Foydalaniladigan metodlar:
4.1. Bolalar ongiga ta’sir e’tuvchi metodlar:
Ma’naviyat haqidagi suhbatlar. Bunda ma’naviyat, ma’naviy qiyofa, ma’naviyatli odam, ma’naviy kamolot, ma’naviyat-millat qiyofasi, ogohlik, tinchlik va erkin hayot, giyohvandlik, SPID - davr vabosi, otalar so’zi – aqlning ko’zi, milliy urf – odatlar va an’analar va shu kabilarga e’tibor beriladi;
Hikoya. Bunda yaxshi xulq, ezgulikni math etuvchi ma’lumotlar beriladi;
Tushuntirish. Bunda muayyan holat yoki hodisa to’g’risida ma’lumot beriladi va bolalar ongiga ularning ham ijobiy, ham salbiy tomoni singdiriladi;
Namuna ko’rsatish. Bunda ustoz va murabbiylarning shaxsiy ibrat-namunasi e’tiborga olinadi hamda “Ibrat – namuna - hayot dorilfununi” ruknidagi faoliyatni doimo yuritib turish e’tiborga olinadi;
Kishining ijobiy xislat va fazilatlari, insonning oliyjanobligiga ishontirish. Bunda xalq qahramonlari, donishmand va allomalar, davlat arboblarining turmush tarzidan foydalaniladi;
Baxs – munozaralar uyushtirish. Bunda qutlug’ sanalarni nishonlash bo’yicha allomalarning ma’naviy – axloqiy tarbiyaga oid qarashlari bo’yicha, kasb-hunar haqida, giyohvandlik va terrorchilik hamda ularning salbiy oqibatlari to’g’risida, ma’naviy yetuk va manaviy qashshoq odam haqida, mustaqillik va yoshlar haqidagi mavzularni oldindan loyihalashtirib olinggan rejalarga e’tibor beriladi;
Uchlashuvlar. Bunda bolalar ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi yig’inlarga e’tibor beriladi;
Tanlovlar o’tkazish. Bunda “Krassvord” yechish, “Rebus” tuzish va yechish, “Boshqotirmalar” tayyorlash, “Aql - zakovat” o’yinini uyushtirish, “Oltin toj” o’yini va shu kabilardan foydalaniladi;
Sahnaviy mashg’ulotlar o’tkazish. Bunda bolalar aqliy salohiyatiga mos sahna ko’rinishlari tayyorlashga e’tibor beriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |