I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yomonlik
Yovvoyilik – kishidagi insonlarga bo’lgan hurmatsizligi, ishonchsizligi, nokamtarligi, qo’polligi, kishilarni o’ziga yaqinlashtirmasligi kabi illatlarning majmuasi. Yovvoyi odamda odamiylik xislati hyech ham bo’lmaydi.
Odobsizlik – kishining xulqiy go’zalligini yo’qotuvchi faoliyat. U jamoadagi, oiladagi sog’lom muhitni yo’qotuvchi vosita yoki asos hamdir. Odobsiz kishidan xalq ham, oilasi ham bezor. Oriyatsiz – bunday kishilar o’zlari va oilalarining izzat – nafslarini, qadrlari bilan hisoblashmaydilar, qadr – qimmat haqida o’ylamaydilar ham, shuningdek, o’zlarining ham qadrlarini bilmaydilar. Oriyatsiz kishi manqurt hamdir. Ularda or bo’lmaydi. Yomonlik – bu odamning boshqa odamlarga nisbatan qiladigan yovuzligi va hattoki o’ziga ham. Ularning ichi qora bo’ladi, doimo burovga yomonlik qilishni ko’zlab ish tutadi. Yomonlik illatlar ichida eng yomon illatdir. Yomonlik o’z egasini tanazzulga uchratadi. Yomonlik ayrim hollarda yaxshilikni ham “yerga kirgizib yuboradi”. Ushbu jarayonni, ya’ni ma’lumotlar ketma – ketligini juda ko’plab davom ettirish mumkin. Ammo vaqt chegarasi bo’lganligi sababli ularni hozircha vaqtincha to’xtatib olamiz va mashg’ulotning davomini kichik guruhlardagi bolalarni jalb qildirib olib boramiz. Kichik guruhlar nomlari bor. Ular: birinchi kichik guruh – “VATANPARVAR”, ikkinchi kichik guruh – “MADANIYAT”, uchinchi kichik guruh – “MA’RIFAT”, to’rtinchi kichik guruh – “MA’NAVIYAT” va beshinchi kichik guruh “ORIYAT”. Hurmatli bolajonlar ma’naviyat – ma’rifatga tegishli ba’zi bilimlarga ega bo’ldingiz va bu haqda oldindan ham tushunchaga egasizlar, endi sizlar bilan birgalikda ma’naviyatlilik va ma’naviyatsizlilik haqida savol – javob o’tkazsak rozimisizlar, deb bolalarga murojaat qilinadi va savol – javob boshlanadi. Bunda murabbiy yoki tarbiyachi savolni o’qiydi va qo’l ko’tarib savolga javob berishga ruxsat so’ragan guruhga ruxsat beriladi. Agarda javobni to’ldiruvchilar bo’lsa, ularga ham ruxsat beriladi. Javoblar uchun maxsus blanka qilinib, javoblar unga qo’shimchalar belgilanib boriladi. Har bir savolga 4 balgacha qo’yiladi. Jami yig’iladigan ball 100 ga teng bo’ladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling