I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…
Radiotoʻlqinli nazorat usulining amalga oshirilish jarayoni
Download 1.21 Mb.
|
I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radiotoʻlqinli nazoratni amalga oshirishda qoʻllaniladigan asboblarning ayrimlari keltirilgan.
Radiotoʻlqinli nazorat usulining amalga oshirilish jarayoni.
Putur yetkazmaydigan nazorat usullaridan biri boʻlgan radiotoʻlqinli nazoratlarni amalga oshirish jarayonida quyidagi turdagi qurilmalardan foydalanish mumkin: - radiotoʻlqinli defektoskoplar; - strukturoskoplar va qalinlik oʻlchagichlar; - radiointroskoplar; - reflektometrlar; - ellipsometrlar, zichlik oʻlchagichlar; - radiotoʻlqinli oʻzgartkichlar va b. Radiotoʻlqinli nazoratni amalga oshirishda qoʻllaniladigan asboblarning ayrimlari keltirilgan. Ultratovushli defektoskop EPOCH LT Qoplamalar qalinligini oʻlchash asbobi (tolshinomer) a) b) Radiotoʻlqinli nazoratni amalga oshirishda qoʻllaniladigan asboblar: a) Metallar qalinligini oʻlchash asbobi (tolshinomer); b) Strukturoskop МЕТЭК-М Xulosa Xulosa qilib shuni ayta olamizki yuqori sifatli maxsulot yaratishda, maxsulotning umrboqiyligi uzoq muddatlarga yetishi uchun sifat nazoratning tizimli ravishda takomillashtirishimiz kerak. Mahsulotning qayerda ishlatilishiga qarab material tanlashimiz kerak. Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bogliq bolsa, turli xil muammolar paydo boladi. Bu va shunga oxshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi vazifani bajaradi. Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish faoliyatining roli kattadir, chunki har qanday texnologik jarayonlarni bir me'yorda ishlashi, ularni har bir bosqichida me'yoriy hujjatlarning bajralishiga qanchalik rioya qilinishi, jamoaning mehnat va texnologik intizomi hal qiluvchi rol o'ynaydi. Misol uchun: bugungi kurs ishimizda mahsulot sifatini nazorat qilishning radiasion usulini afzallik va kamchiliklarini ko’rib chiqdik. Radiasion usul afzalliklariga misol qilib aytadigan bo’lsak mahsulot sifatini nazorat qilish nuqsonlarni aniqlashda keng qoʻllaniladi, bu usul yordamida materialning bir jinsliligi va butunligi nazorat qilinadi. Bunda jismda yoriqlar, teshiklar, gʻovakliklar, metall va nometall qoʻshimchalar, qirralarning siljishi va boshqalarning mavjudligi nazorat qilinadi. Radiatsion usullarning kamchiliklariga quyidagilarni koʻrsatish mumkin: - tadqiqotning aniqligi elementlarning, ya‘ni nurlanish manbayi, detector (qabul qilgich), shuningdek nurlanish trubasining fokusini toʻgʻri tanlashga bog‘liqligi. Faqat mukammal geometrik parametrlar mavjud bo'lganda, tadqiqot aniq natijalarni beradi; - sezgirlikning chaklanganligi. Hatto eng aniq nuqson defektoskoplarining ham imkoniyatlari cheklangandir va ular qurilmaning sezgirlik chegarasidan tashqari sohalardagi nuqsonlarni qayd eta olmaydilar; - aniqlik yoritilganlikning yoʻnalishiga bogʻliq. Misol uchun, agar yoriqni namoyon boʻlish tekisligi yoritilish yoʻnalishiga to‘g‘ri kelmasa, bunday nuqsonni sezish muammoli bo‘lishi mumkin; - koʻp sonli qismlar bir-birining ustiga qoʻyilganda, nuqsonlar koʻrinmay qolishii va oʻrganilayotgan obyekt ostida joylashgan qismlarning konturlaridan farq qilmasligi mumkin. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling