5. “Ma’naviyat saboqlari” darslarining texnologik xaritasi.
Bu yerda, avvalo, texnologiya va texnologik xarita terminlariga izoh beraylik.
Texnologiya – yunoncha so’z bo’lib, u “tehne” (ma’nosi “Mahorat” va “san’at” so’zlariga to’g’ri keladi) va “logos” (“fan” va “ta’limot” so’zlariga to’g’ri keladi), degan so’zlardan tashkil topgan. Uning yordamidagi manbalarda sifat o’zgarishlarini amalga oshirish mumkin.
Texnologiya zamirida o’rganilayotgan manbadagi jarayonlar kechishini amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlarni yuzaga chiqarish yotadi va uning natijasida obyektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlari namoyon bo’ladi.
Texnologik xarita - bu o’qitish faoliyatining bajarilishi bo’yicha amalga oshiriladigan amaliy ishlar majmui bo’lib, uni loyihalash pedagogik mahorat cho’qqisi hisoblanadi, chunki mashg’ulot davomida bajariladigan amaliy ish jarayoni texnologik xaritada qoidali tarzda tasvirlanadi. Shuning uchun ko’pgina murabbiy va tarbiyachilarimiz o’z kasbiy faoliyatida texnologik yondoshuvga katta ahamiyat bermoqda. Bunga sabab – bu mashg’ulotning aniq kutilgan (rejalashtirilgan) natijalariga erishishni ta’minlovchi uzluksiz jarayondir.
Endi “Ma’naviyat saboqlari” darslarining namunaviy texnologik xaritasini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |