.76 Download 56.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling