I bob maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli


Maktabgacha yoshda o’yin faoliyatining bola shaxsini shakllanishiga ta’siri


Download 56.94 Kb.
bet5/7
Sana25.04.2023
Hajmi56.94 Kb.
#1399024
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tog`ayeva Mohigul

2.2. Maktabgacha yoshda o’yin faoliyatining bola shaxsini shakllanishiga ta’siri
Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilishi metodikasini egallagan bo’lishi o’yinlarni muvaffaqiyatli o’tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Harakatli o’yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunga har bir yosh guruhning ish sharoiti hisobga olinadi, chunonchi bolalarni jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi harakat ko’nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog’lig’ining ahvoli, o’ziga xos xususiyatlar, yil fasli, kun tartibi, uyini o’tkazish o’rni, shuningdek bolalar qiziqishlarini o’ziga xos xususiyatlari. Harakatli o’yinlar dastur talablariga muvofiq asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar ongini o’sishi, ular to’plagan harakat tajribasini, maktabga tayyorlash zaruriyatini hisobga olgan holda o’zgartirib turiladi.
Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to’g’risidagi xilma-xil o’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo’lishi lozim:
а) taassurotlar tarkib topishi;
b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muxayyoligi;
v) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi.
Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
D.B.Elkonin o’z tadqiqotida rolli o’yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha, o’yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatini aniqrok aks ettirishi o’yinning mazmunini tashkil qiladi.
A.P.Usovaning tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, rolli o’yin ishtirokchilarining safi yosh ulgayishiga qarab, jinsiy tafovutlarga binoan kengayib boradi:
a) uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruhga birlashib, 3-5 daqiqa birga o’ynay oladilar;
b) 4-5 yoshlilar guruhi 2-5 ishtirokchidan iborat bo’lib, ularning hamkorlikdagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi, o’yin davomida qatnashchilar soni ortib ham boradi;
v) 6-7 yoshli bolalarda rolli o’yinni guruh yoki jamoa bo’lib birga o’ynash istagi vujudga keladi, natijada avval rollar taqsimlanadi, o’yinning qoidalari va shartlari tushuntiriladi (o’yin davomida bolalar bir6irlarining harakatini qattiq nazorat qiladilar).
Mazmunsiz o’yinni tushuntirish qisqa, aniq va ifodali ohangda bo’lishi lozim. Tarbiyachi o’yin harakat izchilligini tushuntiradi, bolalar va o’yin atributlarining joylashish o’rni (kichik va o’rta guruhda buyumlarni mo’ljallab, katta guruhlarda esa mo’ljalga olmay ko’rsatadi) fazo iborasidan foydalangan holda ko’rsatadi va qoidalarni aniqlashtiradi. Shundan so’ng tarbiyachi bolalarga bir necha savollar beradi.O’yinni qoidasi bolalarga tushunarli bo’lsagina o’yin quvnoqlik va uyushqoqlik bilan bilan o’tadi.Musobaqa elementlari mavjud o’yinlarni o’tkazishda tarbiyachi o’yinni tushuntirayotib qoidalarni, o’yin usullarini, musobaqa shartlarini aniqlashtiradi, bolalarni topshiriqlarni yaxshi bajarishga harakat qilishlar va yaxshi uddalashga ishonch bildirgan holda rag’batlantiradi. Tarbiyachi bolalarning jismoniy komoloti va yakka o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqalashayotgan kuchlari teng guruhlar – komandalarni birlashtiradi; o’ziga ishonchsiz, tortinchoq bolalarni faollashtirish maqsadida ularni jasur, faol bolalar bilan qo’shib qo’yadi.
Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o’yinlar katta rol o’ynaydi. MTT yosh davrida harakatining o’sishida o’yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o’yinni tashkil qilishning o’zidayoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o’stirish va takomillashtirish uchun eng qo’lay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o’yinning bola harakatiga ta’sir etishini sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko’nikmalarini subyekt aynan o’yin paytida emas, balki 6yevosita mashg’ulot orqali o’zlashtiradi. Uchinchidan, o’yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Shu boisdan o’yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mustaqil maqsadra aylanadi.
Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o’yinlarda ko’proq so’zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini idpok etishga yordam beradi. Tajribada yig’ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi:
a) o’yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi;
b) shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatgi-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga oshadi.
O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. MTT yoshidagi bolalarda o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini tarkib toptirishga bog’liq psixologik muammoni o’rgangan olimlar fikricha, biror maqsadra yunaltirilgan mashg’ulotga nisbatan o’yinda xulq ko’nikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniksa, bu omil maktabgacha ta`lim yoshi davrining xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o’yindagiga qapaganda yuqoriroq ko’rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o’yin va o’yin faoliyati bolada o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolaning aqliy o’sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o’tish kerakki narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, subyekt o’yin paytida faol hapakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks etttiruvchi harakat rejasiga o’tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga xayoliy ko’rinishga o’tishida unga tayanch nuqtasi bo’lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o’tovchi narsalarning aksariyatidan o’yinda bevosita, obyekt sifatida foydalaniladi. O’yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek, narsa bilan o’yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobida amalra oshiriladi. O’yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil yig’iq shaklga o’tishning asosini tashkil qiladi.



Download 56.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling