I bob. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘qitish usullari
Download 251.6 Kb.
|
Noma\'lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta\'limiy o\'yinlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik yangiliklarning qonunlari
- 1.2. Matematika darslarida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘rgatishda masofaviy ta’lim va elektron darsliklarning o‘rni va ahamiyati.
V.P. Bespalko: «Har qanday faoliyat yoki texnologiya yoki san’at bo‘lishi mumkin. San’at ichki sezgi (intuitsiya)ga, texnologiya esa fanga asoslanadi. hammasi san’atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi va yana qaytadan boshlanadi»,- degan edi.
M.Ochilov - «Pedagogik texnologiya - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuyidir», degan ta’rifni beradi. Pedagogik texnologiyaga professor N.Saidahmedov «Pedagogik texnologiya bu o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mas’uli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni» - degan ta’rifni beradi. Ta’lim texnologiyasi - oldindan belgilangan o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan, ta’lim jarayonida inson va texnika resurslaridan foydalanishning loyihalashtirilgan muayyan tizimi. Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, uzoq xorijda berilgan ta’riflar bilan MDH mamlakatlari olimlari bergan ta’riflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini ko‘ramiz. Jumladan, YUNESKO ta’riflarida tizimli yondashuv tamoyillariga alohida urg’u berilgan. Pedagogik texnologiyani o‘rganishda tarixiy tajribalarga murojaat qilish ham katta ahamiyatga ega. Sharq xalqlari og’zaki ijodi sinchiklab o‘rganilsa, bu masalaga doir materillarni topish mumkin. Pedagogik yangiliklarning qonunlari. Ta’lim tizimidagi rivojlanishning yuksalishi va innovatsion jarayonlarning qarama-qarshligini tushunishda pedagogik yangiliklarning qonunlari yordam beradi. Pedagogik innovatsion muhit barqarorligi o‘zgarishini ortga qaytarib bo ’lmasligi qonuni. Ta’lim tizimidagi har qanday innovatsion jarayon, hayotga tatbiq etilayotgan paytda, so‘zsiz, o‘zi tatbiq etilayotgan innovatsion ijtimoiy- pedagogik muhitda ortga qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Natijada, biror-bir pedagogik jarayonlar yoki hodisalar to‘g’risidagi yaxlit tushunchalar yemirila boshlaydi. Pedagogik yangilikning ijtimioiy-pedagogik muhitga bunday kirib kelishi, u haqdagi fikrlarni, uning ahamiyati va qimmati to‘g’risidagi fikrlarning qutblashuviga olib keladi. Pedagogik yangilik qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, har xil turdagi, ya’ni nazariy, tajribaviy, kommunikativ va amaliy innovatsion muhitga tegishli bo‘lgan o‘zgarishlar ham o‘shanchalik o‘zgara boradi. Innovatsion jarayon yakuniy bosqichini amalga oshirish qonuni. Har qanday innovatsion jarayon ertami-kechmi, tartibsizmi yoki ongli ravishdami amalga oshirilgan bo‘ladi va o‘z faoliyatini yangilik sifatida tugatadi. Bu borada rus olimi V.A. Shatalovning tajribalari ibratlidir. Pedagogik innovatsiyalarni strereotiplashtirish qonuni. Har qanday pedagogik innovatsiya fikrlash va amaliy harakat stereotipga aylanishi mumkin. Shu ma’noda olib qaraganda, u tugallanishga mahkum sifatida boshqa yangiliklarni amalga oshirish yo‘lida to‘siq vazifasini o‘tovchi stereotipga aylanadi. Pedagogik yangiliklarning siklli takrorlanish qonuni. Ta’lim tizimiga xos xususiyatlardan biri, biror-bir yangilik yoki hodisaning yangi sharoitlarda qayta takrorlanishidan iborat bo‘ladi. Shuning uchun ham pedagogik nazariya va amaliyotdagi yangiliklar maxsus qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Chunki o‘qituvchilarning ma’lum bir qismi yangilikni “allaqachon unutilgan eskilik” sifatida qabul qiladi. Ko‘pchilik yangilikni u pedgogikada anchadan foydalanib kelinayotgani uchun ham ko‘rmaydi, vaholanki, yangilik yangi sharoitlarni inobatga olgan holda taklif etilayotgan bo‘ladi. Bu qonunlar bilan pedagogik innovatsion qonuniylikka xos bo‘lgan xususiyatlar cheklanmaydi, chunki uni hali tadqiq etish ishlari davom ettiriladi. 1.2. Matematika darslarida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘rgatishda masofaviy ta’lim va elektron darsliklarning o‘rni va ahamiyati. Matematika darslarida masofaviy o‘qitisning an’anaviy o‘qitish shakllaridan quyidagi xususiyatlarini farqlash mumkin: - egiluvchanlik. O‘ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‘qitish imkoniyatini beradi; - modullik. O‘quv kursiga bog‘liq bo‘lmagan holatda shaxsiy hamda guruh talabiga javob beradigan o‘quv rejasini amalga oshiradi; - qurshov. Bir vaqtda ko‘p ishtirokchilarga o‘quv axboroti bo‘yicha murojaat qilish. Tarmoq yordamida o‘zaro axborot almashinuvini to‘g‘ri tashkil qilish; tejamkorlik. O‘quv maydonlari, texnik vositalari, transport vositalaridan unumli foydalanish, o‘quv axborotlarini to‘plangan va bir xillikka keltirilgan holda ifodalash hamda ularga erishilgan mutaxassislarni tayyorlash xarajatlarini kamaytiradi; - texnologiyalilik. Ta’lim berish jarayonida insonni jahon industrial fazoga kiritishga imkon beradigan yangi erishilgan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; ijtimoiy teng huquqlilik. O‘qituvchining turar joyidan, salomatligi, moddiy ta’minlanganligidan kelib chiqib mustaqil ta’lim uchun teng imkoniyat yaratiladi; baynalminallik. Ta’lim xizmatlari bozorida erishilgan yutuqlarning eksporti va importi ta’minlanadi. Download 251.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling