11
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
boshi, undan 8 km uzoqlashish masofasi esa
koordinata boshiga nisbatan
bosib o‘tilgan yo‘l hisoblanadi. Bunda «Lasetti»ning harakatida Yer –
sanoq jism, uy – koordinata boshi, haydovchidagi soat –
jismning harakat
vaqtini o‘lchaydigan asbobdir. Ular birgalikda sanoq sistemasini tashkil
etib, bu harakat haqidagi ma’lumotlarni to‘liq ifodalashga yordam beradi.
Tayanch tushunchalar:
mexanik harakat,
harakatning nisbiyligi,
sanoq jism, koordinatalar sistemasi, sanoq sistemasi.
1. Yunon olimi Ptolemey
Quyosh Yer atrofida aylanadi, deb hisoblagan. Polshalik
olim Kopernik esa
Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrni ilgari surgan.
Sizningcha, qaysi olimning fikri to‘g‘ri? O‘z fikringizni asoslab bering.
2. Bir xil mustahkamlikka ega bo‘lgan, pishirilgan ikkita bir xil tuxum olamiz.
Ularning bir xil tomonlarini bir-biriga to‘g‘rilab, birinchisini tinch holatda tutib
turamiz va ikkinchisi bilan birinchisiga zarb beramiz. Sizningcha, bunda tinch
turgan tuxum sinadimi yoki zarb bergan tuxummi?
Do'stlaringiz bilan baham: