Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Noishlab chiqarish sohasidagi moliyaviy


Download 235.5 Kb.
bet4/9
Sana09.01.2022
Hajmi235.5 Kb.
#258879
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-KURS ISHI MM-70 Chuliyev Shaxboz

1-rasm


Noishlab chiqarish sohasidagi moliyaviy munosabatlarning guruhlanishi




  • noishlab chiqarish sohasi moliyasi barcha jamiyat a’zolari uchun turli xarakterdagi xizmatlar ko’rsatish jarayonida amal qiladi, bu xizmatlar asosan muayyan to’lov evaziga yoki bepul ko’rsatiladi;

  • noishlab chiqarish sohasi faoliyatining moddiy asosi bo’lgan noishlab chiqarish maqsadlaridagi fondlarni sotib olish, yangilash, kengaytirish va foydalanish – maqsadli pul fondlarini tuzish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan pul munosabatlari asosida yuz beradi;

  • noishlab chiqarish sohasi mahsulotining moddiy emasligi va, shuning uchun jamg’arilmasligi bilan xarakterlanadi, bu holat mazkur sohada pul mablag’lari harakatining o’ziga xosligini, pul fondlari shakllanishi va ishlatilishining o’ziga xos tartibi va shart-sharoiti mavjud bo’lishini taqozo etadi;

  • noishlab chiqarish sohasida shunday maxsus moliya mexanizmidan foydalanish lozimki, u aqliy mehnatni rag’batlantirishga, uning samaradorligini oshirishga hizmat qilsin. Noishlab chiqarish muassasalarining bir qismi tijorat hisobi asosida ish yuritsa, bir qismi notijorat asosida faoliyat yuritadilar. Bu faoliyatning pirovard maqsadi - foyda olish bo’lmaydi, lekin ularning qo’shimcha daromadlarni jalb qilish intilishlarini ham inkor etmaydi.

Notijorat muassasa va tashkilotlari quyidagi xizmatlarni amalga oshiradilar:

  • ijtimoiy xarakterdagi xizmatlar;

  • boshqaruv xarakteridagi xizmatlar;

  • jamoat tartibini saqlash;

  • mamlakat mudofaasi.

Rejali iqtisodiyot davrida bu tashkilotlarning deyarli barcha xarajatlari budjetdan moliyalashtirilar edi. Lekin bozor sharoitlariga kelib aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish darajasini oshirish maqsadida pullik xizmatlar sohasini kengaytirish, tashkilotlarning xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga o’tishi natijasida ular moliyaviy resurslari manbalarining tarkibi birmuncha kengaydi.

Iqtisodiyotning notijorat sektori tashkilotlari va muassasalarining moliyaviy resurslari: – o’z faoliyatini amalga oshirish va kengaytirish uchun turli manbalar evaziga jalb qilingan pul mablag’laridir.



Notijorat tashkilotlari moliyaviy resurslarining shakllanish manbalari ikki omilga bog’liq:

  • xizmat turiga;

  • ularni taqdim etish xarakteriga (bepul yoki pullik).



  1. Xizmatlarning ayrim turlari jamiyat uchun bepul ko’rsatiladi (davlat boshqaruvi, mudofaa, milliy xavfsizlik xizmati, jamoat tartibini saqlash kabilar).

  2. Ayrim xizmat turlari – muayyan to’lov evaziga amalga oshiriladi. Bular: teatrlar, kontsert uyushmalari, ko’rgazma zallari, adliya xizmatlari, ya’ni notariat, advokatura va boshqalar.

  3. Ijtimoiy-madaniy xarakterdagi xizmatlar turli-tuman bo’lib, ham muayyan to’lov evaziga, ham bepul ko’rsatiladi. Shu sababli bu muassasalar moliyaviy resurslarining manbalari turli-tumandir.

Ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarning o’zi turli tuman bo’lib, ularni quyidagi guruhlarga jamlash mumkin:

  1. Butun jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan ehtiyojlar. Bu ehtiyojlarni qondirish har bir fuqaroning oladigan daromadiga bog’liq bo’lmasligi va mamlakat Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan bo’lishi kerak. Bu ehtiyojlarni qoplash manbai – umumdavlat moliyaviy resurslaridir (davlat budjeti va davlatning budjetdan tashqari maxsus fondlari mablag’lari).

  2. Ijtimoiy ahamiyatga ega, lekin umumdavlat resurslarining chegaralanganligi bois qisman davlat budjetidan zarur minimal hajmda moliyalashtiriladigan ehtiyojlar (tibbiy xizmatlar, ta’lim, ijtimoiy ta’minot – o’rnatilgan me’yorlar darajasida). O’rnatilgan minimal me’yorlardan oshgan ehtiyojlar boshqa manbalar: korxonalar mablag’lari, aholi mablag’lari va boshqa manbalar evaziga qoplanadi.

  3. Fuqarolarning dam olish, sog’lig’ini muhofaza qilish, uy-joy bilan ta’minlash bilan bog’liq shaxsiy ehtiyojlari. Bu ehtiyojlar odatda davlat budjetidanqoplanmaydi. Bu ehtiyojlarni qoplash manbalari korxonalarning mablag’lari, aholining shaxsiy mablag’lari bo’lishi mumkin.

Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirgan holda iqtisodiyotning notijorat sektorini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat (2-rasmga qarang):

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling