I bob. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi


Download 102 Kb.
bet5/5
Sana15.06.2023
Hajmi102 Kb.
#1485403
1   2   3   4   5
Bog'liq
I BOB

Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi

Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi oʻzgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen oʻzgaruvchilar tashqi oʻzgaruvchilar boʻlib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen oʻzgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga boʻlinadi: uy xoʻjaliklari va firmalar. Uy xoʻjaliklari oʻz resurslarini (ishchi kuchi, kapital va yerni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar oʻzlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xoʻjaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.


Koʻrinib turibdiki, haqiqatdan ham nima iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy xoʻjaliklari hal qiladi. Uy xoʻjaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos boʻlishi kerak. Firmalar, oʻz navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xoʻjaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari kerak, ya’ni ular iste’mol qilish boʻyicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak boʻladi.
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.
Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xoʻjaliklari sektori oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi boʻyicha oʻzaro munosabatda boʻlsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi boʻyicha oʻzaro munosabatda boʻlsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.
Har bir bozor oʻzining ikkita qaror qabul qiluvchi subyektiga ega: sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xoʻjaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot boʻlib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning oʻzida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash muammosini yechish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi – xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash toʻgʻrisida signal boʻlsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash toʻgʻrisida muhim axborot boʻlib xizmat qiladi.
Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx yer, kapital va resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bogʻliq xarajatlarga tranzaksion xarajatlar deyiladi.
Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qarorlarini vaqt boʻyicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) bozorining vujudga kelishi bilan bogʻliqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, ularning narxlari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishga, ularning kelajakda nisbatan noyobligi toʻgʻrisida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga koʻra, oʻzlarining joriy xoʻjalik rejalarini qayta koʻrib chiqadilar va oʻzlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar.



1 N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 8 bet

2 Microeconomics, Second Edition bv Robert S. Pindyck, 12 bet

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling