I боб. Молия бозорининг назарий асослари молия бозорининг иқтисодий моҳияти


Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning rivojlanish tarixi


Download 1.46 Mb.
bet27/92
Sana23.04.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1387714
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
Moliya Bozori

5.2. Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning rivojlanish tarixi
Hosilaviy qimmatli qogʻozlar haqidagi dastlabki fikrlar XVI–XVII asrlarga borib taqaladi. Hozirgi zamonaviy hosilaviy qimmatli qogʻozlarning oʻtmishdagi prototiplari boʻlib qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar hisoblanadi. Lekin ayrim maʼlumotlarga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarga oʻxshash instrumentlar ancha ilgari davrlarda ham mavjud boʻlgan. Shunday fikrlar ham borki, ularga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarning oʻtmishdagi prototiplari yozuv kashf etilishi bilan paydo boʻlgan (Mesopotamiya, eramizgacha IV ming yillik).12
Quyida qisqacha keltirilgan tarixiy maʼlumotlar orqali hosilaviy qimmatli qogʻozlarning koʻp asrlik rivolanishi va qoʻllanilishi haqida tasavvurga ega boʻlishimiz mumkin.
Jumladan, XVII asr 30-yillarining oxirida Gollandiya va Ang-liyada lola oʻsimligini oʻstirish va bunda ularning piyozlariga boʻlgan talab juda keskin ortib ketadi. Amsterdamda esa XVII asrning boshlaridayoq ular boʻyicha opsionlar savdosi amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilgan edi, 30-yillarga kelib esa Angliyadagi Qirollik bir-jasida forvard shartnomalari ham paydo boʻldi. Lola oʻsimligining piyozlari uchun tuzilgan shartnomalardan koʻrilayotgan daromadlar-ning oʻsishi va savdoning rivojlanishidan soʻng 1636-1637 yillarda bozorda keskin pasayish kuzatildi.
XIX asrning boshlarida aksiyalar boʻyicha put opsion (sotishga huquq) va koll opsion (sotib olishga huquq)lar bilan savdolar London fond birjasida amalga oshirila boshlandi, lekin ushbu jarayonda maʼlum bir muammolar ham yoʻq emas edi.
5.5. Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi
Opsion kelishilgan muddat davomida maʻlum bir mukofot sum-masi hisobiga belgilangan miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy instrumentlarni belgilangan (kelishilgan) narx boʻyicha sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi bitimni oʻzida aks ettiradi. Bundan koʻrinib turibdiki, opsionlarning ikkita asosiy turi amal qiladi. Yaʻni xarid qilish boʻyicha opsion (option call) kelajakda bitimda belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini bersa, sotish boʻyicha opsion (option put) oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi. Bitimda qayd etilgan bazaviy aktivlar bahosi opsionning ijro etilish (bajarilish) bahosi (strike price) deb ataladi. Bitimda kelishilgan sana bitim muddatining tugash sanasi (expiration date) yoki toʻlov muddati (maturity) deb ataladi. Opsion bitimini amalga oshirish stiliga koʻra Amerika opsioni va Yevropa opsioniga boʻlinadi. Amerika opsion (American option)lari ular amal qilish muddatining tugaguniga qadar istalgan paytda bajarilishi mumkin. Yevropa opsion (European option)lari esa ularning tugash muddatiga kelibgina amalga oshirilishi mumkin. Opsionlar birjada va birjadan tashqarida kotirovkalanadi. Fond birjalarida aksariyat holatlarda kotirovkalanadigan opsionlar boʻyicha bitta opsion bitimining
predmeti sifatida 100 ta aksiyani sotib olish yoki sotish olinadi.
Dunyodagi eng katta opsion birjasi sifatida Chikago opsion birjasi (CBOE – Chicago Board of Options Exchange, www.cboe.com) faoliyat yuritadi. 1973-yilda mazkur opsion birjasida birinchi marta opsion bitimi tuzilganligini ham taʻkidlash lozim.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling