I bob. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘qitish usullari
Download 251.6 Kb.
|
Noma\'lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta\'limiy o\'yinlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor tushunchasini o‘qitishning turli usullari. An’anaviy va noan’anaviy usullar.
- O‘qitish usuli
Amaliy ahamiyati.
Bitiruv ishi mavzusi talabalarga uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin. Ishning tuzilishi. Bitiruv ishiga kirish, 2 bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxati berilgan. I.BOB. MATEMATIKA FANIDA NOMA’LUM ABSOLYUT MIQDOR BELGISI OSTIDA QATNASHGAN TENGLAMA VA TENGSIZLIKLARNI O‘QITISH USULLARI. 1.1. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor tushunchasini o‘qitishning turli usullari. An’anaviy va noan’anaviy usullar. An’anaviy o‘qitish bir qator kamchiliklarga ega. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: fikr tarqoqligi natijasida diqqatni bir joyga jamlay olmaslik va o‘quv materiali mazmunini anglashda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun mavzuni bayon qilish paytida ravon va chiroyli so‘zamollik usullarini qo‘llay bilish; -matematik materialni o‘rganishda sur’at o‘rtacha bo‘lishi; eslab qolish talab etiladigan material hajmining katta bo‘lishi; matematika bo‘yicha differensiyalangan materiallarning kam bo‘lishi v.h. Matematikaga an’anaviy o‘qitishning kamchiliklarini fanni o‘qitishni takomillashtirib borish orqali bartaraf etish mumkin. Usul (grekcha metodhodos - tadqiq yo‘li) - maqsadga erishish vositasi. O‘qitish usuli - o‘qitish va tarbiyaviy ishlar olib borishdagi didaktik qo‘llashlar va vositalarning tartiblangan majmuasi. O‘qitish usuli o‘qituvchi va o‘quvchilarning navbat almashib turadigan va o‘zaro bog’liq bo‘lgan faoliyati. Har qanday o‘qitish usuli maqsadni, harakatlar tizmini, o‘qitish vositalari va belgilangan natijaga erishishini o‘z ichiga oladi. O‘qitish usulning obyekti va subyekti o‘quvchi hisoblanadi. Biror-bir bitta o‘qitish usulidan sof holda faqat maxsus rejalashtirilgan o‘quv yoki tadqiqot maqsadlaridagina foydalaniladi. Odatda, o‘qituvchi turli o‘qitish usullaridan foydalanshni afzal ko‘radi. O‘qitish usuli - tarixiy kategoriya. Pedagogikaning butun tarixi davomida o‘qitish usullari muammosini hal etishga turlicha nuqtayi nazardan qaralib kelingan: ya’ni, faoliyat shakllari; faoliyatning mantiqiy tizimlar va funksiyalar shakli; faoliyatning bilish xarakteri orqali muammoga yechim topishga harakat qilingan. Bugungi kunda zamonaviy o‘qitish usullari nazariyasiga turlicha yondashuvlar mavjud. O‘qitish usullarini tasniflash (klassifikatsiyalash) har xil asoslarda olib boriladi. Bilish faoliyati xarakteriga ko‘ra: -illyustrativ-tushuntirishli (hikoya, ma’ruza, suhbat, namoyish); -reproduktiv-tiklovchi (masalalar yyechish, tajribalarni takrorlash); -muammoli (muammoli topshiriqlar, bilishga doir topshiriqlar); -qisman-izlovchi - evristik; -tadqiqiy. Faoliyat komponentlariga ko‘ra: -tashkiliy-harakatli - o‘quv-o‘rganish faoliyatini tashkil qilish usullari; -omilkorlik (stimullashtiruvchi) - o‘quv-o‘rganish faoliyatini stimullash va motivlashtirish usuli; -nazorat-baholash - o‘quv-o‘rganish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish usullari. Didaktik maqsadlarga ko‘ra: -yangi bilimlarni o‘rganish usullari; -bilimlarni mustahkamlash usullari; -nazorat qilish usullari. O‘quv materialini bayon qilish vositalariga ko‘ra: -monolog vosita - inshakltsion-xabar beruvchi (hikoya, ma’ruza, tushuntirish); -dialog asosidagi vosita (muammoli bayon, suhbat, bahs). O‘quvni tashkil qilish shakliga ko‘ra: O‘quvchilarning mustaqilligi darajasiga ko‘ra: Bilimlar manbasini yetkazishga ko‘ra: -og’zaki (hikoya, suhbat, ma’ruza, yo‘riqnoma, munozara); -ko‘rgazmali (namoyish, illyustratsiya, chizma, materialni ko‘rsatish, jadval); -amaliy (mashqlar, laboratoriya ishi, amaliyot). Shaxs tizimini hisobga olishga ko‘ra: -anglash (hikoya, suhbat, ko‘rsatma berish, illyustratsiyalash); -xususiyati (mashg’ulot, mashq v.h.); -hissiyot - stimul hosil qilish (ma’qullash, maqtash, e’tirof etish, nazorat). Keltirib o‘tilgan tasniflashlar didaktik aspektda ko‘rib chiqiladi: bu yerda matematikaning predmet mazmuni yetarlicha bo‘lmaydi, shuning uchun matematikaga o‘qitish usullarining barcha nomenklaturasini tasvirlash mumkin emas. O‘qitish usullarini tanlash - ijodiy ish, shunday bo‘lsa-da, u o‘qitish nazariyasini bilishga asoslanadi. O‘qitish usullarini bo‘lishning, universallashtirishning yoki yopiq holda (izolyatsiyalangan) ko‘rib chiqishning iloji yo‘q. Bundan tashqari, o‘qitishning u yoki bu usuli qo‘llanish sharoitlariga ko‘ra, bir paytning o‘zida samarali bo‘lishi yoki samarasiz bo‘lishi ham mumkin. O‘qitishning yangi mazmuni matematikaga o‘qitishning yangi usullarini keltirib chiqaradi. O‘qitish usullarini qo‘llashda kompleks yondashuvga, egiluvchanlik hamda o‘sib boruvchi xususiyatlarga e’tibor qaratish zarur. O‘qitish usullarini pedagogik tasniflash - dars o‘tish usullari va o‘rganish (o‘qish) usullarini ajratadi. Keyingilari, o‘z navbatida, matematikaga o‘qitish usularining ilmiy (kuzatish, tahlil, sintez v.h.) va o‘quv (evristik, modellar orqali o‘qitish v.b.) usullari orqali tavsiya etilgan. Dars o‘tish usullari - vosita va metodlar, inshakltsiya vositasi, boshqarish va o‘quvchilarning bilish faoliyatini nazorat qilishdan iborat. O‘qitish usullari - vosita va metodlar, o‘quv materialini o‘zlashtirish vositalari, o‘qitish va o‘z-o‘zini nazorat qilishning tiklovchi va mahsuldor qo‘llanishlari. Matematik tadqiqotning asosiy usullari - kuzatish va tajriba, solishtirib ko‘rish, tahlil va sintez, umumlashtirish, mavhumlashtirish va aniqlashtirish. Matematika o‘qitishning zamonaviy usullari: muammoli (istiqbolli), dasturlangan o‘qitish, evristik, matemaktik modellar qurish, aksiomatik v.b. O‘qitish usullarini tasniflashni ko‘rib chiqamiz (1-jadval). Download 251.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling