2.5. “Ma’naviyat saboqlari” darslariga metodik tayyorgarlik
“ Biz bugun barpo etayotgan yangi hayot, yangi jamiyatni, avvalambor, o’zimiz uchun, o’nib – o’sib kеlayotgan, bu-gun boshlagan ishlarimizni ertaga davom ettirishga qodir bo’lgan bolalarimiz uchun qurmoqdamiz”
Islom Karimov
O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasi, O’zbek xalqining ozod va obod Vatan, erkin va demokratik jamiyatni barpo etish yo’lidagi ezgu maqsadlarini, shuningdek, mustaqillik mafkurasining asl mazmun mohiyatini bog’chadan tortib to keng xalq ommasigacha batafsil har tomonlama tushuntirish bugungi mustaqillik gullab – yashnayotgan davrning
eng dolzarb muammosidir. Bunday dolzarb muammolarni hal qilish esa mamlakat-imiz barcha ongli aholisining ma’naviy saviyasini yuksaltirmasdan amalga oshirib
bo’lmaydi. Bu ham o’ziga yarasha dolzarb muammo va u bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi ustuvor masalalardan biridir. Bu borada qator meyoriy hujjatlar (Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar mahkamasi qarorlari) qabul qilinmoqda. Shaxsan muhtaram Prizidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq “Ma’naviyat insonning, xalqning, davlatning, jamiyatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hyech qachon baxt saodat bo’lmaydi. Nafaqat puxta tarix, balki yangi tarix ham buning ko’plab misollarini beradi”, degan edilar.
Demak, ma’naviyat nafaqat inson, balki davlat va jamiyat taraqqiyotining ham asosiy negizi bo’lib hisoblanadi. Shu sababli ham xalqimizda hamda yurtimizda jamiyat taraqqiyoti saviyasiga mos ma’naviy yangilanish ham bardavon bo’lmog’i lozim.
Bizning mamlakatimizda ma’naviy yangilanish mustaqillikka erishganimizdan keyin yangicha tus oldi va o’z qadr – qimmatini topdi. Bu – avvalo, bunyodkor o’zbek xalqimizning boy milliy - ma’naviy merosini xolisona o’rganish va ular bilan g’ururlanish imkoniyatlarini berdi. Ayni paytda bu orqali yoshlarimizni shu qadriyatlar ruhida tarbiyalashga va o’zlikni anglashga ham, ma’naviy yuksalishga ham har tomonlama shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ma’lumki, inson e’tiqodsiz, g’oyasiz, fikrlarsiz yashay olmaydi. Har tomonlama barkamol shaxs va uning e’tiqodi masalasi muhim muammolardan bo’lib, uning shakllanishi mohiyatan ijtimoiy omillarga bevosita bog’liq, deb qaraladi. Bu masalaga e’tiborning ortib borayotganining boisi shundaki, shaxsdagi mafkuraviy immunitetning shakllanishida undagi ezgu g’oya va iymon-e’tiqot muhim ahamiyatga egadir. Agar biz yoshlarimizda bolalikdan bunday dunyoqarashni shakllantira olsak, ular ma’naviyati boy, mustaqil fikrli va oliyjanob shaxs bo’lib voyaga yetadi. Bunga to’liq imkoniyatlarimiz bor, buni oiladan boshlasa ham bo’ladi. Bu borada olib borgan ishlarimiz natijalari ham bunga imkoniyat borligini ko’rsatdi [23 – 24].
MTM da ushbu maqsadda olib boriladigan mashg’ulotlarga metodik tayyorgarlik ko’rishga oid ma’lumotlarni keltiramiz. Ular asosan quyidagi asosiy qismlardan iborat bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |