Mashg’ulotga tayyorgarlik:
Mashg’ulot maqsadi va vazifalarini anglash;
Mashg’ulotga qatnashuvchi bolalar uchun rag’batlantiruvchi omil va unga qo’yiladigan mezonni aniqlash (Sovrinlar va ular o’rinlari haqida);
Mashg’ulot uchun optimal variantni (qulay vaqt va joy bo’yicha) tanlash va ularga mos imkoniyat va sharoitlarni tayyorlash;
Bolalar ishtiroklarini hisobga olishga varaqlar tayyorlash va unda shkalalarni belgilab qo’yish;
Kutiladigan natijalarni loyihalashtirish;
Faoliyat turi va o’quv mashg’ulotining vaqtini belgilab olish;
O’quv materiallari va vositalarini tayyorlash: vatman qog’oz, ekran, magnitli taxta, flomasterlar, markerlar, maketlar, video ikkilik va mashg’ulot mazmuniga mos qilib tayyorlanggan disklar va hokazo.
Tarqatma materiallarni tayyorlashga qo’yilgan talablar:
Tayyorlanggan materiallar rejalashtirgan mavzuning mazmun - mohiyatini chuqurroq o’rganishga xizmat qilishi kerak va mashg’ulot agar biror maket yoki buyum yasalishiga mos bo’lsa, ular rejalashtirilgan natijaga ham mos kelishi kerak;
Tarqatma materiallar bir dars mashg’ulot uchungina tayyorlanmasligi kerak, balki undan o’xshash mavzularni o’tkazish uchun foydalanish mumkin bo’lsin;
O’quv materiallari va vositalari barcha bolalarga yetarli bo’lsin, asosiysi, ya’ni kattarog’i (hamma uchun ko’rinadigan qilib tayrlanggani) tarbiyachi stoli ustida taxt bo’lsin;
Bolalar I.F.O. va uning to’g’risida ularning dars mashg’ulotlari paytidagi yutuq va kamchiliklarini belgilovchi joylari ham bo’lsin.
Tashkiliy masalalar:
Joyning yetarliligi va qulayligini yana bir ko’rib chiqish kerak, chunki bu mashg’ulotga qiziqib, boshqa kishilar ham kirishi mumkin;
Xona ichida bolalar erkin harakat qilishiga hamda o’quv materiallaridan bemalol foydalanishga sharoit yaratilishi kerak;
Dars mashg’ulotlarida darsga xalaqit bermasligi chora – tadbirlarini oldindan belgilash;
O’quv vositalarining bemalol ishlashini nazorat qilib qo’yish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |