I bob. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘qitish usullari


Download 251.6 Kb.
bet1/20
Sana19.06.2023
Hajmi251.6 Kb.
#1622575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Noma\'lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta\'limiy o\'yinlar


MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………..
I.BOB. MATEMATIKA FANIDA NOMA’LUM ABSOLYUT MIQDOR BELGISI OSTIDA QATNASHGAN TENGLAMA VA TENGSIZLIKLARNI O‘QITISH USULLARI.
1.1. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor tushunchasini o‘qitishning turli usullari ………………….….
1.2. Matematika darslarida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘rgatishda masofaviy ta’lim va elektron darsliklarning o‘rni va ahamiyati ………………………………………
II. BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA NOMA’LUM ABSOLYUT MIQDOR BELGISI OSTIDA QATNASHGAN TENGLAMA VA TENGSIZLIKLARNI YECHISHDA TA’LIMIY O‘YINLARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI.
2.1. Noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklar yechish. ……………….….
2.2. Noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklar yechishda ta’limiy o’yinlardan foydalanishning ahamiyati ………….
Xulosa ……………………………………………………….….…….
Foydalanilgan adabiyot…………………...……………..…...……….


Kirish
Mamlakatimizda ta'lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta'lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda o'qitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish bilan bir qatorda, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan ular uchun zarur va yetarli shart-sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, yangi ta’lim texnologiyalari ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlaria, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga xatto xulosalarni xam o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi.
Bitiruv ishida matematik ta’limning maqsadi, mazmuni, metodlari va uning vositalarini matematika darslariga tatbiq qilish qonuniyatlari psixologik, pedagogik va didaktik nuqtayi nazardan bayon qilingan. Chunki, matematika o‘qitish metodikasi kursi asosiy mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Bu kursda matematikaning rivojlanish tarixi va matematika o‘qitishdagi umumiy va xususiy metodlari o‘rganiladi.
Matematika o‘qitish metodikasi pedagogika, psixologiya, algebra, matematik tahlil, analitik geometriya va oddiy differensial tenglamalar fanlari bilan chambarchas bog’liqdir.
Bitiruv ishi fan dasturi doirasida olingan nazariy bilimlar va ko‘nikmalar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida (litsey, kollej), umumta’lim maktablarida matematika fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishda va fan tarixini o‘rganishda keng qo‘llanilishi nazarda tutilgan. O‘quvchilarga fanning ba’zi mavzular bo‘yicha darslari elektron vositalar yordamida tashkil etilishi, o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborotli- pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, ushbu fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, virtual stendlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’ruza va seminar mashg’ulot darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarining aqliy hujum, munozarali dars va boshqa usullaridan foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan.
Matematik ta’limni isloh qilish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uzluksiz ta’limni amalga oshirish masalalarini ham bayon etilgan. Ma’lumki, matematika fani mavjud moddiy dunyodagi narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlari o‘rganish jarayonida «ilmiy izlanish» metodlaridan foydalanadi.
Shuning uchun ham ushbu bitiruv ishida ilmiy izlanish metodlaridan kuzatish va tajriba va taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirishlari matematika darslarida qo‘llanishi ilmiy- metodik jihatidan tushuntirishga harakat qilingan. Matematika o‘qitish jarayonida fikrlash shakllarini paydo qilish metodikasi ham yoritilgan, ya’ni hissiy bilish (sezgi, idrok, tasavvur) bilan mantiqiy bilish (tushuncha, hukm, xulosa) orasidagi mantiqiy bog’lanishlar ochib berilgan. Matematik tushuncha va uni o‘quvchilar ongida shakllantirish metodikasi, matematik hukm va uning turlari aksioma, postulat va teoremalarni o‘quvchilarga o‘rgatish metodikalari yoritilgan. Matematik xulosa va uning induktiv, deduktiv hamda analogik turlarini dars jarayonidagi tatbiqlari ko‘rsatilgan. Matematika fanini o‘qitishdagi didaktik prinsiplarning turlarini o‘rgatishga alohida ahamiyat berilgan.Ushbu ishda zamonaviy pedagogik texnologiya asosida o‘qitishning an’anaviy va noan’anaviy metodlaridan: ma’ruza, suhbat, mustaqil ish, evristik va muammoli ta’lim metodlarini dars jarayonida qo‘llanilishiga katta ahamiyat berilgan. Matematika darsi, uning tuzilishi va uni tashkil qilish metodikasi, matematika darsining turlari, darsga tayyorgarlik va uning tahlili, matematika darsiga qo‘yilgan talablar ochib berilgan.
Ma’lumki, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Oliy maktab zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan ilmiy, ishlab chiqarish va tarbiyaviy harakterdagi har qanday muammolarni hal qila oladigan, kasbiga fidoiy mutaxassislarni yetishtirib berishi lozim. Bu vazifalarning hal qilinishi ta’lim berishni kompyuterlashtirish-o`quv jarayoniga kompyuterdan foydalanishga asoslangan yangi metodlarni keng tadbiq etishni talab etadi. Ta’limni kompyuterlashtirish o`qitishning kuchli vositasi, laboratoriya tadqiqot ishlarining ajralmas qismi sifatida maydonga chiqmoqda. Bu esa, fanlarni o`qitishga oid metodik qo`llanmalarni yaratishni, o`quv jarayonlarni modellashtirish va tadbiq qilishni, yuqori malakali pedagog va ilmiy kadrlar tajribalarini keng miqyosda yoyishni, ta’lim berish jarayonida har bir ta’lim oluvchini o`ziga xos xususiyatlariga moslashishni hamda bo`lajak o`qituvchilarning mustaqil o`quv faoliyatini rivojlantirishga ko`maklashish imkonini beradi.
G‘arb davlatlari olimlari taklif etgan matematika ta‘limining yangi konsepsiyasiga ko‘ra:
-matematika tayyor predmet sifatida emas, balki inson faoliyati sifatida qaralishi lozim;
-matematikani o‘rganishga majburlash emas, uni qo‘llash kerak;
-matematikani o‘qitish g‘oyalarni uzatish emas, qaytadan yangilikni ochish shaklida bo‘lsin;
-asosiy urg‘u alohida olingan faktlarga emas, balki matematik g‘oyalar orasidagi bog‘lanishlarga berilishi kerak;
-masalalar to‘plamiga emas, mazmunning boyligiga e‘tibor berish lozim;
-matematikani o‘rganishda muhimi ko‘nikma emas, balki uni tushunishdir.
XX asrning o‘rtalarida umumiy o‘rta matematika ta‘limining asosiy yo‘nalishlari sifatida uning umumta‘limiy; amaliy, politexnik; o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlashga urg‘u beradigan yo‘nalishlari ajralib chiqqan.
Buyo‘nalishlarning har biri qolgan ikkitasiga ma‘lum bir ma‘noda zid bo‘lib, eng ratsional o‘quv dasturini qurish masalasini qiyinlashtiradi. Ko‘pgina geometrik tushunchalar, ba‘zida butun bir geometrik nazariyalarning vujudga kelishi bilan geometriyadan tashqarida bir qancha vaqt davomida o‘z tadbig‘ini topmaydi. Geometriya – matematikaning muhim bo‘limlaridan biridir. Geometriya fanining qator fundamental faktlarini (tushunchalarini) umumiy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish natijasida rivojlantiriladi.
Noan’aviy darslardan ko’zlangan maqsad muayyan bir o’qiv predmetini o’qitishda, ma’ruza, labaratoriya yoki semenar mashg’ulotlarini yanada mazmunli, qiziqarli va tushunarli o’tkazishda interfaol metodlardan foydalangan holda o’qituvchi - o’quvchi faoliyatiga yangilik kiritish hamda o’quvcilar bilimini tez va samarali baholashga erishishdir.
Bunday darslarda o’quvchi mustaqil fikrlashga, izlanishga, mavzuga ijodiy yodashib tahlil etishga, xulosa chiqarishga, o’z - o’zini va guruhni baholashga o’rganadi.
Hozirgi zamon fanlarining rivojlanishida geometriyaning fizika, biologiya, ximiya va boshqa fanlarga keng tatbiq qilinmoqda.
Geometriya shunday fanki, u geometrik figuralarning sifatiy xossalarini tekislikda (ikki o‘lchovli), uch o‘lchovli fazoda va yuqori o‘lchamli fazolarda ham o‘rganishga yordam beradi.
Yuqoridagi omillarni hisobga olib ―Umumiy o‘rta ta’lim maktablari geometriya kursida ko‘pyoqlar, aylanish jismlari hajmi va sirtini o‘qitish metodikasini takomillashtirishni o‘rganishga bag‘ishlangani ilmiy-tadqiqot ishi, jumladan ushbu bayon etilayotgan bitiruv ishi mavzusining dolzarbligini aytish mumkin.
O`rta ta’limda matematika fanini o`qitishning asosiy maqsadi:
O`quvchilarda kundalik faoliyatda qo`llash, fanlarni o`rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo`lgan matematik bilim va ko`nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Ushbu bitiruv ishi “Matematika darslarida o‘quvchilarning turli kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish” deb nomlangan bo‘lib, bu mavzu ichida asosan o‘quvchilarning ilk maktab davrlaridanoq matematika darslari orqali kasbiy ko‘nikmalarini qanday qilib shakllantirish usul va vositalarini yoritish ko‘zda tutilgan.

Download 251.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling