I bob. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 245.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana09.02.2023
Hajmi245.67 Kb.
#1180558
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 мавзу MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI,MAQSADI VA TADQIQOT USULLAR




 
 
I BOB. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI,
MAQSADI VA VAZIFALARI 
 
1.1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash 
Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan 
mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xoʻjalik 
yurituvchi subyektlar va alohida isteʼmolchilar qay darajada 
foydalanishini oʻrganadi. Koʻpchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab 
isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi harakatlari 
yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning 
vazifasi alohida olingan subyektlar tomonidan qaror qabul qilish 
jarayoni va oʻzaro xatti-harakatlarini oʻrganishdir: ular qancha 
ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular 
qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham 
jamiyatning resurslarini boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar 
cheklangan. Cheklanganlikning ma’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil 
boʻlganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va 
xizmatlar bilan ta’minlay olmaydi. Uy xoʻjaligi oʻzining har bir a’zosiga 
ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham oʻzining 
har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori 
darajasi bilan ta’minlay olmaydi
2
.
Resurslarni cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov 
muammosini qoʻyadi: 
- nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish? 
- qanday texnika va texnologiyani qoʻllash? 
- ishlab chiqarilgan mahsulot kim tomonidan iste’mol qilinadi? 
Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida – 
ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini 
va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yoʻllarini oʻrganish turadi.
Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik 
2
N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 8 bet 



muammosini har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning 
turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish 
uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini koʻzda tutadi. Bunda 
inson har doim ham “barchasi yoki hech narsa” xilidagi qarorni qabul 
qilmaydi. Koʻpincha inson bir iqtisodiy ne’matning ma’lum miqdorini 
olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi. Bunday 
tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat 
tamoyili yotadi. 
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat 
qimmati bilan oʻlchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir. 
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi 
iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy 
ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud boʻlgan 
3 metr mato boʻlagidan yo koʻylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato 
miqdorining cheklanganligi uchun ham sizda ham koʻylak, ham kamzul 
tikish imkoni yoʻq. Bu vaziyatda tanlash kerak boʻladi. Bu tanlov yo 
koʻylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni koʻzda tutadi. Koʻylakni 
tanlash qarori kamzulga ega boʻlishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni 
yangi koʻylakning qimmati kamzulga ega boʻlib, olish mumkin boʻlgan 
foyda va quvonchlarga teng. Unda koʻylakning muqobil qiymati borligi 
aytiladi – bu kamzul. Agar kamzul tanlansa – uning muqobil qiymati 
koʻylak boʻladi. 
Mikroiqtisodiyot fani iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va 
taqsimlash jarayonlarini oʻrganib, ularni oqilona ishlatish tamoyiliga 
asoslanadi. 
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni 
eng kam resurslarni sarflab, oʻzining eng koʻp ehtiyojlarini qondirishi 
haqidagi fikrdir. Bu koʻplab yoʻllar ichidan inson cheklangan 
resurslardan yaxshiroq foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini 
bildiradi.
Agar resurslar mutloq cheklangan boʻlganida edi, tanlov qilish 
imkoni boʻlmas edi. Agar cheklanganlik boʻlmaganida, unda tanlov ham 
kerak boʻlmasdi. Tanlash muammosi cheksiz, chunki biz bitta qaror 
bilan cheklanmasdan, ularning koʻpiga egamiz. Tanlov resurslardan 



foydalanishning eng yaxshi yoʻllari oʻrtasida boradi va resurslardan 
foydalanishning eng yaxshi yoʻli kam xarajat qilib eng yuqori natijaga 
erishish yoʻli boʻladi.
Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayotgan 
voqealarni tushuntirish bilan shugʻullanadi. Masalan, ishlab chiqarishda 
iste’mol etiladigan xomashyo narxi oʻzgarganda firmalar nima sababdan 
ishchilarni ishdan boʻshatish yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar 
xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma ularning qanchasini boʻshatish 
yoki qabul qilishi talab qilinadi? Shu haqidagi fikrlar mikroiqtisodiyotda 
tushuntiriladi.
Mikroiqtisodiyot bu taxminni ma’lum miqdorda tovar ishlab 
chiqarish maqsadida firma, ish kuchi, kapital qoʻyilmalar hajmi va 
xomashyoning rejalashtirishini tushuntirib berish uchun qoʻllaydi. 
Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omillari boʻlgan ish kuchi, 
kapital va xomashyo narxlarining oʻzgarishiga, va shuningdek, boʻlgʻusi 
oʻz mahsulotining narxiga koʻra firma ishlab chiqarishni qanday 
rejalashtirishini izohlab beradi.

Download 245.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling