Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
Budjet tashkilotlari va muassasalari
Download 235.5 Kb.
|
4-KURS ISHI MM-70 Chuliyev Shaxboz
1. Budjet tashkilotlari va muassasalari moliyasining mazmuni, tashkiliy tamoyillari va xususiyatlari
Mamlakatimizda keng tarqalgan budjetdan mablag’ oluvchilarning asosiy qismini tashkil qiluvchi budjet tashkilotlari faoliyatining nazariy asoslari to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor, shuni aytish kerakki, budjetdan mablag’ oluvchi sub’ektlar ortib borayotgan ehtiyojlarining davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan qondirilishi ko’p jihatdan mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlariga bog’liq. Xususan, “Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo’yicha 14 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir. O’tgan yili soliq yuki o`zgarishsiz qoldi, daromad solig’i stavkasi esa 12 foizdan yil yarmiga kelib pandemiya davrini hisobga olgan holda 1 foizga kamaytirilgan bo’lsa-da, davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,97 foiz defitsit bilan bajarildi”. Davlatning iqtisodiyotda kechayotgan jarayonlarga ta’sir etish qurollaridan biri davlat budjetidir. Davlat budjet orqali jamiyat talablariga mos ravishda pul mablag’larini moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasida qayta taqsimlanish jarayonini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining rivojlanishini rag’batlantirishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuviga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bir so’z bilan aytganda, davlat budjeti iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solishda muhim vosita – dastak bo’lib xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot sohalari ikki yirik sohadan iborat: Moddiy ishlab chiqarish sohasi. Nomoddiy ishlab chiqarish (yoki noishlab chiqarish) sohasi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida moddiy qimmatliklar yaratiladi, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi, ishlar bajariladi. Noishlab chiqarish sohasida turli xizmatlar (maishiy, kommunal, ijtimoiy, davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi, milliy xavfsizlik, ichki ishlar xizmatlari) ko’rsatiladi. Noishlab chiqarish sohasida sodir bo’ladigan moliyaviy munosabatlar turli- tuman bo’lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (1-rasm). Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling