I bob. Mavzu haqida malumotlar


Download 61.71 Kb.
bet7/8
Sana01.03.2023
Hajmi61.71 Kb.
#1241788
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tayyor kurs iishi (2)

Oldingi tahrirga qarang.
28. Mulkni keyinchalik qayta moliyaviy ijaraga olish (lizingga olish) sharti bilan sotish hollarida, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) mulkini sotish operatsiyalari oldi-sotdi sifatida qaraladi va sotuvchining buxgalteriya hisobida O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga (ro‘yxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyinchalik moliyaviy ijara hisobi ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan mazkur Nizomda o‘rnatilgan tartibda yuritiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 28-sentabrdagi 75-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1961-1, 12.10.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 482-modda)
Operativ ijara hisobi
29. Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar ijarachida balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotining debetida aks ettiriladi. Bunda, operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchida xuddi oldingi kabi asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
30. Operativ ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
b) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda joriy davrga tegishli bo‘lgan va ijaraga oluvchidan kelib tushadigan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti;
v) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda joriy davrga tegishli bo‘lgan va ijaraga oluvchidan kelib tushadigan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyoti;
g) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
d) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
e) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati etib kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar”schyoti;
j) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati etib kelganda, ijarachidan oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
z) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati etib kelganda, ijarachidan oldindan olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti,
kredit 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
i) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha xarajatlarning ijaraga beruvchi tomonidan qoplash uchun tan olinganda:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100),
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
k) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun ijarachiga pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
31. Operativ ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijarachining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijaraga beruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan va hisobot davriga tegishli (ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) ijara to‘lovlari hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar — operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit 6910 “To‘lanadigan operativ ijara” schyoti;
b) ijaraga beruvchiga ijara to‘lovlari to‘langanda:
debet 6910 “To‘lanadigan operativ ijara” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
v) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati etib kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha ijaraga beruvchiga bo‘nak to‘langanda:
debet 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati etib kelganda, ijaraga beruvchiga oldin to‘langan bo‘naklarni qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6910 “To‘lanadigan operativ ijara” schyoti;
kredit 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
d) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar amalga oshirilganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
e) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarilganda, kapital qo‘yilmalar summasini hisobdan chiqarish:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
j) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar qiymatining ijaraga beruvchi tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
z) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning berilishi natijasida olingan foyda summasiga:
debet 9220 “ Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
i) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning berilishi natijasida ko‘rilgan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
k) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar qiymatini qoplash uchun ijaraga beruvchidan pul mablag‘lari tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlarim schyoti.
Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarib berilganda, balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti kreditlanadi.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 23-son, 265-modda; 2016-y., 41-son, 482-modda)

XULOSA
O‘rganilayongan mavzu tahlil qilib, tartibga soluvchilarning turli pozitsiyalari o‘rganib, shuningdek, ushbu masala nazariyasi jihatlarini yaxshilashga quyidagi variantlarni taklif qilishimiz mumkin.
1. Ijara munosabatlari taraflari bevosita ijara shartnomasida yoki shartnomaga
qo‘shimcha shartnomada lizing ob’ektini yaxshilash uchun tegishli shartlarni
kelishishlari kerak, shu jumladan, ijarachining ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan
muayyan yaxshilanishlarning narxi va turlarini aniqlashtiriradi.
2. Lizing shartnomasida lizing beruvchining huquqlarini himoya qilish uchun
ushbu ishlarni ishlab chiqarishdan oldin mulk egasiga loyiha-smeta hujjatlarini majburiy
taqdim etish kerak.
3. Shartnomaga yoki shartnomaga qo‘shimcha kelishuvga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yaxshilanishlarning ajratilishi va ajralmasligini aniqlash kabi masalalarni hal qilish
muhimdir.
4. Bundan tashqari, ijaraga olingan mulkni takomillashtirish kontseptsiyasini joriy
amaliyot va ushbu masala nazariyasiga asoslangan holda ochish bilan bog‘liq masalani
hal qilish ham muhimdir.


Download 61.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling