I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet58/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

Foydalaniladigan metodlar:

4.1. Bolalar ongiga ta’sir e’tuvchi metodlar:

  • Ma’naviyat haqidagi suhbatlar. Bunda ma’naviyat, ma’naviy qiyofa, ma’naviyatli odam, ma’naviy kamolot, ma’naviyat-millat qiyofasi, ogohlik, tinchlik va erkin hayot, giyohvandlik, SPID - davr vabosi, otalar so’zi – aqlning ko’zi, milliy urf – odatlar va an’analar va shu kabilarga e’tibor beriladi;

  • Hikoya. Bunda yaxshi xulq, ezgulikni math etuvchi ma’lumotlar beriladi;

  • Tushuntirish. Bunda muayyan holat yoki hodisa to’g’risida ma’lumot beriladi va bolalar ongiga ularning ham ijobiy, ham salbiy tomoni singdiriladi;

  • Namuna ko’rsatish. Bunda ustoz va murabbiylarning shaxsiy ibrat-namunasi e’tiborga olinadi hamda “Ibrat – namuna - hayot dorilfununi” ruknidagi faoliyatni doimo yuritib turish e’tiborga olinadi;

  • Kishining ijobiy xislat va fazilatlari, insonning oliyjanobligiga ishontirish. Bunda xalq qahramonlari, donishmand va allomalar, davlat arboblarining turmush tarzidan foydalaniladi;

  • Baxs – munozaralar uyushtirish. Bunda qutlug’ sanalarni nishonlash bo’yicha allomalarning ma’naviy – axloqiy tarbiyaga oid qarashlari bo’yicha, kasb-hunar haqida, giyohvandlik va terrorchilik hamda ularning salbiy oqibatlari to’g’risida, ma’naviy yetuk va manaviy qashshoq odam haqida, mustaqillik va yoshlar haqidagi mavzularni oldindan loyihalashtirib olinggan rejalarga e’tibor beriladi;

  • Uchlashuvlar. Bunda bolalar ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi yig’inlarga e’tibor beriladi;

  • Tanlovlar o’tkazish. Bunda “Krassvord” yechish, “Rebus” tuzish va yechish, “Boshqotirmalar” tayyorlash, “Aql - zakovat” o’yinini uyushtirish, “Oltin toj” o’yini va shu kabilardan foydalaniladi;

  • Sahnaviy mashg’ulotlar o’tkazish. Bunda bolalar aqliy salohiyatiga mos sahna ko’rinishlari tayyorlashga e’tibor beriladi;


  • Download 0.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling