Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Kurs ishning nazariy ahamiyatini unda budjet tashkilotlari va muassasalari moliyasini tashkil etish va boshqarishning mazmuni, xususiyatlari, printsiplari, afzallik va kamchiliklari ochib berilganligi, budjet tashkilotlari moliyasini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslari ko‘rsatib berilganligi, budjet tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalari tahlil qilinganligi, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari misolida tashkilotning xarajatlar smetasini tuzish va xarajat guruhlari bo‘yicha taqsimlash amaliyoti batafsil bayon etilganligi va shu asosda tanlangan mavzu bo‘yicha yaxlit ilmiy ish shakllantirilganligi belgilab beradi. Kurs ishning amaliy ahamiyati shundaki, budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish jarayonlarini kompleks tahlil qilish asosida budjet tashkilotlari moliyasini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |