I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ramzlari
- BIRINCHI BOSQICH : Davlat bayrog’i
KIRISH:
Davlat – bu jamiyatning harakatlanishida muhim rol o’ynovchi alohida o’z qonun – qoidalariga ega bo’lgan rasmiy tashkilotdir. Uning faoliyati jamiyatning, ayniqsa jamiyat taraqqiyotining hamma sohasiga ta’sir qiladi. U xalq vakolati tufayli mavjud bo’ladi, shakllanadi va o’ziga tegishli vakolatni o’zining maxsus tuzilmalari – davlat organlari orqali amalga oshiradi. Agar davlat xalq manfaatini ko’zlasa, unga ijtimoiy hayotda, davlat ishlarida, xo’jalik yuritishda erkinlik bersa, tinchlik siyosatini yurgizsa, bunday davlat demokratik davlat deyiladi va bunday davlatning taraqqiyoti bardavon bo’lib boraveradi. Agar davlat xalqning erkinligini cheklasa, taraqqiyotga to’sqinlik qilsa, zo’ravonlik bilan ish olib borsa, bunday davlat reaksion davlat deyiladi. Umuman olganda, “Davlat” so’zi ko’pincha “mamlakat” ham deb yuritiladi. Davlat o’ziga xos va mos qonunlarni ishlab chiqadi va ular iste’molga kiritilgandan keyin, o’sha davlat ishlab chiqilgan qonunlarga so’zsiz amal qilinadilar. Davlat ramzlari – Asosiy qomusimiz bo’lmish, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 5 – moddasida belgilangan va ular Davlat bayrog’i, Davlat gerbi, Davlat madhiyalaridan iboratdir. Bular mamlakatimizning mustaqilligini belgilovchi ramziy belgilar bo’lib, ularning tuzilishi, shakli, maqsadi, ishlatilishi mamlakatimizning maxsus qonunlari bilan tasdiqlangan. BIRINCHI BOSQICH: Davlat bayrog’i. Давлат байроғи ҳар бир мамлкатники бўлгани каби, Мустақил Ўзбекистон Республикамизнинг ҳам байроғи бор. Унда мамлакатимизнинг табиати, халқнинг миллий ва маданий sohalarining muhim belgilari aks ettirilgan. Davlat bayrog’imiz mamlakatimizning maxsus qonuni bilan tasdiqlangan va bu qonunlarda bayrog’imizni qayerlarga o’rnatish mumkinligi ham ko’rsatib o’tilgan. Davlat bayrog’ining ko’rinishi, rangi va undagi belgilarning har biri o’z mazmun – mohiyatiga ega. Ular quyidagilar: O’zbekiston bayrog’idagi moviy rang Sharqda azal – azaldan qo’llanilib, niyat qilinib kelingan moviy osmon va musaffo suv ramzidir. Bunday jihatga xalqimiz Zardo’shtiylar davridan biri orzu – havas bilan qaraydi; Oq rang esa tinchlik va poklik ramzini ifodalaydi; Bayroqdagi qizil yo’llar hayot ramzi bo’lib, u tomirlarda oqayotgan qonga, ya’ni tiriklikka timsollanadi; Bayrog’imizdagi yashil rang Mamlakatimizning jo’shqin va go’zal tabiatidir; Yarim oy va yulduzlar esa musaffo osmon va tinchlikni bildiradi. Davlat bayrog’i to’g’risidagi maxsus qonun 1991 – yil 18 – noyabrda qabul qilingan. Aziz bolajonlar Davlat bayrog’i ham davlat ahamiyatiga ega bo’lgan yurtimiz ramzi ekan. Shuning uchun ham Muhtaram yurtboshimiz biror chet davlatga borganda albatta o’sha davlat boshlig’i bilan bir joyda tik turib, u yerda davlat bayroqlari ko’tarilib, madhiya ijro etiladi. Yoki dunyo bo’yicha xalqlar olimpiada, spartakiada, festivallarda va shu kabilarda Davlatimiz bayrog’i baland ko’tariladi. Demak, Davlat bayrog’imiz bizning ham faxrimiz, ham g’ururimizdir. Aziz bolajonlar e’tibor bering! Bizning bayrog’imiz mamlakatimizning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ifodasidir. Aziz bolajonlar unutmang! Bizning bayrog’imiz yurtimizda oldin mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayrog’iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiati xususiyatlarini, xalqining milliy va madaniy qadriyatlaridagi o’zligini aks ettiradi. Bayrog’imiz to’g’risida kimda qanday fikr bo’lsa, o’ylab turinglar, mashg’ulotning yakuniy qismida bu haqda suhbatlashamiz. Endi Davlat bayrog’imiz to’g’risida quyidagi to’rtliklarni eshiting! Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling