I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb



8
Kinematika asoslari
I bob.
MEXANIK
 
HARAKAT HAQIDA 
UMUMIY MA’LUMOTLAR
1-§. JISMLARNING HARAKATI 
Mexanik harakat
Tevarak-atrofimizda velosiped, avto-
mobil va odamlar yurishini; osmonda qush
vertolyot, samolyot va raketalar uchishini 
(2-rasm); suvda baliq, akula va delfinlar 
suzishini; Yer Quyosh atrofida, Oy esa Yer 
atrofida aylanishini kuzatishimiz mumkin. 
Jismning harakati ma’lum qonun-qoi da -
larga bo‘ysunadi. Masalan, olimlar ku-
za tish natijalari asosi da osmon jism lari-
ning qaysi vaqt da fa zo ning qaysi joyida 
bo‘lishini aniq lay ola dilar. Jumladan, ular 
Oy va Qu yosh ning qa chon tutilishini ol-
din dan aytib berishlari mumkin.
Har qanday jismning mexanik harakati
boshqa jismga nisbatan kuzatiladi. 
Masalan, avtomobil ko‘cha bo‘yidagi da -
raxt yoki binolarga nisbatan, daryo suvi 
qir g‘oq lar ga nisbatan, samolyot Yerdagi 
bino , osmon dagi bulutlarga nisbatan ha-
ra kat qiladi. Jism harakati kuza tuv chi-
ning vaziyatiga qarab turlicha bo‘ladi.
Jismning mexanik harakati deb,
uning boshqa jismlarga nisbatan
fazodagi vaziyatining vaqt o‘tishi
bilan o‘zgarishiga aytiladi.
2-rasm.
Jismlarning mexanik harakati


9
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
Harakatning nisbiyligi
Odatda, jismning vaziyati yerga nisbatan o‘zgarmasa, u tinch turibdi, 
deymiz. Aslida, jismning tinch yoki harakat holati nisbiydir. Qayiqda o‘tirgan 
odam qayiqqa nisbatan tinch holatda bo‘lsa, daryo qirg‘og‘iga nisbatan 
harakatda bo‘ladi. Yerdagi barcha narsalar go‘yoki tinch turganga o‘xshaydi. 
Lekin ular Yer bilan birga Quyosh atrofi da aylanadi, ya’ni harakatda bo‘ladi. 
Ma’lum tezlikda ketayotgan poyezd ichida yurib ketayotgan odam vagonga 
nisbatan kichik tezlikda harakatlansa, tashqaridagi temiryo‘l relsiga nisbatan 
katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘ladi. Bu odam tezligi turli jismlarga 
nisbatan turlicha bo‘ladi. Boshqa jismlar bo‘lmasa, yakka bir jism tezligi 
haqida biron bir fi kr yuritish mumkin emas. 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling