I-bob. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 61.19 Kb.
bet2/5
Sana24.03.2023
Hajmi61.19 Kb.
#1292553
1   2   3   4   5
Bog'liq
Madina BMI

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Mustaqillik yillarida ushbu muammoga bag'ishlangan bir qator ilmiy - tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Faylasuf va sotsiolog olimlardan S.SHermuhamedov, N.Komilov,
M.Imomnazarov, Q.Nazarov, J.Tulenov, A.Begmatov, M.Bekmurodov, I.Karimov, A.Umarov, N.Jo’raev, T.Mahmudov, e.B.YUsupov va boshqalar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim - tarbiya berishda ijodiy o’yinlarning mohiyati kabi masalalarni atroflicha tadqiq qilganlar.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim - tarbiya berishda 3-4 yoshli bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirishga oid ilmiy - metodik adabiyotlarni nazariy o’rganish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti: 3-4 yoshli bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirishning vazifalarini o’rganish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: 3-4 yoshli bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirishning vazifalarini tashkil etish yo’llari, vositalari va shart - sharoitlari.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:

  1. O’rganilayotgan muammo bo’yicha psixologik - pedagogik, metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish.

  2. 3-4 yoshli bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirishning

vazifalarining pedagogik muammosini dolzarbligini asoslash;

  1. 3-4 yoshli bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirishning samarali

yo’llari va vositalarini aniqlash;

  1. 3-4 yoshli bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirishning vazifalari

yo’llari va vositalariga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish
Bitiruv malakaviy ishi metodlari:
mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalarni o’rganish,
kuzatuv,
suhbat,
pedagogik yeksperiment
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi:
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan g’oyalar, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maktabgacha ta’lim muassasalari mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari o’ziga xos jihatlari, shuningdek mavjud adabiyotlarda o’z ifodasini topgan pedagogik qarashlar. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, hukumat tomonidan ta’lim-tarbiya tizimini boshqarish borasida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy xujjatlar, shuningdek tanlangan yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan pedagog olimlarning nazariy qarashlari va zamonaviy ilg’or ta’limotlari, SHarq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik manbalarda ilgari surilgan ta’limotlar.

Download 61.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling