I боб. Молия бозорининг назарий асослари молия бозорининг иқтисодий моҳияти


Svoplar va ularning qiymatini baholash


Download 1.46 Mb.
bet28/92
Sana23.04.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1387714
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
Bog'liq
Moliya Bozori

5.6. Svoplar va ularning qiymatini baholash
Moliyaviy institutlar, forvard, fyuchers va opsionlar bilan birga-likda yana bir muhim moliyaviy instrument hisoblanuvchi, svoplardan keng foydalanadilar. Svop bu shunday moliyaviy shartnoma boʻlib, u bir tomonga tegishli boʻlgan kelgusidagi toʻlovlarni ikkinchi tomon-ning kelgusidagi toʻlovlariga almashtirish vazifasini yuklaydi.19 Oʻz tuzilishiga koʻra svoplar yagona tamoyilga tayanadi: ikki tomon bir yoki bir necha toʻlovlarni almashishga kelishib olishadi. Bunda koʻpchilik holatlarda almashinuv qatʼiy belgilangan va oʻzgaruvchan foiz stavkalari oʻrtasida amalga oshiriladi.
Svoplarni fyuchers shartnomalaridan farqli jihatlari quyidagilardan iborat: birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, shartlar kontra-gentlar tomonidan belgilanadi, yirik kompaniyalar va banklar bilan tuziladi va boshqalar.
Svoplarni qoʻllashdan maqsad foiz stavkalarini, valyuta kurslarini, tovarlarning narxlarini, aksiyalarga investitsiyalarni va boshqa instru-mentlar bilan bogʻliq risklarni xedjirlash va foyda olishdan iborat.
Svoplarning bir necha xil koʻrinishlari mavjud boʻlib, ularning ayrimlarini quyida keltirib oʻtamiz.
Foizlar svopi. Svoplarning bu koʻrinishi qatʼiy belgilangan foiz stavkasiga ega qarz majburiyatini, oʻzgaruvchan foiz stavkaga ega majburiyatlar bilan almashtirishdan iborat. Bu svop shartnomasida ishtirok etuvchilar faqat foiz stavkalarni almashishadi (nominalni emas). Shartnoma shartlariga koʻra tomonlar oʻrtasida toʻlovlarni almashtirish bir necha yillar davomida amalga oshiriladi, odatda svoplarning amal qilish muddati ikki yildan oʻn besh yilgacha choʻziladi. Svoplarda koʻpincha oʻzgaruvchan foiz stavkasi sifatida LIBOR (London Interbank Offer Rate)20 stavkasidan foydalaniladi.
Svoplar boʻyicha qatʼiy belgilangan toʻlovlarni amalga oshiruvchi shaxsni svop xaridori deyiladi. Oʻzgaruvchan toʻlovlarni amalga oshiruvchi shaxsni esa svop sotuvchisi deb yuritiladi.
Valyuta svopi. Bu shartnoma turiga koʻra shartnoma muddati tugagunga qadar kelishilgan muddatlarda bir tomon toʻlovlarni bir valyutada, ikkinchi tomon toʻlovlarni boshqa valyutada amalga oshiradi. Tomonlar qatʼiy belgilangan va oʻzgaruvchan stavkalarda toʻlovlarni har ikkala valyutada ham amalga oshirishlari mumkin.
Valyuta svopini amalga oshirishning bir necha sabablari boʻlishi mumkin, masalan, valyuta konvertatsiyasidagi cheklovlar, valyuta risklarini bartaraf etish istagi yoki boshqa davlat valyutasida obligatsiyalar chiqarishga intiluvchi emitent oʻzga davlatda u qadar nomi chiqmagan va buning natijasida bozorga toʻgʻridan toʻgʻri kira olmasa va boshqalar.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling