I боб. Молия бозорининг назарий асослари молия бозорининг иқтисодий моҳияти


Download 1.46 Mb.
bet25/92
Sana23.04.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1387714
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Bog'liq
Moliya Bozori

Таянч сўз ва иборалар
Облигация, хорижий облигациялар, купон ставкаси, дисконт, корпоратив облигациялар, облигациялар рейтинги, облигациялар қиймати, облигациялар дюрацияси.


Ўз-ўзини текшириш учун саволлар

  1. Облигацияни иқтисодий моҳияти.

  2. Облигация акциядан фарқли жиҳатлари.

  3. Эмитент нуқтаи назаридан облигациялар қайси турларга бўлинади?

  4. Даромад тури бўйича облигацияларнинг қандай турлари мавжуд?

  5. Корпоратив облигацияларни чиқариш шартлари нималардан иборат?



5-MAVZU. HOSILAVIY QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI



    1. Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning iqtisodiy mohiyati va ularning oʻziga xos xususiyatlari.

    2. Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning rivojlanish tarixi.

    3. Forvard shartnomalarining mohiyati va ularda aktivlarning forvard narxini aniqlash usullari.

    4. Fyuchers shartnomalarining mohiyati va ularning oʻziga xos jihatlari.

    5. Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi.



5.1. Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning iqtisodiy mohiyati va ularning oʻziga xos xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti turli bozorlarning jamlanmasi sifatida namoyon boʻlar ekan, unda moliya bozorining oʻrnini alohida ajratib koʻr-satishimiz mumkin, modomiki aynan ushbu bozor izchillik bilan bir tomondan ikkinchi tomonga, iqtisodiyotning kam rentabelli tarmoq-laridan daromadli sohalariga kapitallarning oqimiga imkon yaratib beradi. Buning natijasida esa moliya bozori iqtisodiyotning tarmoqlari oʻrtasida kapitalni qayta taqsimlanishini taʼminlab, tarmoqlarning daromadlilik darajalarini oʻzaro tenglashtirishga yordam beradi.
Boʻsh turgan mablagʻlarni investitsiyalarga aylanishi moliya bozorida amalga oshirilar ekan, soʻnggi paytda uning tarkibida hosilaviy qimmatli qogʻozlar segmenti tobora asosiy oʻrinni egallab borayotganligini koʻrishimiz mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisi”dagi Qonunida hosilaviy qim-matli qogʻozlarga quyidagicha taʼrif berilgan: “Qimmatli qogʻoz-larning hosilalari – oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar, depozitar tilxatlar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlar”8dir. Ushbu bobda biz hosilaviy qimmatli qogʻozlar, ularning oʻziga hos xususiyatlari, qoʻllanilishi haqida fikr yuritamiz.
Shartnoma shartlarini bajarish muddatlari nuqtai nazaridan bozorlar spot bozori va muddatli bozorga ajratilar ekan, bunda spot bozori naqd shartnomalar bozori hisoblanadi. Spot bozorida bir vaqtning oʻzida qimmatli qogʻozlar keltiriladi va ular boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi. Turli davlatlarning qonunlarida kontragentlarning bitimlarni imzolagandan soʻng oʻzaro toʻlovlarni necha kunlarda amalga oshirishlari belgilab qoʻyilgan. Spot bozorida shakllanuvchi narxlar spot narxlar deyiladi.
Muddatli bozor esa shunday bozorki, unda muddatli shartnomalar amalga oshiriladi. Odatda hosilaviy qimmatli qogʻozlarni muddatli shartnomalar deb ham yuritiladi, negaki ular oʻz mazmuniga koʻra kontragentlar tomonidan kelishilgan shartlarda shartnoma predmetini kelajakda yetkazib berishni nazarda tutadi.
Muddatli bozorda savdo qilinadigan instrumentlarning shakliga koʻra ularni quyidagi koʻrinishlarini ajratib koʻrsatishimiz mumkin:
- forvard shartnomalari;
- fyuchers shartnomalari;
- opsion shartnomalari;
- svoplar.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling