I bob. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 102 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi102 Kb.
#1485403
1   2   3   4   5
Bog'liq
I BOB

1.4. Bozor va uning vazifasi

Bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etishda unga teng keladigan muqobil variantning yoʻqligini isbotladi.


Birinchidan, bozor ishlab chiqarish va iste’molning oʻzaro bogʻliqligini ta’minlaydi. Bu funksiyani u taklifni toʻlov qobiliyatli talab hajmiga muvofiqligini oʻrnatish orqali amalga oshiradi.
Ikkinchidan, xolis ishlab chiqaruvchilar mehnatining natijalarini ijtimoiy baholashni kafolatlaydi. Bunday baholash mexanizmi oddiy, samarali va obyektivdir. U bir narsadan: oldi-sotdi boʻladimi yoki yoʻqligidan iborat.
Uchinchidan, bozor ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi uchun sharoit yaratadi. Bunga qoloqlarni ilgʻorlardan «ajratuvchi» raqobat yordam beradi.
«Sof» bozor hech qachon mavjud boʻlmagan, bu hayoliy tizim - «mukammal raqobat» deb ataluvchi «hayoliy» modeldir. Erkin bozor yoki «mukammal raqobat» ishi qator majburiy shartlar, institutlar mavjudligi bilan aniqlanadi:

Bu barcha institutlar xoʻjalik faoliyatini rivojlantirish asosi sifatida iqtisodiy ragʻbatlantirish tizimini vujudga keltiradi.
Xususiy mulkchilik – bu fuqaro yoki firmani iqtisodiy ne’matga egalik qilish, foydalanish, taqsimlash huquqidir.
Agar mulkchilik huquqlari yaqqol aniqlangan va ishonchli himoyalangan boʻlsa, bunday tizim resurslardan yaxshiroq foydalanishni ta’minlaydi.
Tadbirkorlik erkinligi har qanday inson tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkinligini: resurslarni sotib olish va oʻz tanloviga koʻra har qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni bozorda sotish, pullarni bankka qoʻyish va boshqalarni koʻzda tutadi.
Tanlash erkinligi resurs egalarini ularni oʻz xohishiga qarab foydalanish: xodimlar uchun har qanday faoliyat turi bilan shugʻullanish, iste’molchilar uchun oʻz pul daromadlariga tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatini koʻzda tutadi. Tanlovning toʻgʻriligi va tadbirkorlik erkinligi iqtisodiyot holati haqidagi axborot toʻla hajmining mavjudligi bilan aniqlanadi.
Shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi ragʻbat, xoʻjalik faoliyati sababidir. Bozorda faoliyat koʻrsatayotgan barcha subyektlar oʻzining shaxsiy manfaatini koʻzlaydi, ularni Adam Smit ta’biricha “koʻrinmas qoʻl” boshqaradi. U bozorning barcha qatnashchilarini barcha uchun farovonlikni oshishini ta’minlovchi yoʻnalishda harakat qilishga undaydi. Har bir odamni boylikka intilishi umuman butun jamiyatning boyligiga olib keladi.
Raqobat – cheklangan resurslarning koʻproq miqdoriga, ulardan eng koʻp qaytim olish maqsadida ularni oʻz ixtiyoriga olish uchun xoʻjalik subyektlari oʻrtasidagi musobaqadir.
Odatda, raqobat odamlarni cheklangan resurslarni olish va ishlatishning eng oqilona yoʻllarini izlashda ijobiy rol oʻynaydi.
Bozor narxlari tizimiga tayanish. Narx bozorda iqtisodiy vaziyat koʻrsatkichi boʻlib xizmat qiladi va uchta funksiyani bajaradi:
1)xaridor va sotuvchilar harakatini yoʻnaltiruvchi axborotni beradi;
2)ishlab chiqarishning samaraliroq yoʻllarini ragʻbatlantiradi;
3)bozor subyektlari oʻrtasida daromadlarni taqsimlaydi.
Narxlar bu uchta funksiyani bajarishi uchun, ularning erkin harakatlanishini ta’minlash zarur boʻladi.
Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida yechiladi:
- optimallashtirish tamoyili – har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;
- muqobil xarajatlar tamoyili – noyob resurslardan foydalanish yoʻnalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali.
Iqtisodiy subyektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga koʻra oʻz maqsadlariga erishishi uchun xoʻjalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy subyektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy subyektlarni ikkiga boʻlib qaraydi – iste’molchilar (uy xoʻjaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi – mumkin darajada oʻzining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish boʻlsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi – foydani yoki boshqa bir faoliyat koʻrsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.
Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo – bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:

  1. ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;

  2. iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;




  1. ishlab chiqarish va iste’mol qilish boʻyicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.

Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1-chizma).

1.1-chizma.


Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling