I bob. Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi reja


Download 22.26 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2023
Hajmi22.26 Kb.
#1650706
  1   2   3
Bog'liq
Молия


I bob. KORPORATIV MOLIYANING MOHIYATI VA UNING TASHKIL
ETILISHI
Reja:
1.1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va prinsiplari
1.2. Biznesni tashkil etishning korporativ shakllari
1.3. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritishning oʻziga xos
xususiyatlari
1.4. Korporativ moliyaviy siyosat va uning oʻziga xos xususiyatlari
Tayanch soʻz va iboralar: moliya, korporativ, korporativ moliya, moliyaviy
munosabat, prinsip, biznes, tashkiliy-huquqiy shakl, korporativ moliyaviy siyosat,
oʻzini oʻzi moliyalashtirish, majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
1.1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va prinsiplari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy vazifasi
sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. Erkin bozor
munosabatlarida bozorning har qanday sub’ekti sotuvchi va xaridor sifatida
qatnashishi mumkin. Bu jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ
moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul
mablagʻlarining sub’ektlar oʻrtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning
yuzaga kelish asosiy shartidir.
Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini
yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini
anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va
taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida
xizmat qiladi.
Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati
bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa oʻz mulkida,
xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan
hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz
nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni
amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va
javobgar boʻla oladigan tashkilotni anglatadi.
Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni
iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha guruhlash mumkin:
– ta’sischilar oʻrtasida;
– alohida korxonalar oʻrtasida;
– korxonalar va ularning boʻlinmalari oʻrtasida;
– korxonalar va ularning ishchi-xodimlari oʻrtasida;
– korxonalar va yuqori turuvchi tashkilotlar oʻrtasida, moliya-sanoat
guruhlari tarkibidagi biznes sub’ektlari oʻrtasida, xolding tarkibidagi biznes
sub’ektlari oʻrtasida;
– korxonalar va davlat moliya tizimi oʻrtasida;
– korxonalar va bank tizimi oʻrtasida;
– korxonalar va sugʻurta kompaniyalari oʻrtasida;
– korxonalar va fond birjalari oʻrtasida;
– korxonalar va investitsiya institutlari oʻrtasida.
Korxona pul mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli
fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining oʻz maqsad va vazifalari belgilanadi.
Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali xoʻjalik faoliyatini kerakli
mablagʻlar bilan ta’minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni
kengaytiradi; pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy
texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani oʻzlashtiradi va joriy etadi;
sub’ektlarni iqtisodiy ragʻbatlantiradi; budjet, bank va hokazolar bilan hisob-
kitoblarni amalga oshiradi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, korporativ moliya moliya tizimida muhim rol
oʻynaydi. Shu bois moliya tizimining mazkur boʻgʻinini samarali tashkil etish va
rivojlantirish aniq prinsiplarga asoslanadi. Ular korporativ tuzilmalarning ta’sis
hujjatlarida belgilab qoʻyilgan maqsad va vazifalar bilan bevosita bogʻliq va ular
quyidagilar:
– moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish;
– oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash va oʻz-oʻzini moliyalashtirish;
– aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga
ajratish;
– moliyaviy zaxiralar tashkil etish.

Download 22.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling