Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
Download 235.5 Kb.
|
4-KURS ISHI MM-70 Chuliyev Shaxboz
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT – 2021
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI“MOLIYA” KAFEDRASI CHULIYEV SHAXBOZ G`ANI O`G`LI«BUDJET TASHKILOTLARI VA MUASSASALARI MOLIYASI» KURS ISHI Ilmiy rahbar: Safarova N . TOSHKENT – 2021REJA: Kirish 1. Budjet tashkilotlari va muassasalari moliyasining mazmuni, tashkiliy tamoyillari va xususiyatlari. 2. Budjet tashkilotlari va muassasalari moliyasini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslari. 3.Budjet tashkilotlari va muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning amaldagi tartibi.
Shu bilan birga, bugungi kunda jahon hamjamiyatida kechayotgan inqirozlar ta’sirida barcha turdagi resurslarning, shu jumladan, markazida budjet mablag‘lari bo‘lgan davlat moliyaviy resurslarining chegaralanganligi sharoitida budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish, xarajatlarni rejalashtirishning ilg’or, budjet mablag‘larini oqilona taqsimlash va ishlatishga qaratilgan yangi usullarini amaliyotga tadbiq etish bugungi kunda budjet tashkilotlari amaliyotidagi dolzarb masalalardan hisoblanadi hamda mazkur kurs ishi uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Budjet tashkilotlarining aksariyati ijtimoiy sohalarda faoliyat qiladi, “bu sohaning barqaror faoliyatini ta’minlash va rivojlantirishga davlat budjeti jami xarajatlarining qariyb 40 (trln. so`m) miqdorda mablag` yo‘naltirilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida 2021-yil hammasi bo‘lib 6458,4 (mlrd so`m) miqdordagi mablag`, shu jumladan, 23801,1 (mlrd so`m) miqdordagi mablag` umumiy ta`lim sohasiga, 1671,3 (mlrd so`m) miqdordagi mablag` o`rta-maxsus va kasb-hunar ta`limi sohasiga, 2621,9 (mlrd so`m) miqdordagi mablag` oliy ta`lim sohasiga ajratilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda bu borada asosiy e’tibor ijtimoiy sohani rivojlantirishga, ya’ni ta’lim, sog’liqni saqlash, aholini maqsadli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, budjetdan mablag’ oluvchilarning ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar hamda boshqa birinchi darajali to’lovlarni o’z vaqtida moliyalashtirishga, Davlat budjetining g’azna ijrosini va samaradorligini ta’minlashga qaratildi. 2021 yili davlat budjetining xarajatlar qismida ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tadbirlariga umumiy xarajatlarning 52,1 foizi miqdorida mablag’ ajratilganligi va bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan 12,8 foizni tashkil etishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin. Byudjet tashkilotlari va muassasalari moliyasini tashkil qilish va boshqarish amaliyotini o‘rganish va uni takomillashtirishga qaratilgan asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi: budjet tashkilotlari moliyasini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy- huquqiy asosini o‘rganish; budjet tashkilotlari smetalarini tuzish va xarajatlarini rejalashtirishning amaldagi mexanizmini o‘rganish asosida uning ayrim kamchiliklarini aniqlash; ta’lim sohasiga ajratilayotgan mablag‘larning o‘quvchi jonboshiga qarab xarajatlar me’yorini belgilash usulining respublikamizda qo‘llanilish tartibi, uni respublikamizda qo‘llash tajribalari natijalarini o‘rganish, ularni yanada takomillashtirish va mablag‘larning sarflanishidagi samaradorlikni kuchaytirishga qaratilgan izlanishlar olib borish; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish amaliyotini o’rganish; budjet tashkilotlari xarajatlarining g’azna ijrosini tashkil etish amaliyotini yoritish; izlanishlar asosida budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish va ularni nazariy jihatdan asoslab berish. Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling