MAVZU: Vatan qahramonlari, deb kimni aytamiz?
MAQSAD: Bolalar ongiga jasorat va fidoyilik hamda ular asosida namoyon bo’ladigan qahramonliklar haqidagi tuyg’uni singdirish.
VAZIFALAR:
Bolalarimizga tarixiy qahramonlarimiz haqida ma’lumotlar berish orqali ulardagi vatanparvarlik tuyg’usini yuksaltirish;
Bolalarimizga “Uyg’onish davrlari”ning Qahramonlarini tanishtirish orqali, ulardagi Vatan qayg’usi haqidagi ma’lumotlarni boyitish;
Bolalarimizga Mustaqillik davri qahramonlarini tanishtirish orqali, ularga hamma davrlarda ham har qanday holatda ham qahramonlar bo’lishi mumkinligi haqida tushuncha berish.
MASHG’ULOT O’TKAZISH SHAROITI:
Murabbiy va tarbiyachi bolalarga darsga qo’yilgan talablarni tushuntiradi;
Bolalarning darsga to’liq tayyor bo’lib o’tirishga vaqt belgilaydi;
Har bir bola mashg’ulot paytida ustozidan mashg’ulotga tegishli yana ma’lumot so’rashi mumkinligini aytiladi va bunda ustozi aytayotgan fikrlar bir to’xtamga kelganda, ya’ni mashg’ulot vazifalari oralig’ida murojaat qilish ma’qulligi ham uqtiriladi;
Murabbiy va tarbiyachi har bir mashg’ulot vazifasini bitta bosqich, deb belgilab oladi. Bunga sabab, mashg’ulot paytida bolalarning fikrini bir joyga jamlab olish oson bo’ladi.
KUTILAYOTGAN NATIJA: Mazkur mashg’ulot MTM dagi “Ma’naviyat saboqlari” darsidan qahramonlar va qahramonlik qilib jasorat ko’rsatish haqida bolalarda tasavvur uyg’otish. Yana bolalar ongida jamiyat taraqqiyotining har qanday bosqichida ham xalqimiz ichidan qahramonlarimiz yetishib chiqishini shakllantirish.
Tarixiy qahramonlarimiz ham, zamonaviy qahramonlarimiz ham yurt tinchligi, xalq farovonligini, Vatanimizni dushmanlardan himoya qilish, yurtimiz tinchligini saqlash muqaddas Vatanparvarlik burch ekanligini o’zlariga qonun qilib olganligini bolalarga o’qtirish.
MASHG’ULOT BAYONI:
Murabbiy va o’qituvchi dars boshlanishdan oldin mashg’ulot uch bosqichdan iborat bo’lishligini e’lon qiladi. Keyin kutilgan natijaga erishdikmi yoki yo’qmi? Shuni aniqlash uchun Sizlar bilan qisqacha (bir nechta) savol – javob o’tkazamiz, deb bolalarni ogohlantirib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |