I боб. Молия бозорининг назарий асослари молия бозорининг иқтисодий моҳияти


Download 1.46 Mb.
bet26/92
Sana23.04.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1387714
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Bog'liq
Moliya Bozori

Forvard shartnomalari bu ikki tomonning kelishuvi boʻlib, unga koʻra bir tomon sotish majburiyatini olsa, ikkinchi tomon esa kela-jakda amalga oshirishga kelishilgan maʼlum bir muddatda va oʻrnatilgan narxda bazis aktivlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi. Forvard shartnomalari birjadan tashqari amalga oshiriladi va uni tuzish vaqtida kontragentlar biron bir xarajat qilishga majbur emas.
Fyuchers shartnomalari forvard shartnomalariga oʻxshash keli-shuvdir. Fyucherslarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, bu instrument standartlashtirilgan boʻlib, u faqatgina birja savdolarining obyekti sifatida nomoyon boʻladi. Amaliyotda fyuchers shartnoma-larini sotib olish va sotish orqali risklarni xedjirlash mumkin.
Opsion shartnomalari ikki tomon oʻrtasidagi shartnoma boʻlib, u uning egasiga qimmatli qogʻozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi.
Opsionning oʻziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qogʻozning oʻzini emas balki uni sotib olish yoki sotish huquqini opsion mukofoti evaziga sotib oladi. Shuni taʼkidlash lozimki, opsion egasi vaziyatga qarab opsion yuzasidan sotib olish yoki sotish huquqidan foydalanish yoki undan voz kechishi mumkin.
Svoplar bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga muvofiq kelajakda maʼlum bir toʻlovlarni va yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) almashtirish boʻyicha bitimidir.
Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning asosini tashkil etuvchi bazis aktivlarga koʻra ularni quyidagilarga ajratishimiz mumkin:
tovarlar boʻyicha (neft, neft mahsulotlari, elektr energiya, metallar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari – don, shakar va boshqalarga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar);
valyutalar boʻyicha (valyutaviy qimmatliklarga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar);
fond birjalar boʻyicha (aksiya, obligatsiya, fond indekslari, volatillik indekslariga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar);
foizlar boʻyicha (qarz majburiyatlari boʻyicha foiz stavkalariga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar);
kreditlar boʻyicha (hosilaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlovlar, kreditlar boʻyicha muayyan bir holatlarning sodir boʻlishiga bogʻliq);
nostandart bazis aktivlar boʻyicha (ob-havo, saylov natijalariga
asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar va boshqalar).
Hosilaviy qimmatli qogʻozlar aylanuvchi bozorlarga muvofiq ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:
birja instrumentlari (barcha koʻrinishdagi fyucherslar, birjada muomalada boʻluvchi standartlashtirilgan opsionlar);
birjadan tashqari instrumentlar (forvardlar, nobirjaviy opsionlar, svoplar).

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling