I bob. Milliy bog’lar, qo’riqxonalar va alohida qo’riqlanadigan joylar haqida umumiy ma’lumot. O’zbekistondagi muhofazaga oilingan hududlar


Download 196.92 Kb.
bet3/25
Sana17.06.2023
Hajmi196.92 Kb.
#1553020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
durdona 2075

Biosfera qoʻriqxonasi — qoʻriqlanadigan hudud (qoʻriqxona, milliy bog va boshqalar). Biosfera qoʻriqxonasi muayyan hududdagi eng noyob tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish ilmiy tadqiqot ishlari, atrof muhitning uzok, muddatli monitoringi va boshqa ishlar bilan birga qoʻshib olib boriladi. Biosfera qoʻriqxonasi barpo etish 1973-yildan boshlab "Inson va biosfera" dasturi bilan bogʻliq holda paydo boʻddi. Jahonda 300 dan ortiq Biosfera qoʻriqxonasi ishlaydi, jumladan, Oʻzbekistonda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga qaraydigan Chatqol biosfera qoʻriqxonasi bor.
2.2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 3-dekabrdagi 711-II-sonli “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari
O‘zbekiston Respublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonundan, shuningdek yer, suv, o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlar, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza etish va undan foydalanish to‘g‘risidagi, atmosfera havosini muhofaza etish to‘g‘risidagi hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlardan iborat alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi.
2-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining vazifalari
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining vazifalari noyob tabiiy majmuilarni, tabiat yodgorliklarini, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan hamda tabiiy muhitni kuzatish va tadqiq etish majmuidan, aholini ekologiya bobida tarbiyalashdan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik hududlardan xo‘jalik maqsadida foydalanishni cheklashdan iboratdir.

Download 196.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling