I bob. Milliy bog’lar, qo’riqxonalar va alohida qo’riqlanadigan joylar haqida umumiy ma’lumot. O’zbekistondagi muhofazaga oilingan hududlar
-yo‘nalish, Urganch shahri – Tuproqqala tumani
Download 196.92 Kb.
|
durdona 2075
3-yo‘nalish, Urganch shahri – Tuproqqala tumani
Ushbu yo‘nalish “Uch o‘choq” geologik tarixiy ob’ektga olib boradi (200 km). Ob’ekt, Mesopotamiyaning tarixiy hududida joylashgan. Yaqin kunlarda bu yerda mehmonxonalar, restoranlar, kemping joylari va boshqa sayyohlik inshootlari quriladi. “Uch o‘choq”, geologik-tarixiy ob‘ekt hisoblanib, u uzoq vaqt davomida Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari tomonidan o‘rganilgan va tarixchilarning taxmin qilishlaricha, u katta meteor oqimi yog‘ishi natijasida vujudga kelgan. “Uch o‘choq” geologik tarixiy ob’ekti xorijlik olimlar va sayyohlarda uchun katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Uning yuqori qismini karer sifatida ishlatilishi natijasida, hududning tabiiy ko‘rinishi ancha betartib va g‘ayrioddiy bo‘lib qolgan. Ushbu tarixiy ob’ektni saqlab qolish maqsadida hudud Xorazm milliy tabiat parkiga kiritilgan, Bu noyob qo‘riqxona, 1977 – yilda barpo etilgan bo‘lib muhofaza qilinadigan hudud maqomiga ega. Bugungi kunda, qo‘riqxonaning maydoni 16,5 ming gektarni tashkil qiladi va undagi hayvonlar yarim vol’yer sharoitda parvarish qilinadi. Ekologik markazni yaratish jarayonida, noyob hayvonlar yashashi uchun yaroqli ulkan hudud simto‘r bilan o‘raldi va hayvonlar, shu jumladan, jayronlarni, qishloqlaridagi mahalliy aholi va Qizilqum cho‘li kengliklaridan yig‘b kelindi. O‘sha paytlarda, ko‘plab oilalar jayronlarni tovuslar kabi uylarida bezak sifatida saqlashar edi. Hudud, noqonuniy ovchilar va bosqinchilardan himoya qilina boshladi. Bugungi kunda, ekomarkazda hayvonlarni parvarishlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Markazning yaratilishi, nafaqat jayronlar, balki boshqa ko‘plab noyob sutemizuvchilar, qushlar, baliqlar, hasharotlar va sudralib yuruvchilar sonining ko‘paytirilishiga imkon berdi. Qo‘riqxonada, uzun tikonli tipratikonlar va qulonlar, Prjevalskiy otlari va Buxoro tog‘ qo‘ylari, aylanma shoxli echkilar va pushti saqoqushlar, turnalar va oqqushlar, burgutlar va lochinlar, kulrang echkemarlar va O‘zbekistondagi cho‘l gududlarida yashovchi boshqa ko‘plab hayvonlarini ko‘rish mumkin. Qo‘riqxonada, Amu-Buxoro kanali kelib quyiladigan ko‘llar mavjud bo‘lganligi uchun hayvonlar doimo ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Bugungi kunda, ekomarkaz hududi katta sur’atlar bilan obodonlashtirilmoqda. Tez kunlarda, noyob hayvonlarni tomosha qilish imkonini beruvchi qo‘shimcha sayyohlik yo‘nalishlari ochiladi. O‘rta Osiyoda yashovchi yovvoyi otlarning kenja turi - Prjevalskiy otlarini tomosha qilish – kishiga katta zavq bag‘ishlaydi. Bunday otlar juda noyob bo‘lib hozirgi kunda dunyoda ularning taxminan ikki ming donasi saqlanib qolgan. Kelgusida Ekomarkazda hayvonlar sonini ko‘paytirish, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, maxsus saytda 3D-sayohatlar yaratish ishlari rejalashtirilmoqda, qo‘riqxonaga tutash hududlarda esa qo‘shimcha sayyohlik ob’ektlari tashkil etish va boshqa yana ko‘plab ishlar rejalashtirmoqda. мм Download 196.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling