Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
Budjet tashkilotlari va muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning
Download 235.5 Kb.
|
4-KURS ISHI MM-70 Chuliyev Shaxboz
Budjet tashkilotlari va muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning amaldagi tartibi.
Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag‘-larining hajmi, maqsadli yo‘nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, byudjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi. “Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25- dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi” Vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosiy smeta tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi, bunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi birinchi chorak uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar summasi tashkilotlarning vaqtinchalik xarajatlar smetas ida rejalashtirilgan xarajatlar summasidan kam bo‘lishi mumkin emas. Byudjet tashkilotlari o‘zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda va smetalarni rejalashtirishda quyidagilarga amal qiladilar: – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining normativ hujjatlariga; byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga; – tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga, shuningdek, nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlari va xizmatlari baholariga; – yuqori turuvchi tashkilotlar rahbarlarining o‘zlari tasarrufidagi muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun hujjatlariga zid b o‘lmasa, – bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan xarajatlar summasi tashkilotlarning ayrim turlari uchun qonun hujjatlari bilan tasdiqdangan ovqatlanish me’ yorlari va ovqatlanish kunlari sonidan kelib chiqib hisoblanadi; dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan belgilangan pul xarajatlari me’ yoriga qarab hisoblab chiqiladi; ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq jihozlar sotib olishga ketadigan xarajatlar moddiy ta’minotning amaldagi me’ yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag‘lar doirasida hisoblanadi. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” bugungi kunda byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tart ibini belgilab beradi. Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari b o‘yicha, 4 guruh xarajatlarining to‘liq yoyilmasi va hisob-kitoblarni o‘z ichiga olgan holdagi ilova bila n birgalikda tuziladi. Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo‘lib, smetaning prognoz hisob kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi. Xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etish davomida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining byudjetni tuzish tartibi va muddati to‘g‘risidagi qarori va moliya organining ushbu masala bo‘yicha ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradilar. Buning uchun O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, tegishli hokimiyat larning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga qarashli tashkilotlarning rahbarlari hamda tegishli xodimlari kengashini chaqiradilar va xarajatlar smetasini tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar, ularga tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga va ularga xarajatlar smetasini tuzish masalalari bo‘yicha qonunchilik talablarini tushuntiradilar, byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi hisob-kitoblarini albatta qonunchilikka muvofiq kelishi, xarajat qilishda moliya intizomi, iqtisod qilish tartibiga rioya qilish haqida ko‘rsatmalar beradilar, shuningdek xarajatlar smetasini tuzish hamda blankalarni to‘ldirish texnikasi masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar. Bir vaqtning o‘zida o‘zlariga qarashli tashkilotlarga ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida (sinflar, o‘quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joykunlar, bola-kunlar soni va boshqalar) kelgusi yil uchun ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladilar. Xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mabla g‘larga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini va iqtisod qilishning qat’ iy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi shart. Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak: - O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va farmoyishlariga; - byudjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar me’ yorlariga; - tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholar va tariflariga. Jumladan: - xarajatlar smetasiga ish haqi uchun mabla g‘lar qonunchilik bilan belgilangan maoshlari va ish haqi stavkalari va ularga qo‘shimcha to‘lovlardan, amaldagi namunaviy shtatlar va me’yorlarga rioya qilishdan kelib chiqib kiritiladi. Ishbay usul bilan bajariladigan ishlar uchun ish haqi xarajatlar smetasiga byudjet yiliga xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan ish hajmlaridan kelib chiqib kiritiladi; - pedagog xodimlar ish haqi uchun mablag‘larni ajratishda, qonunchilikda belgilangan ish haqi stavkalaridan va o‘quv rejasiga muvofiq daftar tekshirish, sinf rahbarligi va boshqalar uchun qo‘shimcha haq to‘lashni hisobga olgan holda tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim; - tibbiyot xodimlari ish haqi uchun mabla g‘larni ajratishda, ish haqi stavkalari va qonunchilikka muvofiq mehnatga haq to‘lash shartlarini hisobga olgan holda tuzilgan tibbiyot xodimlari tarifikatsiyalaridan kelib chiqilishi lozim; - oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda ta’lim oluvchilarning stipendiya xarajatlari belgilangan stipendiyalar miqdori va stipendiya ta ’ minoti tartibidan kelib chiqqan holda hisoblanadi; - mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq belgilangan stavkalarda, qonunchilikka muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov to‘lanadigan barcha to‘lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi. - tashkilotlarning binolar, inshootlar va transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek, boshqa davlat mulklari ijarasi bilan bog‘liq xarajatlari belgilangan limitlar va natural ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi; - xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalaridan, shuningdek, qonunchilikda belgilangan me’ yorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi; - epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar va qishloq xo‘jaligi zararkunanda lariga (chigirtkalar, tut parvonasi va boshqalar) qarshi kurashish bilan bo g‘liq xarajatlar prognoz ish hajmlari va kimyoviy prepara tlarga bo‘lgan ehtiyojlar, shuningdek, bajariladigan ish turlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar, shuningdek, Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda boshqa ko‘rsatkichlar va uslublar qo‘llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini r o‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli moliya organlari tomonidan tekshiriladi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo‘linma sifatidagi byudjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha jamlanma xarajatlar smetasi tuziladi. Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tashkil etilgan tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh tashkilotlar) rahbarlari va tegishli hudud hokimlari (ular vakolat bergan mansabdor shaxslar) jamlanma xarajatlar smetasi bo‘yicha byudjetdan ajratilgan mablag‘larni taqsim qiluvchilar b o‘lib hisoblanadilar. Jamlanma xarajatlar smetasi, xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning rahbarlaridan olingan buyurtmalar asosida hamda markazlashtirilgan buxgalteriyada mavjud bo‘lgan hisob va hisobot, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga muvofiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuziladi. Hisob registrlarida yozuvlar buxgalteriya hujjatlari asosida qilinadi. Xo'jalik operatsiyalarining amalga oshirilganligini va ularni amalga oshirishga berilgan farmoyishlarni qayd qilgan boshlang'ich hisob hujjatlari buxgalteriya hisobi uchun asos bo'ladi. Boshlang'ich hisob hujjatlari xo'jalik operatsiyalari oshirilayotgan vaqtda yoki ular amalga oshirilgandan so'ng tuziladi. Buxgalteriya hisobining tezkorligini va ishonchligini ta’minlash uchun hujjat ma’lum xo'jalik operatsiyasini tavsiflaydigan ishonchli ma’lumotlarga ega bo'lishi kerak. Har bir hujjat o'zining tayinlanishiga to'la javob berishi va yuridik kuchga ega bo'lishi uchun u ma’lum minimum ko'rsatkich (rekvizit)larga ega bo'lishi kerak. Boshlang'ich hujjatning ko‘rsatkichlari (rekvizitlari) hujjatda qayd qilingan xo'jalik operatsiyasini tavsiflaydigan va unga yuridik kuch beradigan ko'rsatkichlardir. Boshlang'ich hujjatlar yuridik kuchga ega bo'lishi uchun ular q^iyidagi rekvizitlarga ega bo'lishi kerak: tashkilotning nomi; hujjatning nomi va raqami; u tuzilgan sana va joy; xo'jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdori (natura va pul ifodasida); xo'jalik operatsiyasi amalga oshirilganiga va uning to'g'ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxslarmng shaxsiy imzolari va ularning ta'biri (imzo chekuvchilaming lavozimlari va familiyalari). Boshlang'ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning o'z vaqtidaligiga va to'g'riligiga, ishonchliligiga, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularning belgilangan muddatlarda topshirilishiga mas’uldirlar. Xarajatlar smetasi ijrosining buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan hujjatlar;
Moddiy qiymatliklaming sotib olinishiga doir hujjatlarda bu qiymat-liklaming olganligiga moddiy javobgar shaxsning imzosi, bajarilgan ishlarga doir hujjatlarda esa bajarilgan ishning qabul qilinganligini tasdiqlovchi tegishli shaxslarning imzolari bo'lishi kerak. Boshlang'ich hujjatlarda yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka pastasi bilan, kimyoviy qalam bilan yoki turli texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Boshlang'ich hujjatlardagi bo'sh qatorlar chizib chiqiladi. Boshlang'ich hujjatlarda qirislTva izohlanmagan tuzatishlar qilishgayo'l qo'yilmaydi. Boshlang'ich hujjatlardagi xatolarni, noto'g'ri yozilgan matnni yoki summani ustidan chizib va chizilganning ustiga to'g'ri matnni yoki summani yozish yo'li bilan to'g'rilanadi. Ustidan ingichka chiziq bilan shunday chiziladiki, keyinchalik avval yozilgan ma’lumotni o'qish mumkin bo'lsin. Boshlang'ich hujjatdagi xatoni tuzatish «tuzatilgan» degan yozuv bilan izohlanishi va tuzatilgan sana ko'rsatilgan holda hujjatni imzolagan shaxslaming imzolari bilan tuzatilganligi tasdiqlangan bo'lishi kerak. Kassa va bank hujjatlarida tuzatismarqilishgayo'lqo'yilmaydi. Buxgalteriya xizmatiga tushgan boshlang'ich hujjatlar albatta shakl bo‘yicha (boshlang'ich hujjatlaraing rasmiylashtirilishini, ko'rsatkich (rekvizit)lar to'ldirilganligining to'laligi va to'g'riligi) hamda mazmuni bo'yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyalaraing qonuniyligi, ayrim olingan ko'rsatkichlaming mantiqan o'zaro bog'liqligi) tekshiriladi. Hujjatlardagi ma’lumotlaming ishonchligiga, boshlang'ich hujjatlaming o'z vaqtida va sifatli tuzilganligiga ushbu hujjatlami tuzgan va imzolagan shaxslar javob beradilar. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar, shuningdek, mehnat haqi hisoblash uchun asos bo'hb xizmat qiluvchi hujjatlar albatta «Olindi» yoki «To'landi» degan shtamp yoki uni qo'lda yozib sana(kun, oy, yil)ni ko'rsatilib yopiladi. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar operatsiyalaraing amalga oshirilgan sanasi bo'yicha (xronologik tartibda) tartiblashtiriladi va quyidagi doimiy raqamlar berilgan tegishli mcmorial-orderlar-yig'uvchi vedomostlar bilan rasmiylashtiriladi: 1-memorial-order - «Kassa operatsiyalari bo'yicha yig'uvchi vedomost», 381-shakl; 2-memorial-order - «Budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'ida mablag'-laming harakati bo'yicha yig'uvchi vedomost», 381-shakl; 3-memorial-order - «Budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'ida mablag'larni harakati bo'yicha yig'uvchi vedomost», 381-shakl; 5-memorial-order - «Mehnat haqi va stipendiyalar bo'yicha hisob-kitob vedomostlarining yig'masi», 405-shakl; 6-memorial-order - «Turli tashkilotlar bilan hisob-kitoblar bo'yicha yig'uvchi vedomost», 408-shakl; 7-memorial-order - «Rejali to'lovlar tartibidagi hisob-kitoblar bo'yicha yig'uvchi vedomost», 408-shakl; 8-memorial-order - «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha yig'uvchi vedomost», 386-shakl; 9-memorial-order - «Asosiy vositalaming hisobdan chiqarilishi va joydan-joyga ko‘chirilishi bo'yicha yig‘uvchi vedomost», 438-shakl; 10-memorial-order - «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlaming hisobdan chiqarilishi va joydan-joyga ko'chirilishi bo‘yicha yig'uvchi vedomost», 438-shakl; 11-memorial-order - «Oziq-ovqat mahsulotlarining kirimi bo'yicha yig'uvchi vedomostlaming yig'masi», 398-shakl; 12-memorial-order - «Oziq-ovqat mahsulotlarining sarflanishi bo'yicha yig'uvchi vedomostlaming yig'masi», 411-shakl; 13-memorial-order - «Materiallaming sarflanishi bo'yicha yig'uvchi vedomost», 396-shakl; 14-memorial-order - «Maxsus mablag'lar bo'yicha daromadlami hisoblashga doir yig'uvchi vedomost», 409-shakl; 15-memorial-order - «Bolalami saqlagani uchun ota-onalar bilan hisob-kitoblar bo'yicha vedomostlaming yig'masi», 406-shakl. Qolgan operatsiyalar bo'yicha va «Storno» operatsiyalari bo'yicha 16-dan boshlab har oyda alohida raqamlanadigan alohida-alohida memorial-orderlar (274-shakl) tuziladi.Operatsiyalar hajmi bo'yicha yig'uvchi vedomostlar tuzish talab qilinmaydigan budjet tashkilotlarida schyotlar korrespondensiyasi alohida memorial-orderlarda (274-shakl) ko'rsatiladi. Alohida memorial-orderlar operatsiyalar sodir bo'lishi bilan, ammo boshlang'ich hujjat olingan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, ayrim hujjatlarga yoki bir xil hujjatlaming guruhiga asosan tuziladi. Memorial-orderlar bosh buxgalter yoki uning o'rinbosari hamda mazkur memorial-ordemi tuzgan xodim tomonidan imzolanadi. Har bir hisobot oyi tugagandan so‘ng barcha memorial-orderlar, memorial-orderlar-yig‘uvchi vedomostlar ularga tegishli hujjatlar birgalikda xronologik tartibda taxlangan va kitob qilingan bo'lishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo'lmagan taqdirda ulaming uch oyligini birga qo'shib kitob qilinishi mumkin. Kitobning muqovasiga: tashkilotning nomi; kitobning nomi va tartib raqami; hisobot yili (yil va oy); memorial-orderlaming boshlang'ich va oxirgi raqami; kitobdagi varaqlaming soni yozib qo'yiladi. Boshlang'ich hujjatlarning saqlanishini, ularning rasmiylashtirilishini va arxivga berilishini bosh buxgalter ta’minlaydi. Boshlang'ich hujjatlar, ular arxivga topshirilgunga qadar, maxsus xonalarda yoki yopiladigan shkaflarda bosh buxgalter tomonidan tayinlangan shaxsning javobgarligida saqlanishi kerak. Tashkilotning buxgalteriya xizmati arxivida buxgalteriya hujjatlarining kitoblari belgilangan muddat davomida saqlanadi. Buxgalteriya hujjatlarining kitoblarini tashkilotning buxgalteriya xizmati arxivida saqlash muddati tugagandan so'ng belgilangan tartibda tegishli davlat arxiviga topshiriladi. Buxgalteriya hujjatlari kitoblarining arxivga topshirilganligiga dalil bo'ladigan hujjatlar buxgalteriya xizmatida doimiy saqlanadi. Budjet tashkilotlari davlat mulkiga asoslangan notijorat tashkiloti ekanligi, ular davlat boshqaruvi organlari tomonidan ta’sis etilishi, o’z faoliyatini har bir soha va tarmoqqa tegishliligiga ko’ra maxsus qabul qilingan nizomlar asosida amalga oshirishini, xarajatlarining asosiy qismi bo’ysunuviga ko’ra mahalliy budjetlar va respublika budjeti hisobidan moliyalashtirilishini, budjetdan moliyalashtirish xarajatlar smetasi deb nomlanuvchi rasmiy hujjat asosida amalga oshirilishini, tashkilotning moliyaviy- xo’jalik faoliyati ham budjetdan moliyalashtirish tamoyillarga bo’ysundirilganligini aniqladik. Shu bilan birga, resurslarning chegaralanganligi sharoitida budjet tashkilotlarining ortib borayotgan ehtiyojlarini faqat budjet mablag’lari evaziga qondirish imkoniyati cheklangan, shuni hisobga olgan holda, budjet tashkilotlari nodavlat va nobudjet manbalardan mablag’ jalb qilish tashabbuslarini rag’batlantirib borish lozim. Lekin, shuni ham unutmaslik kerakki, budjet tashkiloti davlat mulkini tasarruf etuvchi sub’ekt, shuning uchun budjetdan tashqari mablag’larining ham maqsadli va samarali ishlatilishi albatta nazorat ostiga olinishi kerak.
Kurs ishining yuqoridagi rejalarda biz budjet tashkilotlari va muassasalari moliyasini va samarali tashkil etish masalalarini o’rgandik, budjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishga taalluqli me’yoriy hujjatlarni tahlil qildik. Shuningdek, budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishnnig avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, uning afzalliklari va ishlash printsiplarini bayon qildik. Izlanishlarimiz asosida shakllangan xulosalarimiz va taklif-mulohazalarimiz quyidagilardan iborat: Birinchidan, budjet tashkilotlari o’z xarajatlarini ular uchun ajratilgan budjet limitlari doirasida mustaqil ravishda,lekin o’rnatilgan me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshiradilar. Shunday ekan, budjet tashkiloti doim qo’shimcha mablag’larga ehtiyoj sezadi, chunki uning ehtiyojlarini qoplashga etadigan va budjet tashkilotlari tomonidan hisoblab chiqarilgan summa budjet limitlaridan shubhasiz oshib ketadi. Bu holat budjet tashkilotlarining o’z xarajatlarini aniqlash va rejalashtirishda mustaqilligini kamaytiradi. Ikkinchidan, budjetdan moliyalanadigan tashkilotlarga mablag’larning to’liq hajmda safarbar etish imkoniyati shu davrdagi tegishli budjetning imkoniyati bilan bog’liq. Budjet tashkilotlarining xarajatlarini to’lab berishda shu munosabat bilan xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan. Shuning uchun budjet tashkilotlarining o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlanishini yaxshilash uchun budjetning barqarorligini ta’minlash, buning uchun esa shu hudud iqtisodiyoti budjet potentsialini ko’tarish zarur. Uchinchidan, moliyaviy nazorat organlarining nazorat tadbirlari yuzasidan hisobotlarini ko’radigan bo’lsak, aksariyat hollarda tekshiruvlar natijasidagi kamomad va suiste’mollar aniqlanadi va tegishli budjetga tiklanadi. Bu holat budjet tashkilotlarida budjet intizomining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligini bildiradi. Budjet tashkilotlari va muassasalarida buxgalteriya hisobinnig avtomatlashtirilgan tizimining yo’lga qo’yilishi yaqin istiqbolda budjet tashkilotlaridagi moliyaviy tartib buzilishlarning oldini olishga xizmat qilishi kerak. To’rtinchidan, budjet tashkilotlari ehtiyojlarini qondirish manbalarini to‘g‘ri belgilash zarur. Budjetdan ajratilgan mablag‘lar muassasaning barcha ehtiyojlarini, ayniqsa, qimmat turuvchi uskuna, jihozlar, o‘quv-laboratoriya jihozlariga bo‘lgan ehtiyojlarini, mablag‘larning chegaralanganligi bois, qondira olmaydi. Shu sababli keng miqyosda budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlarini izlab topish lozim. Buning uchun pullik xizmat turlarini kengaytirish, shartnoma asosida boshqa korxona va tashkilotlarga xizmatlar ko‘rsatish kabilarni joriy qilish maqsadga muvofiq. Beshinchidan, budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishda me’yorlashtirish tizimini takomillashtirish, xizmat turiga qarab: aholi jon boshiga, har bir o‘quvchiga, har bir tarbiyalanuvchiga, har bir talabaga aniq xarajat me’yorlarini ishlab chiqish kerak, ularga amal qilish resurslar taqsimotidagi ijtimoiy adolatni ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, budjet tashkilotlari va muassasalari moliyasini yanada takomillashtirish qator omillarni hisobga olib amalga oshirilishi kerak. Bu omillar: budjetning daromad va xarajatlar bo‘yicha barqarorligi, me’yoriy-huquqiy bazaning takomillashganligi, menejer-kadrlarning nazariy va amaliy salohiyati, sohalarga axborot-kommunikatsion texnologiyalarning tobora kengroq va shiddatliroq kirib borishi va boshqa omillar. O‘ylaymizki, bu omillarning o‘z vaqtida hisobga olinishi islohotlarning kutilgan natijalarini beradi, ularning samarali va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlaydi, hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni to‘laqonli bajarishga xizmat qiladi. Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling