1 – savol: G’oyalar nima, u fikrdan qanday farq qiladi?
Javob: “ORIYAT” guruhi – fikr bir kishining ma’lumoti. G’oya – hayot va odamlar turmush tarzi hamda hayot qonuniyatlarini o’rganish va anglash natijasida kelib chiqadigan fikrlar majmui.
2 – savol: Shaxs ichki madaniyatini anglatuvchi vosita nima?
Javob: “ORIYAT” guruhi–odamning xushmuomalaligi, tili shirinligi, muloyimligi va gapirishining aniq va chiroyliligi.
3 – savol: Insonning tashqi ko’rinishi, hatti – harakati, xulq – atvori, muloqot madaniyatidan nimani anglash mumkin?
Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – ma’naviy qiyofasidan, chunki ma’naviyatli odamning tashki va ichki ko’rinishi go’zal bo’ladi, xalq – atvori va hatti – harakatli madaniyatli odamniki bo’ladi, muomalasi muloyim bo’ladi.
4 – savol: Ma’naviy yangilanish nima?
Javob: “VATANPARVAR” guruhi – bu xulqimizning boy tarixiy, milliy – ma’naviy merosini o’rganish asosida ma’naviy yuksalishga harakat qilish.
TARBIYaChI: Savolni to’ldiruvchilar bormi?
5 – savol: milliy va umuminsoniy qadriyatlarni kim sanab beradi?
Javob: “MADANIYAT” guruhi – Vatanparvarlik, milliy g’urur, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon – e’tiqodlilik, halollik, vijdonlilik, poklik va tozalik, erkinlik va mustaqillik, odillik va soflik.
TARBIYaChI: Qo’shimcha qiluvchilar bormi?
“MA’NAVIYAT” guruhi–baynalminalchilik, yangilikka intiluvchanlik, donishmandlarimiz o’git va maslahatlariga amal qilishlik.
6 – savol: Barkamol inson qanday bo’lishi kerak?
Javob: “MA’RIFAT” guruhi – erkin fikrlaydigan bo’lishi kerak, ongli yashaydigan bo’lishi kerak, o’ziga mustaqil va ma’naviyatli odam bo’lishi kerak.
7 – savol: Ong nima?
Javob: “MA’RIFAT” guruhi – Ong ham, aql ham odam miyasining mahsuli. Odamning ongi juda ko’p narsa va xodisalarni bilish quvvatiga ega.
8 – savol: O’zbek xalqining o’ziga xosligi nimada?
Javob: “ORIYAT” guruhi – o’zbek xalqi o’zligini biladi. Ularning niyati toza, iligi to’q. Mehmondo’st, bag’ri keng. O’zbek xalqining palagi toza, ota – bobolari tomonidan qoldirilgan merosni avaylab – asraydi va qadrlaydi, inson qadr – qimmatini biladi. O’zbek xalqi o’zining mustaqil ekanligidan g’ururlanib, faxrlanib yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |