I bob. Masalalar yechishning nazariy-metodologik asoslari


Download 118.39 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi118.39 Kb.
#1574650
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-sinf matematika darslarida proporsional bog’lanishli masalalar yechishni o’rgatishning qulay usullari


Mavzu: 4-sinf matematika darslarida proporsional bog’lanishli masalalar yechishni o’rgatishning qulay usullari
REJA:
KIRISH
I BOB. MASALALAR YECHISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Masalalar va ularning turlari
1.2. Masalalar yechishning pedagogik-psixologik asoslari
II BOB. 4-sinf matematika darslarida proporsional bog’lanishli masalalar ustida ishlashda pedagogik yondashuv
2.1. Boshlang’ich sinf matematika darslarida proporsional bog’lanishli masalalarni yechishga o’rgatish usullari
2.2. 4-sinf matematika darslarida proporsional bog’lanishli masalalarni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari
Xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o‘quv faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari, tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Buning ahamiyatini muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning ― “Barkamol avlod yili davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida “O’qitishning sifatini oshirish, DTS, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish bilan birga, ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish” muhim vazifalarimizdan ekanligi alohida ta’kidlangan.
Respublikamizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar ta’lim tizimini to‘liq axborotlashtirishni, an’anaviy o‘qitish mazmunini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, o‘quv fanlarini integratsiyalash, o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. Bu o‘z navbatida ta’lim muassasasida yagona axborot ta’lim muhitini shakllantirish, axborotlar bazasini yaratish va undan samarali foydalanish, o‘quv, me’yoriy hujjatlarni fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Bu haqda hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham o’z nutqida shunday ta’kidlagan edi:
Biz ta`lim va tarbiya tizimining barcha bo`g`inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o`zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy tahlili, birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirib o‘zlashtirish, har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish, nazariy bilimlarning rolini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan. Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari, o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar va o‘quvchilar uchun tajriba-sinov qo‘llanmalari mualliflari mashqlar to‘plami (o‘quvmateriallari) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligigato‘xtalib o‘tishgan. Didaktika va ta‘lim metodikasining xususiy masalalariga bag‘ishlangan ishlardabumuammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni tashkil etish vositasi sifatida ta’limtexnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin elementlaridan foydalanish masalalari yetarli darajadao‘rganilmagan. Boshlang‘ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil bilishfaoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati masalalar yechish texnologiyasining ilmiyasoslangani bilan birga ―Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini, jumladan, masofa, tezlik, vaqt orasidagi bog`lanishlarni amaliy ravishda ma’lum darajada takomillashtirib borish maqsadida, kurs ishimizning mavzusini ― “4-sinf matematika darslarida proporsional bog’lanishli masalalardan foydalanish” deb nomladik.
Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni tashkil etishda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati mustahkamlanadi, agar amallar bajarishga doir tasavvur komponentlari alohida-alohida tuzilib, masofa, tezlik va vaqt topishga doir masalalar yechishni o‘rgatish jarayonida ularning uzviy aloqalari ta’minlansa, harakatga doir masalalar yechishni tashkil etish subyekti sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkuri rivojlanishi ta’minlana boriladi.
Mavzuning maqsadi o`quvchi fizika fanini o`rganishdan oldin ya`ni, boshlang`ich sinfdayoq fizika haqida tasavvurga ega bo`ladi.
Hozirgi kunda ilm-fan jadallik bilan rivojlanib borayotgan bir vaqtda yosh avlodni raqobatbardosh kadr qilib tayyorlash ularga ilm fan yutuqlarini fizika matematika geometriya fanlariga oid ilk tushinchalarni sodda tushinarli qilib bolaga yetkazish innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish boshlang’ich sinf o’qituvchilariing ham hozirgi kundagi muhim vazifasidir.

Download 118.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling